Birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning axborot ta’minotiga e’tiborning
ortishi, intellektual mulk, patent valitsenziyalar tizimini keng joriy etilishi.
Davlatlararo mualliflik xuquqi himoyasining ta’minlanishi, jahon axborot
bozorining shakllanishi.
Ikkinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyat hozirgi davrda o’z infratuzilmasiga va
unga ta’sir etuvchi xalqaro tashkilotlarga ega. Ushbu infratuzilma sifatida jahon
tovarlar va xizmatlar bozorlari (xususan, tovar va xomashyo, valyuta birjalari),
xalqaro tashkilotlar hisoblangan JST, XVF, XMK kabi qator mintaqaviy va
integratsion tashkilotlar EI, NAFTA(North American Free Trade Agreement)
hamda turli ixtisoslashgan tashkilotlalrni, ya’ni neft eksport qiluvchi
mamlakatlar tashkiloti OPEK, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik
(IAEA; MAG ATE) va hokazolarni keltirish mumkin. Mazkur tashkilotlar
davlatlararo savdo,
investitsiylar, ishlab chiqarish, fan-texnika sohasidagi hamkorlik masalalarida
ko’maklashuvchi, tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat
yuritadi.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni monopoliyalashtirishga bo’lgan
intilishning ortishi. Hozirgi kunda dunyodagi yettita sanoati rivojlangan mamlakat
hissasiga jahon ishlab chiqarishining qariyb 80 foizi to’g’ri keladi. Yirik jahon
xomashyo, tovar va xizmatlar hamda moliyaviy bozorlarning aksariyati
rivojlangan davlatlar hududida mujassamlangan. Bundan tashqari, xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositachisi, ishtrokchisi sifatida yirik sanoatmoliya guruxlari, kompaniyalari gavdalanmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish,qayta ishlash va ayrboshlash tizimlarini mujassamlashtiruvchi xususiy transmilliy va ko’p millatli kompaniyalar (TMK, MMK) jahon eksporti va importuning qariyb 60 foizini tashkil etmoqda. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish, ayrboshlash, moliyaviy xizmatlar ko’rsatish sohalari faoliyati ham yirik kompaniyalar ta’sirida amalga oshirilmoqda. Shu sababli, ko’plab xalqaro konferensiyalar, muzokaralarda “yangi iqtisodiy tartib”ni joriy etish, rivojlanayotgan davlatlar ishtirokini ko’paytirish takliflalri o’rtaga tashlanmoqda.
To'rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi axborot vositalari,
texnologiyalari asosida shakllanishi va rivojlanishi. Internet tizimining vujudga
kelishi natijasida electron tijorat, electron savdo keng avj olmoqda. Sotuvchixaridor, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi o’rtasida yangi va tezkor buyurtmatakliflar tizimi shakllanmoqda. Jumladan, B2B, B2C tarzidagi axborot tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xuquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa
yo’nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini qo’ymoqda.
Demak, davlatlararo tovar va xizmatlar bozorining shakllanishi, ishlab
chiqarish, ayrboshlash jarayonlarining chuqurlashuvi, undagi aloqalar tizimini
yanada takomillashtirish, mazkur munosabatlar tizimini yangi bosqichga ko’tarish
zaruratini taqazo qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, xalqaro iqtisodiy munosabatlar
tizimida sub’ektlarning ishtiroki, maqomi vakolatlari masalalari ham dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq,
an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq
sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q,
ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor
munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning
mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l
bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish
mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish
mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy""
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning
amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega.
Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning
moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori
ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik
o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik
bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida)
o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining
o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy
islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi.Chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |