5-chizma
Makroiqtisodiy muvozanatlik va uning turlari.
Макрои¢тисодий мувозанатлик
Ба¦оларнинг
¤ртача даражаси
Пул таклифи
Пулнинг айланиш тезлиги
И¢тисодий ресусрслар унумдорлиги
Ишлаб чи¢ариш технологияс и
Bu muvozanatliklarning shakllari turli-tuman bo`lganligi sababli ular alohida holda xususiy muvozanatliklar sifatida chiqadi.
Xususiy muvozanatlik bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo`lgan talab va taklif o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o`tganidek: «
..ichki bozorda talab va taklif o`rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog`i o`rtasidagi nisbatni ta’minlash g`oyat katta rolь o`ynaydi»1.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o`zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo`llarini topish imkonini beradi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to`xtovsiz rivojlanish holatida bo`ladi. Iqtisodiy tsikl fazalarida, bozor konьyukturasi, bozor sub’ektlari daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ro`y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqazo qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o`zaro bog`liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo`ladi.
To`liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo`lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo`lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg`arishga qo`yish mumkin. Jamg`arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar bilan to`liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi.
Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija mulьtiplikator samarasi deyiladi. Mulьtiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o`zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |