Mavzu: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni takomillashtirish


II.BOB.Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning takomillashtirish masalalari



Download 43,47 Kb.
bet5/7
Sana23.07.2022
Hajmi43,47 Kb.
#840241
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT KORXONASIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH.

II.BOB.Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning takomillashtirish masalalari.
2.1.Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’nalishlari
2001-2010-yillarda respublikamiz sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari 3 barobarga ortdi. Bunga sabab sanoat korxonalarida
modernizatsiya ishlari yaxshi olib borilayotgani, ularning investitsiya faoliyatini takomillashayotgani hisoblanadi va eng asosiysi yurtimizda yaratilayotgan
investitsion iqlim hisoblanadi.
Bu holat sanoat korxonalarida investitsiyalar samaradorligini oshishiga va natijada, tarmoqda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko’rsatkichlarining ham ortishiga olib keldi. Shu sababdan, iqtisodiy o’sishga erishish uchun asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiya qiymatini doimo oshirishga harakat qilish zarur. Yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimiz YaIMi va jalb qilingan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda Ammo miqdor jihatdan sanoat korxonalariga jalb etilayotgan investitsiyalar yildan-yilga oshib bormoqda Rasmdan ko’rinib turibdiki, 2006-yil sanoat korxonalariga 1032,6 mlrd. so’m investitsiya kiritilgan bo’lsa, 2011-yilga kelib bu ko’rsatkich salkam 5,5 barobar oshib 5890 mlrd. so’mga yetdi. Bunday natijaga erishishda yoqilg’i-energetika va mashinasozlik
korxonalarini ulushi beqiyosdir. O’zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi
investitsiya jarayonini muhim o’ziga xos masalasi og’irlik markazini budjet hisobidan moliyalashtirishdan, iqtisodiyot sub`ektlariniig o’z mablag’lari, maxsus fondlar, bank-kredit institutlari va mintaqalar resurslari hisobiga moliyalashtirishga ko’chirishdan iboratdir. Bunda, bizning fikrimizga ko’ra,
investitsiyalarni moliyalashtirishning turli manbalar tuzilmasini optimallashtirish yo’li bilan ta`minlash, davlat sektorida tarmoqlararo proporsiyalarni nazorat qilish g’oyat muhim masaladir. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda kredit resurslari hissasini ko’paytirish, bizning nazarimizda, moliyalashtirish natijalari uchun mas`uliyatni oshirishga yordam beradi, chunki ularning roli oshishi bilan bank va kredit tavakkalchiliklari darajasi ham o’sadi. O’zbekiston Respublkasining 2009-2012-yillarga mo’ljallangan davlat investitsiyalar dasturida investitsiyalarning umumiy hajmi 4,3 trln. so’m qilib belgilangan. Ulardan 30 foizini sanoat sektorini, 25 foizini ta`lim sohasini rivojlantirishga, 23 foizga yaqinini uy-joy qurilishi va ijtimoiy sohaga, qolgan 23 foizini - transport, energetika, agrosanoat majmui va boshqa sektorlarni rivojlantirishga yo’naltirish mo’ljallangan. Raqamlardan ko’rinadiki,
investitsiyalar dasturida sanoat sektoriga ajratiladigan hissaning ko’payganligini ijobiy omil sifatida baholash mumkin. Sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar turli xalqaro investitsiyalar ishtirokining kengayishi va moliyalashtirish tizimiga mamlakat rezidentlari va norezidentlarining qo’shilishi munosabati bilan turli tavakkalchiliklar, jumladan siyosiy, valyuta va boshqalar doirasini kengaytirmoqda. Sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro lizingning rivojlanishi, chet el investitsiyalari hamda kredit liniyalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tizimida chet el investitsiyalari va qarzlariga xos qo’shimcha tavakkalchiliklarni ko’paytiradi. Yurtimizga chet el investitsiyalarini kirib kelishi, ayniqsa iqtisodiyotni yetakchi tarmoqlariga jalb etilishi yildan-yilga oshib bormoqda Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalariga jalb etilgan chet el investitsiyalari 2012-yilda 1172562,5 mln.so’mga teng bo’lib, bu esa 2009-yilga nisbatan 34,5 % ga o’sganini bildiradi. Ma’lumki, hozirgi kunda sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda banklarni o’rni beqiyosdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Respublikadagi bank tizimining faoliyatiga baho berib, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Shuni ta`kidlashni istardimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e`tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta`bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq”
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishda korxonalarga mablag’ qo’yuvchilar - banklar, boshqa yirik investitsiya institutlari va resurslarni qarzga beruvchilarning manfaatlarini korxona manfaatlari bilan o’zaro mos kelishini ta`minlashi lozim.
Shuni ta`kidlash lozimki, sanoat korxonalariga investitsiyalarni budjet usulida moliyalashtirishda mablag’larni qaytarish majburiyati bo’lmaydi, bu esa qarz oluvchilarning o’z faoliyatini yanada samaraliroq amalga oshirishda manfaatdor qilmaydi. Ikkinchi tomondan, budjetdan moliyalashtirish qarz oluvchilarga faoliyat erkinligi va ijodiy tashabbus ko’rsatishni ta`minlamaydi, boqimandalik
kayfiyatini uyg’otadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanaot korxonalari faoliyatini bank krediti ya`ni qarzga beriladigan pul hisobiga ham moliyalashtirish mumkin. Kreditlash - aholi va korxonalar hamda banklarning bo’sh turgan pul mablag’larini banklarda to’planishi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun sanoat korxonalariga berilishidir Ushbu ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, tijorat banklar tomonidan iqtisodiyotning sanoat sektori korxonalarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan investitsion kreditlar miqdori 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 34,3 foizga o’sgan.
Ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi kapitalning tarmoqdan-tarmoqqa o’tish imkoniyatlari juda cheklangan. Lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng avvalo kapitalni tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo’ladi. Bu vazifani eng oqilona tarzda kredit mehanizmi va uning tarkibiy qismi bo’lgan bank krediti bajaradi. Bank krediti vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi hamda tarmoqlar va sanoat korxonalar o’rtasida bozor me’zonlari asosida taqsimlanadi. Kreditni belgilangan muddat davomida qaytarish va kreditdan
foydalanganlik uchun muayyan haq to’lash zarurligi kreditga olingan mablag’lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. Kredit sanoat korxonalari faoliyati samaradorligi darajasini oshirishga hizmat qiladi. Bank kreditining muhim vazifalaridan biri - bu ishlab turgan korxonalar aylanma mablag’lari aylanishining uzluksizligini ta`minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli kredit sanoat korxonasi ishlab chiqarish zahiralarini to’ldirishga, tovar-moddiy boyliklarini sotib olishga, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish jarayonida vujudga kelgan mablag’larning vaqtincha yetishmovchiligini to’ldirishga va boshqa shu
kabi maqsadlarga yo’naltiriladi. Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim ahamiyatga ega.Sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning har bir hududining rivojlanishini ta'minlashga imkon beradi.
Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiyi-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yahshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyotini rivojlanishi bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. Shunday ekan, hududlarda yangi sanoat korxonalari barpo etish, mavjudlari faoliyatini kengaytirish, ularga keng miqyosida investitsiyalarni, ayniqsa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar muhim o’rin tutadi. Aynan ushbu omillarga investorlar tomonidan alohida e'tibor beriladi. Hududlarda sanoat korxonalarini kamligiga asosiy sabablaridan biri bu elektr ta’minotini pastligidir. Bu muammolarni yechish uchun kerakli choratadbirlarni amalga oshirish zarur. Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildanyilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin (9-jadval). Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlaktimizning barcha mintaqalarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yil-yilga o’sib bormoqda. 2010-yil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng katta o’sish Namangan viloyatida kuzatilgan. Namangan viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 2010- yilda 2009-yilga nisbatan 40,5 %ga o’sgan. Qashqadaryo viloyatida esa eng past o’sish kuzatilgan. Bu hududda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2010-yilda 2009-yilga nisbatan 3,4 % o’sish kuzatilgan. Investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo’yicha investitsiyalar taqsimotining to’g’ri yo’nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Sanoat korxonasi misolida investitsiya samaradorligini aniqlash - bu kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo’llarini aniqlash, shu jumladan o’z mablag’lari hisobidan va boshqa investorlar hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Strategik rejada aktivlarga bo’lgan ehtiyoj va uni ta`minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi. Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushuntiradi. Qisqa qilib aytganda, investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi. Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti (Ks) milliy daromadning o’sish miqdorini kapital qo’yilmalar summasiga (Kq) nisbatan aniqlanadi. Ya`ni: Ks= MD/Kq Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsienti (Ki.s) quyidagicha hisoblanadi: Mk-T F Ki.s= ——— yoki —— (2) Bu yerda: Mk - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; F - yillik foydaning miqdori; K - kapital qo’yilmalar summasi. Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. Ya`ni: Ti+En*K min (3) Bu yerda: Ti - i varinatdagi xarajatlar; En- kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti;

Download 43,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish