mavzu iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi
(2 soat)
Iqtisodiy tahlilning va fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
Korxonalar (birlashmalar) faoliyatining atroflicha va keng o`rganish iqtisodiy tahlilning asosiy mohiyatidir
Iqtisodiy tahlil predmeti.
Korxonalar, birlashmalar, kontsernlar va vazirliklar xo`jalik faoliyatini tahlil qilish vazifalari.
Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari.
Jamiyatimizning asosiy bo`g`ini bo`lgan oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, bugungi kunda yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko`tarish, bu borada mahallaning roli va ahamiyatini kuchaytirish, xotin-qizlar, opa-singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, jismonan sog`lom, ma’nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash kabi o`z oldimizga qo`ygan boshqa muhim maqsadlar barchamizga yaxshi ma’lum.
Xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko`p asrlik tarixga ega bo`lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa ob’ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalarni to`g’ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo`jalik faoliyatini chuqurroq o`rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko`rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o`z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob’ektiv asos bo`lgan.
Xo`jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o`ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo`ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixi, bu bo`yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shunday qilib tahlil fani vujudga kelguncha bir qancha evolyutsion yo`lni bosib o`tdi. Nihoyat u fan sifatida shakllandi. Endigi vazifa bu fanga to`g’ri nom tanlashdan iborat edi. Bu borada ancha ijodiy tortishuvlar ham bo`ldi. Bir guruh olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar. Bunda ushbu fan korxonaning butun iqtisodini o`rgatadi, deb asosladilar. Ikkinchi gurux olimlar esa ushbu fanning nomini «Sotsial-iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar. Shu tufayli ushbu fan iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy (sotsial) jarayondan ajratib bo`lmaydi, deb o`rganadi.
Tabiat hodisalarini tahlilsiz o’rganib bo’lmaydi. “Analiz”(tahlil) so’zi grekcha “analizis” so’zidan olingan bo’lib, bo’moq,qismlarga ajratmoq ma’nolarini anglatadi1 Mustaqil Respublikamiz o`zining mustaqil fanlariga va har bir fan o`zining yaratilish tarixiga ega bo`lishi kerak. Xo`jalik faoliyatini tahlil qilish fani boshqa fanlar singari O`zbekistonda ham o`z tarixiga ega. Bu fan sobiq ittifoq tarkibidagi boshqa Respublikalar singari O`zbekistonda ham uning tarkibida shakllandi.
Hozirgi paytda juda ko`p olimlar bu fanning nomini «Xo`jalik faoliyati tahlili» deb atamoqda. Bunga biz ham qo`shilgan holda shuni takidlamoqchimizki, barcha iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik jarayonlar xo`jalik faoliyati davomida sodir bo`ladi. Shu tufayli «Xo`jalik faoliyati tahlili» deyilsa, bu korxonaning barcha sohasini o`z ichiga oladi va uni bemalol fanning nomini atashda qo`llash mumkin, deb hisoblaymiz.Ammo shuni ta’kidlash joizki, 1999 yilda ishlab chiqilgan ta’lim andozalarida «Xo`jalik faoliyati tahlili» fani o`rniga «Iqtisodiy tahlil» fani kiritilgan. Lekin mazmuni oldingidek qolgan.
Iqtisodiy tahlilning ishlab chiqarishning jadallashtirish hamda xo’jalik hisobini mustahkamlash, iqtisodiy tejamkorlikni amalga oshirishda, hamda korxonalar, konsernlar, birlashmalar va vazirliklarni ish sifatini yaxshilashdagi ahamiyati
Hisob va iqtisodiy tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy vosita bo`lishi kerak. Binobarin, korxonalar, konsernlar, birlashmalarni mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va natijalari kundalik hisob va hisobotda o`z aksini topadi. Demak, iqtisodiy tahlil korxonalar faoliyatini nazorat qilishda, xo`jalik hisobini mustahkamlashda, iqtisodiy tejamni o`tkazishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda, ilg’or tajribalarni tarqatishga, ish faoliyatida mavjud bo`lgan kamchiliklariga barham berishda va ichki xo`jalik rezervlarini aniqlashda muhim vosita sifatida qo`llaniladi. Bozor iqtisodiyoti davrida mulkchilik va xo`jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar korxonalar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish eng avvalo tizilmada boshqaruv rolini oshirishdan boshlanadi. Chunki, boshqaruv vositasida korxona o`z oldidagi vazifalarni hal qiladi va qo`yilgan maqsadga erisha boradi.
Korxonada boshqaruv tizilmasi o`z ob’ekt va sub’ektidan iborat bo`ladi.
Boshqaruv ob’ekti – bu ishlab chiqarish, sub’ekti esa boshqaruv tarkibidir.
Korxona faoliyatini yoki ishlab chiqarishni boshqarishda ob’ekt va sub’ekt boshqariladigan va boshqaruvchi kichik tizilmani tashkil etadi.
Ularni har biri o`ziga yuklatilgan funktsiyalarni bajaradi. Ammo, mazkur kichik tizilmalar bir-birlari bilan uzluksiz va chambarchas aloqada bo`lib ayni holatda yagona tizilmani tashkil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |