Mavzu: IQTISODIYOTDA MONOPOLIZMGA QARSHI SIYOSAT VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH.
Bajardi: I-161-18 guruh talabalari Boboyorov Elmurod va Ro’ziboyev Asad
Mavzu: Iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosat va raqobatni rivojlantirish.
1) Raqobatning mohiyati, vazifalari , shakli va usullari.
2)Iqtisodiy monopolizmga qarshi chora tadbirlar.
3)O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda monopolistic faoliyatni tartibga solish maqsadlari va yo’nalishlari.
1. Raqobatning mohiyati, vazifalari, shakl va usullari
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman, tovar xo'jali-
gining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisob
lanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish uchun
unga turli tom ondan yondashish talab qilinadi. Mustaqil tovar
ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o ‘rtasidagi raqobat
tovarlami qulay sharoitda ishiab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish, umuman, iqtisodiyotda o ‘z
Mavqe’ini mustahkamlash uchun kurashdan iborat.
Resurslarni yetkazib beruvcbilar
o'zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori
narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Raqobat iste’molchilar o ‘rtasida
ham yuz beradi: ular tovarlami qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq nafga ega bo'lishga harakat qiladilar.
Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o ‘rtasidagi yuqori foyda va ko'proq nafga ega bo’lishi uchun kurashni anglatadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko'rsatish mumkin:
tartibga solish vazifasi
taqsimlash vazifasi
moslashtirish vazifasi
resurslarni joylashtirish vazifasi
innovatsion vazifa
nazorat qilish vazifasi
Raqobatning tartibga solish vazifasi
Ishlab ehiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordatnida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqah belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish