Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish



Download 192,69 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2022
Hajmi192,69 Kb.
#687481
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)

4-rasm. Iqtisodiyotni yillar kesimidagi o’sishi11
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jamgʼarish yuzaga keladi va jamgʼarilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng boʼlmaydi. Klassiklar jami talab va jami taklifga bogʼliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu oʼrinda mehnat bozorini ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini koʼrsatdi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns ushbu iqtisodiy maktabning asoschisi edi. U mazkur nazariyani oʼzining 1936 yilda nashrdan chiqqan «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli asarida bayon qilib berdi. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, soha mutaxassislari orasida Keyns iqtisodiyotga davlat aralashuvi zaruriyatini dalillab bergan dastlabki iqtisodchi hisoblanmagan. Keynsning oʼtmishdoshlari boʼlmish А. Pigu va K. Viksell ham iqtisodni davlat tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G. Xaberler oʼzining «Ravnaq va turgʼunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi, inqirozni kapitalning haddan tashqari jamgʼarilishi bilan yoki yetarlicha isteʼmol qilinmaslik bilan izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida bu ikki kulfatdan qanday qutulish choralari toʼgʼrisida oʼz fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan multiplikator va akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan bir vaqtda oʼtkazilgan edi. Аmmo Keyns nazariyasi uning oʼtmishdoshlari va zamondoshlari nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari tasodifiy, oʼz-oʼzidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli roʼy beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini eʼlon qildi. Keyns nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi boʼlib, makroiqtisodiy davlat tartiblashi foydasiga asosiy Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni oʼz ichiga oladi: birinchidan, unda oʼz-oʼzidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi; ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo boʼladigan qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi; uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
Keyns oʼzining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab1 nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha boʼlgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan boʼlib, unga muvofiq taklif oʼz talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab oʼz taklifini yuzaga keltirishi gʼoyasini ilgari surdi. Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat) muayyan miqdori taklifning bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga boʼlgan ragʼbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi va mahsulot (yoki mehnat) hajmi oʼrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu yerda shuni aytib oʼtish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi mahsulotni sotganlaridan soʼnggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot yoki (mehnat) hajmi oʼrtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Аgar ishlab chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida koʼzda tutilgan daromad jami taklif bahosidan oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini va (bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past boʼlsa, u holda tadbirkorlar mahsulot hajmini va (bandlikni) kamaytiradilar. Faqat koʼzda kutilayotgan daromad va taklif bahosi oʼrtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda boʼladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu darajada ushlab turishga intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay boʼlgan ishlab chiqarish darajasi jami talab funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad darajasini belgilab beradi. Bu yerda agar isteʼmol ortsa, u holda jami talab ham va demak, daromad ham ortishini taʼkidlab oʼtish joiz.
Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns ―samarali talab‖ ni shakllantirish, yaʼni kapital mablagʼlarini va isteʼmolni eng koʼp darajada ragʼbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga koʼra, sarmoyalar orttirish bandlikning oʼsishiga va daromadning ortishiga olib keladi. Daromad ortishi jamgʼarmalar shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi meʼyorini pasaytirishni taklif qildi

XULOSA
Neoklassik yoʼnalishdagi iqtisodchilar, asosan, davlatning jamiyatdagi daromadlarni odilona taqsimlash va allokatsion, yaʼni iqtisodiyotdagi resurslarni samarali joylashtirish maqsadidagi vazifalarini tadqiq qiladilar. Bozor iqtisodiyotini mikroiqtisodiy tahlil qilish neoklassik modelning tadqiqot obʼekti hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning alohida isteʼmolchilar va firmalarning oʼzaro aloqadorlikdagi faoliyatining aniq holati oʼrganiladi.
Neoklassiklar rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega boʼlgan mamlakatlarda davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish, uning iqtisodiyotni tartibga solishini cheklashni talab qiladilar. Аmmo ular umuman iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini butunlay inkor etmaydilar. Ularning fikricha, bozorning baho mexanizmi, regulyatori koʼp hollarda resurslarning optimal, samarali ishlatilishini taʼminlaydi. Аmmo baʼzi holatlarda bozor ulardan samarali foydalanishga erishishni taʼminlay olmaydi. Xuddi ana shunday holatlarda davlat allokatsiya (taqsimlash)ni yaxshilab, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashda ijobiy rol oʼynashi mumkin ekan.
Ushbu neoklassik modelning asosini ratsional kutish nazariyasi tashkil qiladi. Unga koʼra kishilar oʼzlarini ratsional tarzda tutadilar. Ular oʼzlarining pulli manfaatlariga muvofiq keladigan narsalar bilan bogʼliq kutishlarining shakllanishidagi axborotlarni yigʼadilar va ularni oʼrganadilar. Ushbu axborotlarga muvofiq ravishda oʼz hayotlarini yaxshilashga qaratilgan qarorlar qabul qiladilar. Kutish bozor talabining kengayishiga yoki (qisqarishiga) olib keladi. Bu oʼzgarishlar, oʼz navbatida, tovarlar va xizmatlar baholarining ular hali ishlab chiqarilmasdan va sotilmasidan oldin oʼsishi yoki (pasayishi)ni belgilab beradi.
Ratsional kutish nazariyasi yangi axborotlarning talab va taklif egri chiziqlarida tezda oʼz aksini topishini, shuning uchun ham muvozanat baholari va ishlab chiqarish hajmlarining bozordagi yangi holatlarga, davlat iqtisodiy siyosatidagi oʼzgarishlarga tezda moslashuvchan boʼlishini ifodalaydi.
Bu oʼzgarishlar mohiyati Paretoning samaradorlik kriteriyalari asosida tushuntirilishi mumkin. Unga koʼra jamiyat biron-bir aʼzosining farovonligi boshqasining turmushini yomonlashuvi hisobiga yaxshilanishi mumkin boʼlmaydigan holatni vujudga keltiradigan resurslarning taqsimlanishi optimal hisoblanadi. Аyirboshlash munosabatlariga erkin kirishish imkoniyati bozorda muvozanat holatiga erishishni taʼminlaydi.
Bu muvozanatda mavjud baho darajasida tovarlarga talab miqdori ularning taklifi miqdoriga tenglashadi. Bu shunday holatki, bironta ham subʼekt yangi ayirboshlash operatsiyalari natijasida bir-birlari hisobiga yutuqqa erisha olmaydi. Bunda resurslarning taqsimlanishi optimal boʼladi, chunki iqtisodiyotda muvozanatlashuv sodir boʼladi. Demak, mukammal bozor resurslarning samarali alokatsiyani (taqsimlanishini) yaxshi taʼminlay olmaydi. Xuddi shu hol neoklassiklar nazarida bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi uchun potentsial imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu oqim tarafdorlari jamoatchilik neʼmatlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni davlatning eng muhim iqtisodiy vazifasi deb qaraydilar. Bu neʼmatlarga milliy mudofaa, jamoatchilik tartibotini saqlash, atrof-muhitni nazorat qilish, taʼlim, sogʼliqni saqlash va boshqalar uchun zarur boʼlgan tovar va xizmatlar kiradi. Bunday neʼmatlarni ishlab chiqarish davlat korxonalarida toʼplanishi yoki ularni isteʼmol qiluvchilardan soliq olish orqali toʼplangan mablagʼlarni xususiy korxonalarga buyurtma berishga, ularni ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishga yoʼnaltirilishi mumkin.



Download 192,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish