1)
bilish vazifasi
- har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda oʻzaro
bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni oʻrab
turgan olam toʻgʻrisidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
2)
amaliy vazifa
– amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan
unumli foydalanib iqtisodiy oʻsishni ta’minlash va shu asosda oʻsib boruvchi ehtiyojlarni qondira
borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi
evaziga koʻproq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni ta’minlash, har bir faoliyat
turi boʻyicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yoʻllarini topishdan iboratdir;
Do'stlaringiz bilan baham: |