Mavzu: iqtisodiyotda inovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish



Download 35,45 Kb.
bet2/3
Sana24.05.2023
Hajmi35,45 Kb.
#943173
1   2   3
Bog'liq
IQTISODIYOTDA INOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH.

Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir (qarang Davlat kapitalizmi).
Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda (qarang Davlat sotsializmi).
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining oʻsishiga nisbatan tezroq oʻstirish Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal etishning , uni uzluksiz yuksaltirishning bosh yoʻlidir. Bundan tashqari Milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa tarmoqlari ichida hamda shu tarmoqlar oʻrtasida barqaror, oʻsuvchan tarkibiy oʻzgarishlar va maqsadga muvofiq nisbatlar, mutanosibliklar boʻlishi muhimdir.
Milliy boylik nimalardan tashkil topadi va uni ko’paytirishga qanday omillar ta’sir qiladi, degan masala barcha zamon va makon uchun birdek muhim bo’lgan.
Ko’pchilik boylik deganda oltin va qimmatbaho toshlar, yer, kapital, pul mablag’lari, moddiy va nomoddiy boyliklar hamda xizmatlarni tushunadi.
Boylik mazmuni va uning tushunchasiga iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflar berilgan. Qadimgi Hindistonda miloddan avvalgi IV asrda yozilgan “Artxashastra” asarida boylik manbai sifatida dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati ko’rsatib o’tilgan, miloddan avvalgi IV–III asrlarda Xitoyda yozilgan “Guan-szi” asarida oltin va marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi, bunda boylik sifatida, eng avvalo, moddiy ne’matlar (tovar) e’tirof etiladi.
Qur’oni Karimda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman, halol mehnat ulug’lanib, barcha boylik ularning mehnati asosda paydo bo’lishi uqtiriladi.
Merkantelistlarning asosiy vakillaridan bo’lmish Uilyam Stafford (Angliya), Gaskar Skaruffi (Italiya) oltin va kumushga boylikning mutlaq shakli deb qaragan va uni chetdan olib kelish yo’li bilan davlatni yanada boy va qudratli qilish mumkin, deb hisoblagan. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning “pul balansi” nazariyasi o’rniga keyingi merkantilistlarning “savdo balansi” nazariyasi kelib chiqdi. “Savdo balansi” nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) keng tarqala boshladi. Keyingi merkantilistlardan T.Menning fikricha, eksport va import o’rtasidagi musbat farq, ya’ni ijobiy saldo mamlakat boyligining o’sishiga xizmat qiladi. Real boylik “o’lik pullar” yig’indisi emas, balki harakatdagi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullar hisoblanadi.
Merkantilizmning yirik namoyondalaridan biri Uilyam Petti dastlab boylik savdoda yaratiladi, boylik puldan iborat bo’ladi, degan fikrga qo’shilsa-da, keyinchalik o’z fikrini o’zgartirib, nafaqat qimmatli metall, toshlar hamda pul, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etishini ta’kidlagan. U.Petti boylikni ta’riflab, “Mehnat – boylikning otasi, yer esa uning onasi”, degan mashhur iboraning muallifi hisoblanadi.
Boylikni ko’paytirish to’g’risida XVIII asrda Fransiyada fiziokratlar konsepsiyasi yaratildi. Ushbu konsepsiyaning asoschilaridan biri, fransuz iqtisodchisi F.Kene “Iqtisodiy jadval” asarida milliy boylikning yaratilishi va sinflar o’rtasida taqsimlanishini miqdoriy jihatdan ko’rsatib bergan. Bu jadvalda u iqtisodiyotning asosiy sektorlari o’rtasida tovar va xizmatlarning doiraviy aylanishini va shu asosda butun bir iqtisodiyotning amal qilish mexanizmlarini ifodalashga harakat qilgan. F.Kene ishlab chiqarish tarkibiga faqat qishloq xo’jaligi va qayta ishlovchi sanoatni kiritadi. U “... ushbu sohalarda haqiqiy qiymat yaratiladi, boshqa sohalarda esa qishloq xo’jaligi va qayta ishlovchi sanoatda yaratilgan mahsulotlarning shakli o’zgartiriladi xalos”1, degan g’oyani ilgari surgan.
Fiziokratlarning bunday g’oyasi mamlakatda qishloq xo’jaligi ustuvor tarmoq bo’lgan davrda vujudga keldi.
Fiziokratlar fikricha, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi, chunki o’sha vaqtda aholining asosiy qismi qishloqlarda yashagan, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilgan. Ular qishloq xo’jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisoblagan. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi. Albatta, bu boylikni ko’paytirishning yo’li aniqlash bo’yicha qo’yilgan muhim qadamlardan biri edi. Lekin aytish joizki, F Kenening ushbu g’oyalari va tushunchalari cheklangan (qishloq xo’jaligi bilan) bo’lib, amaliyot sinoviga uzoq vaqt bardosh bera olmadi. Ushbu nazariyalarning salbiy jihatlari qayta ishlovchi sanoatning shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrida hamda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etayotgan davrlarda yaqqol namoyon bo’ldi.
Angliya klassik iqtisodiy maktabining yirik namoyondasi Adam Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” asarida boylikning chinakam yaratuvchisi “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko’rsatib o’tadi, demak, u boylikning yagona manbai mehnatdir, degan fikrda bo’lgan. A.Smit fikrini rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda va ko’paytirishda asosiy omil hisoblanadi degan va ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshirish mumkinligini to’g’nog’ich ishlab chiqarish misolida tushuntirib bergan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnati yer egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, negaki yer egalariga tabiat “yordam” beradi va “dehqonchilikka qo’yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi”, deb hisoblagan.
A.Smit konsepsiyasi merkantilistlarga oxirgi katta zarbani bo’ldi va fiziokratlar g’oyasi ham cheklanganligini ko’rsatib berdi. Ushbu konsepsiya G’arb mamlakatlarida juda katta shon-shuhrat qozondi va oxirgi yuz yillikda ishlab chiqarish va milliy boylik hajmini ko’paytirishga asos bo’lib xizmat qildi. Aynan mana shu davrda A.Smit boylikni ko’paytirishning “... ishlab chiqarish sohalariga tovar yaratuvchi (moddiy boyliklar) har qanday tarmoqni kiritish mumkin, lekin xizmat ko’rsatish sohalari moddiy boylik yaratmaganligi uchun ishlab chiqarish sohalariga kiritilishi mumkin emas”2, degan yana bir yangi g’oyasini ilgari surdi. A.Smit xizmat ko’rsatish sohasiga sarflangan mehnat unumsiz, sanoat va savdodagi mehnat kam unumli, qishloq xo’jaligidagi mehnat esa yuqori unumli mehnat, negaki, unga tabiat “yordam” beradi, deb hisoblagan.
Agar merkantelistlar boylik savdoda yaratiladi, deb ta’kidlagan bo’lsa, fiziokratlar qishloq xo’jaligida yaratiladi, A.Smit esa faqat moddiy tovarlarni yaratuvchi, ya’ni moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi, degan cheklangan nazariyalarni ishlab chiqdi.
A.Smit milliy boylikning yaratilishi va ko’paytirilishi jarayonini faqat moddiy ishlab chiqarish bilan bog’lagan. Moddiy mahsulot va xizmatlar orasidagi farqni ularning xizmat qilish muddati, deb tushungan. Bunda u eng ko’p, uzoq muddat xizmat qilgan mahsulotlarni nafliligi yuqori darajaga ega bo’lgan tovar deb bilgan.
Vaholanki, uzoq muddatlilik moddiy mahsulotlarning nafliligi yuqoriligini to’la ravishda belgilamaydi. A.Smit konsepsiyasining kamchiligi yana shunda ko’rinadiki, u moddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish xizmatlarsiz rivoj topmasligini ko’ra bilmagan, masalan, xizmatlar va fanning rivojisiz moddiy ishlab chiqarish hyech qachon rivojlanmaydi.
Ayrim iqtisodchilar moddiy ishlab chiqarish konsepsiyasi ishlab chiqarishning kengaytirilgan konsepsiyasidan oldin paydo bo’lgan, degan fikrlarni bildiradi. Lekin bunday fikrlashni to’g’ri deb bo’lmaydi, chunki, yuqorida ko’rganimizdek, moddiy ishlab chiqarish konsepsiyasi paydo bo’lishidan bir qancha yillar oldin U.Petti va P.Buagilber o’zlarining konsepsiyasida ishlab chiqarish va milliy boylikni juda keng doirada o’rganib, ular nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarining, balki xizmat ko’rsatish sohalarining ham milliy boylikni yaratishda muhim o’rin egallashini isbotlashgan. Ulardan keyin A.Smitning moddiy ishlab chiqarish konsepsiyasi kengaytirilgan ishlab chiqarish konsepsiyasini vaqtincha siqib chiqardi va go’yoki u birinchilardan bo’lib yaratilgandek ko’pchilikning e’tiborini o’ziga tortdi. Yana ta’kidlash lozimki, A.Smit va D.Rikardo yashagan davr atrofida boylikning manbai faqat mehnatdir, degan g’oya keng tarqalgan edi. Albatta, mehnat boylik yaratadi. Lekin tabiat kuchisiz va ashyosisiz hyech narsa yaratilmaydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’rinib turibdiki, milliy boylik haqida turli nazariyachilar turlicha fikrlar bayon qilganlar.
Klassik iqtisodchilardan J.Seyning uch omil (yer, kapital, mehnat) nazariyasiga asoslangan holda aytish mumkinki, boylik yaratishda omillarning har uchalasi ham qatnashadi. J.B.Seyning fikricha, iqtisodiyotning asosiy – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish sohalarida, ya’ni to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham naflilik yaratiladi.
Yirik iqtisodchilardan yana biri bo’lmish J.Mill faqat unumli mehnat (natijasi ko’rinib turadigan mehnat) “boylik”, ya’ni “moddiy ne’matlar”ni yaratadi, degan fikrni ilgari surgan.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ayrim adabiyotlarda ishlab chiqarishning to’rt omili - mehnat, kapital, yer (tabiat) va tadbirkorlik qobiliyati boylikni ko’paytirishning omili sifatida tan olinmoqda.
Tadbirkorlik qobiliyati ishchi kuchining tarkibida turganligi uchun unga alohida urg’u berilmasdan, J.Sey tomonidan ilgari surilgan uch omilni asos qilib olib, faqat yerning o’rniga tabiat so’zi kiritilsa va boylikni ko’paytirish omillari sifatida uch omil - mehnat, kapital va tabiat e’tirof etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb hisoblaymiz.
Yuqoridagi iqtisodchilarning milliy boylik to’g’risidagi nazariyalarining hammasida ham muayyan asos bor. Lekin ularda bir tomonlamalikka va cheklanganlikka yo’l qo’yilgan bo’lib, milliy boylikning mazmuni va manbalarini to’la ravishda yoritib berishga ojizlik qiladi. Yuqorida aytganimizdek, har bir iqtisodiy masalaga ikki tomonlama yondashilib, ikki tomonlama tahlil qilinmasa, uning mazmunini yoritish qiyin bo’ladi. Endi biz mana shu ikki tomonlama yondashuv va tahlil usulini qo’llab, milliy boylikning mazmunini aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Bozor iqtisodiyoti davrida hamma yaratilgan mahsulotlar va to’plangan boyliklar, hatto ishchi kuchi ham tovar shaklida harakat qiladi, chunki ularning hammasi sotiladi va sotib olinadi (tabiiy boyliklar bundan mustasno). Agar biz to’plagan milliy boylikni tovarlar yig’indisi va har bir tovar uning bir bo’lakchasi, bir hujayrasi deb, tovardagi ikki tomonlama xususiyatdan kelib chiqib qarasak, unda milliy boylikning mazmunini tushunish oson bo’ladi (1-rasm).
Rasmda u bir tomondan naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlar yig’indisida, ikkinchi tomondan qiymatlar yig’indisida turibdi. Chunki shamol kuchi, quyosh energiyasidan foydalanadigan stansiyalar, tegirmonlar va boshqa qurilmalar ham vaqti kelib tovar sifatida sotilishi mumkin.


Xulosa
Fuqaroviy va harbiy ishlab chiqarishlar nisbati ham toʻgʻri, meʼyorida boʻlishi kerak. Ishlab chikarilayotgan tovarlarning va koʻrsatilayotgan xizmatlarning asosiy qismi, birinchi navbatda, ichki bozor talab-ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilishi, eng avvalo ichki bozorni sifatli va arzon milliy tovarlar bilan toʻyin-tirish (toʻldirish) maqsadga muvofiqsir. Shu bilan birga tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish, jahon iqtisodiyotiga tobora qoʻshilib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish obʼyektiv zaruratdir, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga, aholiga soliq yukini yengillatish, davlat byudjetini va undan qilinadigan sarf-harajatlarni optimallashtirish, inflyasiyani jilovlash kabilar Milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga jidsiy va ijobiy taʼsir etadi.



Download 35,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish