2. Davlatning iqtisodiy siyosati to’g’risidagi nazarya va konsepsiyalari.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish uning iqtisodiy strategiyasi va siyosati orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda davlatning iqtisodiy siyosati boʼyicha turli nazariy kontseptsiya va qarashlar hamda nazariyalar mavjud.A.Oyken davlatning iqtisodiy siyosatini asoslash uchun iqtisodiy tartiblar nazariyasini olgʼa suradi. Iqtisodiy tartib deganda bozor xoʼjaligining qolipga soluvchi sharoitlari, yaʼni xoʼjalik subʼektlari qarorlar qabul qilish va u yoki bu hatti-harakatlarni amalga oshirish zarurligini belgilab beruvchi unsurlar tarkibini ifodalovchi institutsiyalar yigʼindisi tushuniladi. A.Oyken quyidagi 6ta turdagi unsurlar tarkibini asoslagan, insonlarning ehtiyojlari,tabiiy sharoitlar,ishchi kuchining holati,tovar zahiralari) texnologiya va texnik bilimlar darajasi, huquqiy va ijtimoiy tartiblar, yaʼni qonunlar, urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar.
Mazkur unsurlar xoʼjalik subʼektlari faoliyatining maʼlum iqtisodiy tartibda amalga oshirilishini belgilab beruvchi unsurlar hisoblanadi. Iqtisodiy tartib davlatning iqtisodiy rivojlanishni qay daraja tartibga solishini, resurslarning cheklanganligi sharoitida davlat organlari qay darajada regulqtor vazifasini bajara olishini koʼrsatadi. Iqtisodiy tartiblar davlat iqtisodiy siyosatining dastaklari boʼlib xizmat qiladi. Yan Tinbergenning kontseptsiyasi iqtisodiy siyosatning bazaviy nazariyasi hisoblanadi.
J.Byukenenning fikricha iqtisodiy siyosatning vazifasixhjalik subʼektlaridan olingan mandat, yaʼni hatti-harakatlar qoidalarini va faoliyatning ruxsat etilgan ramka (miqyos)ni aniqlashdan iboratdir. Siyosat- bu davlat bilan subʼektlar oʼrtasidagi munosabatlar sohasidir. Ijtimoiy taraqqiyotning boshlangʼich va pirovard boʼgʼini individium, yaʼni shaxs boʼlib, iqtisodiy odamni shaxsiy manfaat (egoizm) faoliyatga undaydi. Iqtisodiy individiumning harakatini chekli naflilikka intilish hissi boshqaradi.Bu maqsadga inson oʼz daromadi doirasidagina erishadi.Iqtisodiy inson barcha hayotiy maqsadlariga erishishni koʼzlaganda ratsional harakat qiladi.Har bir shaxs siyosiy tizimni oʼzining shaxsiy maqsadlarini, manfaatlarini jamoaviy himoya qilish deb qaraydi. Davlat siyosatida jamoaviy hatti-harakatga xos boʼlgan majburlash, zoʼrlik, hukmronlik elementlari mavjud boʼladi. Shaxs mazkur majburlash va zoʼrlikka oʼzining shaxsiy maqsadlariga erishishga yordam bergan taqdirdagina koʼnadi. Аmmo davlatni hamisha jamiyat manfaatlarini koʼzlab, bozor xoʼjaligining kamchiliklarini avtomatik tarzda tuzatadigan mexanizm deb ham qarash mumkin emas. Ushbulardan kelib chiqqan holda U. Nordxauzning Opportunistik ishbilarmonlik sikli5 nazariyasiga koʼra hukumat qabul qilingan qarorlar bilan ularning oqibatlari oʼrtasidagi maʼlum vaqt oraligʼining mavjudligidan foydalanib, qisqa muddatli naf olish maqsadida uzoq muddatdan keyin maʼlum boʼladigan oqibatdan koʼz yumadi. U.Nordxauzning nazariyasi ishsizlik va inflyatsiya oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlikni ifodalovchi Filips egri chizigʼini tahlil qilishga asoslanadi. Unga koʼra saylov oldidan siyosatchi saylovchilarning koʼproq ovozini olish maqsadida ishsizlikni pasaytirishga intiladi.
2-rasm. Ishsizlik darajasi6
Natijada ishsizlik maʼlum darajada qisqaradi. Inflyatsiyaning oʼsishi ishsizlikning pasayishiga koʼra sekinroq yuz berishi tufayli saylov davrida ishsizlik va inflyatsiya darajalari birmuncha past boʼlib turadi.Bundan foydalangan siyosatchi saylovda elektoratning koʼproq ovozini olishga erishib gʼolib boʼladi. Аmmo maʼlum vaqtdan soʼng ishsizlikning optimaldarajaga nisbatan qisqarib ketganligi oqibatida inflyatsiya darajasi oshib ketadi. Saylovdan keyin siyosatchi ishsizlik darajasini oshirish evaziga inflyatsiya darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kirishadi.
Duglas Gibbsning ― Partiyaviy ishbilarmonlik sikli‖ modeli hukmron partiyalarning saylovlar natijasida almashinib turishini tushuntiradi. Raqobatchi partiyalar turli maqsadlarga ega boʼlib. Turli iqtisodiy siyosat chora-tadbirlarini qoʼllashadi, shu boisdan, bir-birini almashtirib, iqtisodiyotdatsikllar oʼzgarishini vujudga keltiradilar. Uning fikricha, soʼl yoʼnalishdagi partiyalar yuqori darajadagi ish bilan bandlikka erishish maqsadini koʼzlaydilar, shu boisdan, soʼl partiyalar hukmron boʼlgan mamlakatlarda ishsizlik past, lekin inflyatsiya yuqori darajada boʼladi. Chunki ishchilar sinfi inflyatsiyaga qaraganda ishsizlikdan koʼproq aziyat chekadilar. Shuning uchun ishsizlikni qisqartirishga koʼproq ustuvorlik beriladi. Shu tariqa davlat qarzlari pulga boʼlgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, koʼp miqdordagi xususiy kapital mablagʼlarni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali boʼlar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga boʼlgan taʼsiri pirovard natijasini oldindan aytib boʼlmaydi yoki u sezilmaydi. Аgar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir boʼlmasligi mumkin va kamomaddan soʼng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Аmmo bunday kengayish faqat qoʼshimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi. Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiyotning ichki oʼzgaruvchanligiga nisbatan notoʼgʼri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, oʼzgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit taʼsiri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi oʼzgarishlar nominal SMMga uzoq va nomaʼlum vaqt oraligʼidan soʼng taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun vaqt lagining nomaʼlum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (siklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (siklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Monetar nazariya tahlil sohasi boʼlib, u iqtisodiy muvozanat va oʼsishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qoʼshilgan joyda yotadi. Monetar soha pul agregati koʼrsatkichlari oʼrtasidagi sababiy va funktsional bogʼliqliklar, shuningdek, ularning xoʼjalik tizimi monetar elementlari bilan oʼzaro taʼsiri muammolari, uning asosiy yoʼnalishi boʼlib xizmat qiladi.
Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy konʼyunktura va xoʼjalik rivoji surʼatlari ragʼbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish gʼoyasini oʼzida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlarni qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga koʼra, bunday siyosat xoʼjalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozorning oʼz-oʼzidabarqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi. Keyns davlat byudjeti orqali byudjet kamomadi paydo boʼlishidan hayiqmagan holda katta xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u byudjet kamomadi qogʼoz pullarni qoʼshimcha muomalaga chiqarish yoʼli bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mablagʼlari foiz meʼyorini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning barchasi inqirozning oldini olishga xizmat qiladi.
Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, byudjet kamomadi, davlat qarzi davlat yoʼli bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning taʼkidlashicha, sanoat yuksalishi davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham koʼpayib boradi. Bu esa ortiqcha talab va ortiqcha ishlab chiqarishning paydo boʼlishiga toʼsqinlik qiladi. Inqirozning boshlanishi ishsizlikning ortib borishi davlat byudjetidan ishsizlik boʼyicha nafaqa toʼlovlarining ortib borishiga olib keladi. Bu esa toʼlovga qobiliyatli talabning kamayishiga qarshilik qiladi. Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns ― samarali talab ni shakllantirish, yaʼni kapital mablagʼlarini va isteʼmolni eng koʼp darajada ragʼbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga koʼra, sarmoyalar orttirish bandlikning oʼsishiga va daromadning ortishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |