3. Iqtisodiyot nazariyasi aniq iqtisodiy fanlar uchun metodologik asosdir
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini anikdab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab „Siyosiy iqtisod“ nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining „Siyosiy iqtisod xaqida traktat“ asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi „Iqtisodiy jadvallar“ kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va ob-roʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |