Uyga vazifa : O‘tilganma mavzuni o‘qib o‘rganib kelish Mavzu : I bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar Ta‘limiy maqsadi: O‘quvchilarni I bobni takrorlash uchun savol va topshiriqlar bajarish haqidagi malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish. Tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni kasbga bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarini shkillantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikirlash qobilyarlarini oshirish. DTS talablari asosida ta‘lim va tarbiya berish Darsning uslibi: Tushuntirish, savol –javob, mustaqil ishlash. Darsning jixozi: Darslik, doska, ko‘rgazmali va tarqatma materilallar. Darsning borishi: yangi mavzuni bayoni. A. SAVOLLAR. 1. Respublikamiz nima sababdan rejali, markazlashgan va buyruqbozlikka asoslangal iqtisodiyotdan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o'tmoqda? O'zbekistonning bozol iqtisodiyotiga o'tishining besh tamoyili haqida nimalar bilasiz? 2. Nima sababdan oxirgi paytlarda iqtisodiyotni o'rganmoqchi bo'lganlar soni ko'payilj bormoqda? 3. Iqtisodiyotni faqat iqtisodchilar bilishi kerakmi? 4. Kundalik turmushda iqtisodiy bilimlar qachon va qanday vaziyatlarda kerak bo'ladil Misollar keltiring. 5. Nega inson ehtiyojlarining poyoni yo'q? 6. Cheklanganlik muammosining mohiyati nimadan iborat? 7. Cheklanganlik muammosiga 5 ta misol keltiring. 8. Tanlov va uning muqobil qiymati nima? 9. Mehnat unumdorligini oshiraverib, cheklanganlik muammosini hal qilish mumkinmi? 10.Mehnat unumdorligini oshirishdan ko'zlangan asosiy maqsad nimadan iborat? 11. Mehnat unumdorligining oshishi salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkinmi? 12. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning afzalliklari va kamchiliklarini sanang. 13.Ixtisoslashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad nima? 14. Hududiy ixtisoslashuv nima sababdan kelib chiqqan? 15. Nima? Qanday? Kim uchun? Bu savollar qanday muammolarni o'z ichiga oladi? 16. Iqtisodiy tizimlar bir-biridan nima bilan farqlanadi? 17. Bozor iqtisodiyoti tizimi Nima? Qanday? Kim uchun? degan savollarga qay tarzda javob berishini tushuntirib bering. Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlarini sanang, 18.Aralash iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga nimalar sababchi bo'lgan deb o'ylaysiz 19.Aralash iqtisodiyot sharoitidagi davlatning roli nimalardan iborat bo'lishi kerak deb! o'ylaysiz? Nega? 20. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o'rganadigan iqtisodiy muammolarga 5 tadan misol keltiring. 21.Quyidagijumlalarning qaysi biri to'g'ri? a) mikroiqtisodiyot alohida olingan firmalar faoliyatini o'rganadi; b) inflatsiya sur'atining oshishi makroiqtisodiy masala hisoblanadi; d) ixtisoslashishdan ko'zlangan asosiy maqsad - mehnat taqsimotini to'g'ri tashkil qilish; e) tanlovning muqobil qiymati voz kechilgan barcha imkoniyatlardir. B. TOPSHIRIQLAR . Quyida avval atamalarning nomlari, so'ng ularning talqinlari berilgan. Har bir atamaga mos talqinni topib, atama raqami yoniga mos talqin harfini yozib chiqing.