iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi
iqtisodiyot
makroiqtisodiyot
mikroiqtisodiyot
jahon
iqtisodiyoti
oila
iqtisodiyoti
korxona yoki firma
iqtisodiyoti
mintaqa
iqtisodiyoti
milliy
iqtisodiyot
tarmoq
iqtisodiyoti
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati bo'yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
ishlab chiqarish jarayoni;
taqsimlash jarayoni;
ayirboshlash jarayoni;
iste'mol qilish jarayoni.
ishlab chiqarish –
- kishilik jamiyatining mavjud bo'lishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni. barcha tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab chiqarishning eng asosiy va boshlang'ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste'mol qilinadigan narsalar bo'lmaydi.
taqsimot –
- ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va sub'ektlari o'rtasida taqsimlash jarayoni. bu bosqichda, eng avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o'rtasida taqsimlanadi. bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo'lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi ko'rinishi bo'lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
ayirboshlash
- – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo'yicha ma'lum bir o'lcham (masalan, qiymat miqdori) asosida o'zaro almashish jarayoni. mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma'lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashadilar. har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o'z tovarini sotib, o'ziga kerakli bo'lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi.
iste'mol
- – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. iste'mol takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi bo'lib, bu jarayon orqali jamiyat a'zolarining turli-tuman ehtiyojlari qondiriladi. iste'mol ikki turda bo'ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste'moli va shaxsiy iste'mol. ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish unumli iste'mol deyiladi. iste'mol buyumlarining ehtiyojlarni qondirish maqsadida o'z ahamiyati bo'yicha pirovard ravishda ishlatilishi shaxsiy iste'mol deyiladi.
tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati
taqsimot jarayoni
ishlab chiqarish jarayoni
iste'mol jarayoni
ayirboshlash jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |