Mavzu: iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot, mintaqaviy siyosat va geosiyosat


Kurs ishining maqsadi va vazifasi



Download 48,48 Kb.
bet2/6
Sana03.06.2022
Hajmi48,48 Kb.
#632276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIY GEOGRAFIYA VA MINTAQAVIY IQTISODIYOT, MINTAQAVIY SIYOSAT VA GEOSIYOSAT

Kurs ishining maqsadi va vazifasi – iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot, mintaqaviy siyosat va geosiyosat tushunchalari haqida bilim ko‘nikmalarini shakillantirish.
1. «Iqtisodiy geografiya»ni O’zbekistonda rivojlanishi

Jamiyat taraqqiyoti va shunga mos ravishda fanlarning rivojlanishi, ularning ichki turlanishi va, ayni paytda, yangilarining vujudga kelishi bilan sodir bo‘lmoqda. Bu xususda turli fanlar qirrasida shakllanayotgan yo‘nalishlar katta va integratsion salohiyatga ega. Jumladan, iqtisodiy geografiya yoki iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ham tabiiy va ijtimoiy (gumanitar) fanlar oralig‘idan o‘rin olgan. Binobarin, u ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi.


Dastlab iqtisodiy geografiya (IG) iqtisodiyot fanlar turkumiga mansub bo‘lgan, chunki u vaqtda asosiy e’tibor tarmoqlarga, ularning iqtisodiy ta’riflariga qaratilgan edi. Keyinchalik esa, ayniqsa N.N.Baranskiy tomonidan rayonlar yo‘nalishini kuchaytirish, shubhasiz, iqtisodiy geografiyani yana geografiylashtirdi. Bunga dastavval Germaniyada, so‘ngra Rossiyada rivojlangan statistikaning mamlakat va rayonlarni tasvirlovchi va tavsiflovchi yo‘nalishi ham sabab bo‘ldi.
Iqtisodiy geografiya o‘zining evolyutsion taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. U dastlab tasvirlovchi funksiyani bajargan bo‘lsa, keyinchalik iqtisodiy geografiyaning analitik xususiyati kuchaydi, hodisa va voqealar faqat tasvirlanmasdan, ular ilmiy tahlil asosida ta’riflandi va tavsiflandi. Mazkur fan rivojlanishining uchinchi bosqichi sintez, ya’ni tahlil natijalarini umumlashtirish va baholash (diagnostika) bilan bog‘liq bo‘ldi. Hozirgi kunda esa iqtisodiy geografiyada prognoz va boshqaruv (hududiy menejment), jamiyat va ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etish funksiyalari ham rivojlanmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy geografiya ancha boy va an’anaviy tarixga ega. Unga ko‘ra mintaqaviy iqtisodiyot (MI) fan sifatida ancha keyinroq shakllandi. Mazkur yo‘nalishning yoki rayonlar (regionlar) haqidagi fanning asoschisi amerikalik olim, Pensilvaniya universiteti geografiya fakultetining dekani, professor Uolter Izard (Ayzard) hisoblanadi. U Nyu-Yorkda nashrdan chiqqan ―Joylashtirish va mintaqaviy iqtisodiyot (1956) hamda ―Regional tahlil metodi: regionlar to‘g‘risidagi fanga kirish1 (1960) nomli asarlarida regionlar to‘g‘risidagi fan yoki regionika va uning alohida qismi bo‘lgan mintaqaviy (regional) iqtisodiyot masalalarini keng va atroflicha yoritdi. Izard regionlar to‘g‘risidagi fanlarning Xalqaro assotsiatsiyasini ham tashkil qildi va boshqardi.
Izardning mintaqaviy iqtisodiyoti, albatta, qisman bo‘lsada undan oldin yaratilgan nazariy g‘oyalar, chunonchi I.Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller singari nemis iqtisodchilarini asarlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Shuningdek, bu yerda Perru, Budvil, Launxardt, Predyol, Palander, Guver kabi G‘arbiy Yevropa olimlarining ilmiy asarlari ham ahamiyatlidir. Ayni paytda muallif rayonlarning ichki va rayonlararo iqtisodiy aloqalarini tahlil qilishda o‘zining safdoshi V.Leontevning harajat – ishlab chiqarish (―zatrat - vipusk) metodidan keng foydalangan.
O’zbekiston iqtisodiyotini ixtisoslashishi va majmuali rivojlanishini xalq xo’jaligi tarmoqlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning sifati va jahon bozorida raqobatbardosh ekanligi nuqtai nazaridan tahlil qilish nihoyatda zarurdir. Ana shu asosida mamlakatni jahon xo’jaligiga integratsiyalanishi masalasi hal qilinadi.
Iqtisodiy geografiyaning respublikadagi hozirgi ahvoli, uning nazariy- metodolik va ilmiy salohiyati ushbu muammolarni hal etishga imkon beradi.
O’zbekiston iqtisodiy va sotsial geografiyasi taraqqiyotining shu bugungi darajasiga yetish uchun uzoq va mashaqqatli yo’lni bosib o’tdi. Fanimizning shakllanishi amalda ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda boshlanib, u Chetirkin va Cherdansev nomlari bilan bog’langan. XX-asrning 50-yillarida respublikada O’zbekiston iqtisodiy geografiyasining muhim yo’nalishi sifatida shaharlar geografiyasi shakllandi. Uning asoschisi va targ’ibotchisi bo’lib, Farg’ona vodiysi shaharlarining shakllanishini tadqiq etgan N.V.Smirnov hisoblanadi. Keyinchalik bu ilmiy yo’nalish yana ham kengaydi. O’zbekiston yangi shaharlari (Ahmedov E.A.), poytaxt shahri Toshkent (Raimov T.I.), Quyi Amudaryo shaharlari (Inomov I.) va boshqalar o’rganildi.
1960-yillarda M.Q.Qoraxonovning bevosita rahbarligida O’rta Osiyo va O’zbekiston aholisiga xos muammolar keng o’rganildi. Chunonchi, O’zbekiston aholisining tadrijiy o’sishi (M.Q.Qoraxonov), respublika qishloq aholisining joylanishi xususiyatlari (G.A.Asanov, R.V.Valieva), Farg’ona vodiysi shaharlari va shahar aholisining rivojlanishi (O.B.Ota-Mirzaev), yangi shaharlarning demografik rivojlanishi (N.F.Fayziev) va boshqa yo’nalishlardagi masalalar tahlil etildi.
O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi «aholi» blokining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan, muhim tadbirlar qatorida M.Q.Qoraxonov boshchiligida tashkil qilingan va O’rta Osiyo aholisi muammolariga bag’ishlangan (Toshkent, 1965-1971), konferentsiyalari haqida alohida o’rin tutadi. Ular respublikada aholi geografiyasini va uning asosiy yo’nalishlari: aholini takror barpo etish geografiyasi, aholi migratsiyasi geografiyasi, shaharlar geografiyasi, qishloqlar geografiyasi, mehnat resurslari geografiyasi va boshqalarning tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillar bo’lib, xizmat qildi. O.B.Ota-Mirzaev rahbarligida urbanizatsiya muammolariga bag’ishlangan (Toshkent, 1973-1975) seminarlari tashkil qilindi va o’tkazildi.
70- va 80-yillarda aholi mavzusi bo’yicha qator nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi (Soliev A., Qayumov A., Yangiboev M., Safarov I., Tillaev R., Imomov Sh., Mallaboev T., Goldfarb B., Maxmudov B., G’aniev A., Bo’riev M., Sadullaev A. va boshqalar). 80-yillarning so’nggi va 90-yillarning dastlabki davrida Salimov X. tomonidan O’zbekiston aholisining sotsial-geografik rivojlanishi, Ota-Mirzaev O.B. tomonidan O’zbekiston shahar aholisi va aholi manzilgoxlarining rivojlanishi, Qayumov A. tomonidan O’zbekiston mehnat resurslarining sotsial-geografik rivojlanishi muammolari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Natijada, hozirgi vaqtga kelib, O’zbekistonda respublika aholisi, uning joylanish xususiyatlari, urbanizatsiya jarayonini o’rganish bo’yicha mashhur milliy ilmiy maktab vujudga keldi.
O’zbekiston sotsial-iqtisodiy geografiyasining keyingi rivojlangan yo’nalishi bo’lib, qishloq xo’jaligi geografiyasi hisoblanadi. Mazkur yo’nalish respublikada 60- yillarning dastlabki davrida Z.M.Akromov rahbarligida vujudga keldi, shakllandi va rivojlandi. Ushbu muhim ilmiy yo’nalishning respublikadagi mashhur vakillari bo’lib Ro’ziev A.R., Lobach R.S., Xodiev R.A., Egamberdiev T.E., Islomov S., Qurbonov K.. va boshqalar tan olinadi. Mazkur ilmiy yo’nalish O’zbekistonda 80-yillarda qishloq joylari va shaharlar iqtisodi bilan uzviy bog’langan xolda rivojlandi.


Download 48,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish