I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI
MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
1.2 . Sanoat tarmog’ining iqtisodiy mohiyati va uning O’zbekiston iqtisodiyotida tutgan o’rni
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’i bo’lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste`mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi. Unda mashina va mehanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi,
yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o’simlik va hayvon xomashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste`mol mollari tayyorlanadi. Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo’lgan ishchilar sinfini o’zida birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo’lgan xodimlarning soni
ko’payadi, ularning bilim va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko’tariladi.
Sanoat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta`minlash orqali sanoat dehqon xo’jaligini iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko’tarishga, shahar bilan qishloq o’rtasidagi muhim tafovutni yo’qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga
aylantirishga yordam beradi. Sanoat uchun uzluksiz fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish ilm-fan yutuqlari bilan qurollanishining o’sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va elektronizatsiyalash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish hamda kimyolashtirish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng foydalaniladi va ularning yutuqlarini tinchlik maqsadida qo’llaniladi. Sanoat, ayniqsa uning ustuvor sohalari butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini hal etishning kalitidir.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishniing bosh tarmog’i, iqtisodiyotning poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo’lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan bir moddiy negizi bo’lishi mumkin. Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va
tayyorlashni, ularni va qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o’z ichiga qamrab oladi. U barcha xalq xo’jaligi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, fan-texnika taraqqiyotini
belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xom-ashyo va mehnat resurslaridan kengroq hamda har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. O’zbekiston sanoatining hozirgi taraqqiyoti katta dinamiklik bilan ajralib
turadi, chunki u mustaqillik yillarida, ayniqsa XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida yuqori sur`atlar bilan rivojlana bordi. Ayni vaqtda ishlab chiqarishning yuqori darajada o’sish bilan bir qatorda, uning tuzilmasida ham uzluksiz tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Sanoatning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rivojini aniqlash, turli iqtisodiy mutanosibliklarni belgilash va ularga e`tibor qilish zarurligini talab qiladi.
Hozirgi zamon sanoati bir-biri bilan chambarchars bog’liq bo’lgan ko’pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi.
Bugungi kunda Respublika sanoatida 175 tarmoq, 25000 dan ortiq yirik va o’rta sanoat korxonalari mavjud. Umuman olganda, tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish tarkibida og’ir sanoat (yonilg’i-energetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya) salmog’ining oshishi yengil sanoat ulushi hisobiga bo’lmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo’shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi natijalar keltirmoqda. O’zbekiston o’zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va
avtomobillari, paxta terish va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan, ekskovator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat mahsulotlari bilan dunyoga mashhurdir.
O’zbekiston Respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika va elektron sanoatlari, ko’p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati belgilab bermoqda. Sanoat tarmog’i barcha rivojlangan mamlakatlar kabi bizning respublikamizda ham, davlat budjetiga tushadigan asosiy daromadlar manbaidan biri hisoblanadi. Sanoat keng ko’lamli va sertarmoq sohadir. U o’z ichiga og’ir va yengil sanoat tarmog’ini qamrab oladi. Og’ir sanoat tarmog’i tarkibiga elektroenergetika, yoqilg’i, metallurgiya, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish materiallari hamda kimyo-neft sohalari kirsa, yengil sanoat tarmog’i to’qimachilik, tikuvchilik, charm-poyafzal va oziq-ovqat sohalarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston sanoati to’qimachilik va qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ko’p asrlik an’analariga egadir. O’zbek hunarmandlarining mahsulotlari dunyoga mashhur hisblanadi. Qurilish sohasida ham qadimdan yetakchi sanaladi. Bunga Buhoro, Samarqand, Xiva va Toshkentda joylashgan
qadimiy bino-inshootlar misol bo’ladi. Bundan tashqari “Buyuk ipak yo’li” markazida O’zbekistonni joylashishi to’qimachilik va tikuvchilik shohasini rivojlanishiga sabab bo’lgan. Milliy iqtisodiyotimizda sanoat tarmog’i muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quydagi xususiyatlariga ko’ra iqtisodiyotimiz
tarmoqlari orasida yetakchi o’rinda turadi: ushbu tarmoq bozorning katta qismini egallab, aholi is’temol tovarlarini ishlab chiqaradi; mamlakatning asosiy eksport mahsulotlarini yetkazib beradi;
respublika aholisining katta qismini ish bilan ta’minlaydi; mamlakatni iqtisodiy qudratini oshiradi. Keying davrlarda O’zbekiston Respublikasi sanoatida sifat va miqdor jihatidan jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar respublika ichki bozorini sifatli mollari bilan to’ldirish, ularni eksportga sotish uchun ishlab chiqarish hajmini yuksaltirish, mahsulot turlarini ko’paytirish va sifat borasidagi ishlar orqali yaqqol nomoyon bo’lmoqda. Biroq tarmoqdagi korxonalar investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishni asosiy omili sifatida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy sarmoyalar asosiy ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda sanoat tarmog’i tarkibiga kiruvchi korxonalarni investitsiya faoliyatini rivojlantirishga borasida korxonalarni tomonidan olib borilyotgan chora-tadbirlar diqqatga molikdir. Sanoat korxonalari ichki va tashqi bozorni turli hildagi rangli va qora metallar, avtomobillar, qurilish materiallari, gazlamalar, kiyimlar, oziq-ovqatlar, har xil sohalar uchun maxsus kiyim va asbob-uskunlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu tarmoq korxonalari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
(qishloq xo’jaligi, transport, aloqa va boshqalar) uchun ham mahsulotlar tayyorlab berishga hizmat qiladi. Sanoatning yirik tarmoqlaridan biri bo’lgan metallurgiya sanoatida qora va rangli metallurgiya xom ashyolar qazib olinadi va qayta ishlanadi, shuningdek, po’lat, cho’yan va boshqa birikmalar ishlab chiqariladi sanoatining salmog’i sanoat tarmoqlari ichida katta ulushni tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hozirgi kunda sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarini 13,7 % ni metallurgiya korxonalari hissasiga to’g’ri keladi. Mustaqillik yillarida sanoatning yirik tarmog’laridan yana biri to’qimachilik sanoati rivojlana boshladi. Bu tarmoqda paxta, jun, kanop va
boshqa xom ashyolar qayta ishlanadi, turli gazlamalar tayyorlanadi, trikotaj va to’quv buyumlari ishlab chiqariladi. To’qimachilik sanoatining salmog’i sanoatning yengil sanoat tarmoqlari ichida eng yuqori 88,7 % ni tashkil etadi. Lekin to’qimachilik sohasining sanoat tarmog’i tarkibidagi ulushi yildan-yilga
pasayish tendensiyasiga ega (1-ilova). Oxirgi yillarda sanoat mahsulotlari ichida paxta tolasi eksporti hajmi yildan-yilga oshib bormoqda (5-rasm). 2009-yilda 1012,7 mln.AQSH.dollari qiymatidagi paxta tolasi eksport qilingan bo’sa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 560 mln.AQSH.dollarga oshib, 1572,7 mln.AQSH.dollariga yetdi. Erishilayotgan natijalarning asosini qo’shma korxonalarga olib kelinayotgan sarmoyalar va ular asosida ilg’or texnika hamda texnologiyalar tashkil qiladi. Jahon tajribasiga ko’ra, sanoatning rivojlanishi iqtisodiysalohiyatning kelgusida o’sishiga turtki beruvchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bu maqsadga erishishning eng samarali yo’llaridan biri paxta tolasini tayyor mahsulot sifatida qayta ishlash darajasini chuqurlashtirish hisoblanadi. Agar Respublikada har yili o’rtacha 1,0-1,2 mln. tonna paxta qayta ishlansa, to’qimachilik sanoatining rivojlanishi yanada yaxshilanadi. 2010-yil
yakunlariga ko’ra. O’zbekiston paxta ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 6- o’rinda (3,5 mln. tonnadan ko’p) turadi. Paxta tolasini ishlovchi korxonalarni ham ishlab chiqarish quvvati 2006-yildagi 280 ming tonnadan 2010-yil 310 ming tonnaga yetdi zbekistonda paxtani qayta ishlash dinamikasi (ming tonna)23
Bunday ko’rsatkichlarga erishishda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonalarni roli yuqoridir. Demak, korxonalarni faoliyatini moliyalashtirish bilan bog’liq masalalar to’g’ri hal etilmoqda.
Paxta xom-ashyosi bilan bog’liq bo’lgan yetakchi sanoat tarmoqlaridan biri tikuvchilik hisoblanadi. Aholi uchun kiyim-kechaklar tayyorlovchi ushbu bo’g’inning salmog’i sanoat umumiy hajmining 1,1 % ni taskil etadi. Tikuvchilik sanoatining yurtimiz sanoatidagi ulushi kam miqdorni tashkil etsada, sanoatning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bilan birga u sanoatdagi barcha tarmoqlarni birlashtirib turuvchi asosiy bo’g’in hisoblanadi. Tikuvchilik sanoati to’qimachilk sanoatidan turli hil yarim tayyor mahsulutlar (ip, mato, shoyi, jun va boshqalar)ni oladi. Hozirgi kunda tikuvchilik sanoati o’z ichiga termoyelim taglik materiallari, sintetik isituvchi qatlamlar, yelimli ip, polietilenli tur, polimer pastalar va boshqa kimyoviy materiallarni ishlab chiqarishni ham oladi. Sanoat tarmoqlariga kiruvchi charm, mo’yna va poyafzal sanoatida charm va mo’yna xom ashyolari qayta ishlanadi, sun’iy mo’yna, poyafzal, mo’yna va charm-galentereya buyumlari tayyorlanadi, shuningdek sanoatning boshqa tarmoqlari uchun materiallar va buyumlar ham ishlab chiqaradi. Bu sanoat tarmog’iga mustaqillik davrlardan boshlab e’tbor berila boshlandi. Hozirgi kunda bu tarmog’da ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Bu tarmog’da ishlab chiqarilgan muhsulotlar hajmi sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hajmida 0,3 % ni tashkil etadi. Ma’lumki, sanoat tarmog’ining yetakchi bo’g’inlaridan biri mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatidir. Aholi uchun avtomobillar, yuk mashinalar, kabellar, metal o’tkazgichlar tayyorlovchi ushbu bo’g’inning salmog’i sanoat umumiy hajmining 16,7 % ni tashkil etadi. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati sanoatning ajralmas qismi bo’lish bilan birga, u sanoatdagi barcha tarmoqlarni birlashtirib turuvchi asosiy bo’g’in hisoblanadi. Hozirgi kunda mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati avtomobillar, traktorlar, yuk mashinalari, simlar, kabellar, transformatorlar, matorlar, nasoslar, tikuv mashinalari, ekskavatorlar, kompressorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. (2-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |