Iqtisodiy tahlil va uni o„rganish obyektlari (moliyaviy hisobot shakllarini tuzilishi bo‘yicha)*
Moliyaviy tahlil
Buxgalteriya balansini tahlili
Moliyaviy natijalar tahlili
Pul mabalag‘larini tahlili
Xususiy kapitalni tahlili
O„rganiladigan masalalar
Korxonaning mulkini tuzilishi va dinamikasi tahlili
Zararsizlik tahlili
Operatsion faoliyatdan pul oqimini tahlili
Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi tahlili
Korxona mulkini manbalash tarkibi va dinamikasini tahlili
Marjinal foyda tahlili
Investitsion faoliyatdan pul oqimini tahlili
Xususiy kapital o‘zgarishi tahlili
To‘lov layoqati tahlili
Mahsulot sotishdan foyda tahlili
Likvidlik tahlili
Asosiy faoliyatdan moliyaviy natijalar tahlili
Soliqqa tortishdan pul oqimini tahlili
Moliyaviy barqarorlik tahlili
Moliyaviy faoliyatdan natijalar tahlili
Moliyaviy faoliyatdan pul oqimini tahlili
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tahlili
Favqulodda daromadlar tahlili
Valyuta mablag‘larini tahlili
Xususiy kapital samarasi va daromadligi tahlili
Kreditga qodirlilik tahlili
Sof foyda va uning taqsimlanish tahlili
Pul oqimini diskontlash
Ish aktivligi tahlili
Moliyaviy natijalarni omilli tahlili
Pul oqimini bashoratlash
Bozor aktivligi tahlili
Rentabellik tahlili
Xususiy kapital rentabelligi tahlili
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
Moliyaviy holat reytingi
Iqtisodiy salohiyat tahlili
Moliyaviy salohiyat tahlili
*-shuningdek, investitsion loyihalar tahlili, moliyaviy rejalar tahlili, byudjet tahlili alohida tahlil obyekti sifatida olinishi mumkin
Iqtisodiy tahlil asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy ahvolidan, moliyaviy ahvoldagi o‘zgarishlardan voqif bo‘linadi.
Tahlil natijalaridan nafaqat ichki balki, tashqi foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. Negaki moliyaviy hisobot va moliyaviy tahlil natijalarida sir saqlanadigan, ya'ni birovning zarari hisobiga boshqa birovning naf ko‘rishi mumkin bo‘lgan axborotlar kuzatilmaydi. Shu sababli, moliyaviy tahlilning ko‘plab subyektlarini tarkiblash mumkin.
3.2-jadval
Ichi va tashqi tahlil
Farqlash belgisi
Ichki tahlili
Tashqi tahlil
1
2
3
1.Obyekti bo‘yicha
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijasi,
moliyaviy holati, pul
mablag‘larini keng
qamrovli tahlili
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy holati, investitsion
jozibadorlik, iqtisodiy
nochorlik, reyting baholash, kreditga qodirlik
2.Subyekti bo‘yicha
Firma va kompaniyaning o‘z xodimlari
Firma va kompaniyalar
faoliyati bilan
qiziquvchilarning keng
doirasi
3.Tartibga solinishi
Umumiy, firma va
kompaniyalar ichki nizomi, qoidalari asosida
Umumiy Nizom, qoidalar
asosida tartibga solinadi
4.Maqsadi
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijasi,
moliyaviy ahvoli, pul
mablag‘larini optimallashtirish, biznes
samaradorligini o‘stirish
yuzasidan ichki
imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish
Firma va kompaniyaning moliyaviy natijasi, moliyaviy holati, investitsion
jozibadorligi, iqtisodiy
nochorligi, reyting bahosini aniqlash tashqi
subyektlarning qiziqishlarini, manfaatlarini boshqarish
5.Ma‘lumot iste'molchilari
Faqat, shu firma,
kompaniya boshqaruvi
xodimlari, menejerlar
Tashqi tahlil subyektlari
6.Usullari bo‘yicha
Tahlilni ananaviy,
matematik, maxsus usullari
Moliyaviy tahlilni maxsus usullari
7.Ma‘lumotlarni olish ko‘lami
Ma'lumotlarni olish
imkoniyatlari keng
Ma'lumotlarni olish
imkoniyatlari cheklangan
(faqat rasmiy moliyaviy
hisobotlar orqaligina tahlil o‘tkaziladi)
8.Tahlil natijalarini
manfaatligi
Ko‘proq o‘zi uchun
manfaatli
Firma va kompaniyalarning o‘zi hamda tashqi
qiziquvchilar guruhi uchun manfaatli
10. Vazifalarni hal
etilishi
Vazifalarni hal etilishi faqat shu korxona boshqaruv
xodimlari uchun xizmat
qiladi.
Vazifalarni hal etilishi ham ichki, ham tashqi tahlil
subyektlari uchun xizmat qiladi
11.Tahlilni tashkil
etilishi
Ko‘proq firma va
kompaniyalar uchun
maqbul shaklda tashkil
etiladi
Tashqi tahlil subyektlari uchun maqbul shaklda
tashkil etiladi
Iqtisodiy tahlilni tashkil etish, yuritish, xulosalarni shakllantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me’yoriy asoslari
Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslari me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‘lga qo‘yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me‘yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o‘zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me‘yoriy asoslariga muhim e‘tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me‘yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‘z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar.
Rasmiy me‘yoriy asoslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash;
xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash;
Norasmiy asoslarda o‘rganiladigan masalalar ko‘lami juda keng doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili;
moliyaviy barqarorlik tahlili;
to‘lov layoqati va likvidlik tahlili;
ish va bozor aktivligi tahlili;
pul oqimlarining tahlili;
xususiy kapital tahlili;
foyda va zararlar tahlili;
debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili;
innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili;
investitsion faoliyat tahlili;
soliq to‘lovlari va majburiyatlar tahlili;
logistik tahlil va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga baho berish va tahlil etishda bir qator analitik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlarning asosiy manbasi sifatida buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti ma‘lumotlari olinadi. Biznesdagi holat va uning kelgusidagi rivojini prognozlash yuzasidan, shuningdek, statistik, makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ham amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu borada tahlil boshqaruvning eng muhim dastagi sifatida qaraladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini baholashda moliyaviy tahlildan foydalanish albatta: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini tuzish va ularga tushuntirishlar berishda; moliyaviy holatini baholashda; iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ka qarshi boshqaruv hisobotini tayyorlashda; biznesini restruktarizatsiya qilishda; moliyaviy sog‘lomlashtirishda; mulkiy munosabatlarni tartibga solishda qo‘l keladi.
Iqtisodiy tahlildan foydalanishning yagona metodikasi shu paytga qadar yaratilmagan. Shu sababli, har bitta menejer o‘z amaliy tajribasidan, xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyat va boshqaruv xususiyatlaridan, axborot manbalarining hajmidan kelib chiqqan holda alohida metodik ishlanmalardan foydalanadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan 3 ta bosqichi tarkiblanadi: tahlilning maqsadini va uni realizatsiya qilish tartibini belgilash; tahlilda foydalaniladigan axborotlar sifatini baholash, ishonchli axborotlar bazasini shakllantirish; tahlil usullari (metodlari)ni aniqlash, tahlilni o‘tkazish va olingan natijalarni umumlashtirish.
Tahlil etishning metodologik asoslari ko‘pincha huquqiy manbalarga tayangan holda tuzib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil etishning amaldagi normalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS);
Korxonalarning moliyaviy iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi qarori;
Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori;
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS).
—Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMSda moliyaviy hisobot maqsadi sifatida quyidagilar bayon etilgan. —Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat...”.
Moliyaviy hisobot axborotni quyidagilar uchun ham saqlaydi: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish.