AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya, Germaniya va
boshka davlatlar ta`lim tizimi
AQSh TA`LIM TIZIMI
Amerika Qo’shma Shtatlarida ta`lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
-
bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya
muassasalari;
-
1 -8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda
6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
-
9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha
bo’lgan bolalar ta`lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo'shma Shtatlarida navbatdagi ta`lim bosqichi oliy ta`lim bo’lib, u
2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir.AQShda majburiy ta`lim
16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o'quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida,
xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin.
Amerikada 3 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar
shug’ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa
“Kinder garde” deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta`lim boshlanadi.
Boshlang’ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab
oladi. Bu boshlang’ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo’naltirish
vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko’chish ta`lim oluvchining o’zlashtirganlik
darajasiga bog’liq. Boshlang’ich ta`lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6,
8 yil). Maktablarda turli hil to’garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar
uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta maktablar quyi
va yuqori bosqichlardan iborat.
9-
sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul qilinadi. O’rta
maktablarda quyidagi to’rt yo’nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi:
-
kasb-hunar ta`limi;
-
biznes ta`limi;
-
savdo va sanoat ta`limi;
-qurilish ta`limi.
Oliy ta`lim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:
1.
Kichik mutaxassis 2 yillik kollejlar.
2.
Bakalavr 4 yillik kollejlar.
3.
4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgandan so’ng, 1-2 yillik magistr
maktabi.
4 .Doktorantura.
Oliy ta`limda ikki yo’nalish mavjud:
1.
ta`limni individuallashtirish
2.
talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.
Pedagog yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq
qildirish va mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSh o’rta
maktablarida o’z ta`lim oluvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-h unar,
umumiy yo’nalishlarda bilim beradi.
AQShda har bir ta`lim oluvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan
attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida xujjat topshirgan pedagoglar yuqori
o’rta maktabning so’nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan
oo’tkaziladi. O’g’il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham
aniqlanadi.
Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari
(kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan
moslamalar) ta`lim televideniyesi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til
laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta`lim
strategiyasi» dasturi e`lon qilingan edi.
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, o’zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar
asosida kirib keladi. «Zo’rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda
ta’limni bir saviyada qotib kolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon
kuydiradigan,
elim deb
, yurtim deb kuyib yonadigan bo’lmasa, «o’z shaxsiy
manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki mei davlat ravnaqi uchun
nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz
kerak.
Anbar otin (1870-1915) o’zbek shoirasi va ma’rifatparvari, o’zbek va tojik tillarida
she’rlar yozgan. U 1870 yil Qo’qonda farmonqul degan ilғor kishi oilasida
tuғilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni
o’rganadi, she’rlar yozadi. So’ng o’zi xam darslar beradi. U qizlarga odob
qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil kilish qoidalarini
o’rgatadi. Uning butun hayoti sheriyat bilan boғliq.
Ularda ma’rifiy ғoyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs erkinligini
shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul
maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon xam
tuzgan. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o’zida
mujassamlashtirgan asari - «Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat.
Har bir faslda shoira o’zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri
haqida yozadi.
Maxmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi,
ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o’kiydi. Lekin bitirmasdan
mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayoxat kiladi.
1903-1904 yillari o’zbek va tojik tillarida «Muntaxabi jo’g‘rofiya» («Qisqacha
umumiy geografiya») asarini, yangi usul maktablari uchun «Kitob ul-atfol»
(«Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom»(«Islomning qisqacha tarixi»),
«Amaliyoti islom», «Aholi jo’g‘rofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha
geografiyasi»ni yozadi.
Shakuriyning qishloғidagi yangi usul maktabini 1908 yil Samarqandga-o’z
hovlisiga ko’chirib keladi. «Bexbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, darsliklar,
«Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi»ni bosib chiqaradi. «Samarqand» gazetasi,
«Oyina» jurnalini nashr etadi.
U xalqni ilm — ma’rifatni egallashga chakiradi, ayollarning ilm olish kerakligini
ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o’qitishni targ‘ib
qiladi.
Bexbudiy 1918 yil «Musulmon ishchi va dehqon sho’rosi»ning maorif komissari
qilib tayinlanadi. Shundan so’ng o’quv rejalari tuzish,
yangi darsliklar yaratish
,
o’qituvchnlar kurslarini ochish ishlariga katnashadi, o’zi «Yangi xisob» darsligini
tuzib nashr etadi.
1918 yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy ishlar
xalq komissarligining Nizomi loyixhalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida
qatnashadi. 1919 yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan Shaxrisabzda qamoqqa
olinib qarshi shahrida qatl kilinadi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik –
huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga
oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun
munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni
tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod –
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-
tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi.
Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz
ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy
davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim
kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |