17. 3. O'quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari.
O'quvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. O'qituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarga iqtisodiy ta'lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli ko'nikma, odatlar haqida ma'lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod bo'layotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning o'z mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida o'quvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini o'qitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon bo'lishi mumkin emasligini tushuntiradi. O'quvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda o'z mehnatini, so'ng o'zgalar mehnatini qadrlashga o'rganadi. Shu asosda o'quvchilarda iqtisodiy ma'lumot, ko'nikma va odatlar tarkib topadi. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta'sir ko'rsatadi.
Masalan, «Mohir qo'llar» to'garagi ishtirokchilari o'qituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, o'yinchoqlarni tayyorlash bilan bog'liq ko'nikmalarni o'rganadilar, ya'ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni o'rganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur bo'ladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya'ni ta'minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag', ya'ni pul hosil bo'lishiga asos soladi. Pul esa o'z navbatida o'quvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda to'g'ri xulosa chiqarishga undaydi.
Yoki maktabdan tashqari biror zavod yo fabrika yo korxonada ishlab chiqarish jarayoni bilan o'quvchilarni tanishtirish orqali ularning mazkur sohalar bo'yicha tasavvur, bilim, ma'lumotlarini takomillashtiradi. Qaysi soha bo'lmasin u davlatning, kishilarning kundalik turmushi, hayoti bilan bog'liqligini anglaydi. Mazkur sohaning iqtisodiy imkoniyatlari va o'z navbatida odamlarning shu sohaga bo'lgan ehtiyojini o'quvchilar o'rganish, ko'rish, kuzatish jarayonida o'zlarining iqtisodiy ma'lumotlarini oshirib borishadi. Bularning barchasi o'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyatga ega. O'quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, sayohatlarni, ko'rgazmalarni tashkil qilish singari manbalari mavjudki, ularsiz fuqarolarning iqtisodiy madaniyatini, tafakkurini, ongini va ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini hal etish mushkul.
Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko'pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo'rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko'zlik, pul jamg'arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo'jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag'ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog', sut, go'sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog'i lozim. Agar ota-ona qo'shimcha ish olib ishlayotgan bo'lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog'i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o'zining qo'lidan kelgan hissasini qo'shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |