Biznes mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash choralari
O`tgan 2001 yilning muhim xususiyati-bu mahalliy resurslarni qayta ishlash asosida kichik va o`rta tadbirkorlikning sur`atlari yanada tezlashgani bilan bog`liqdir. Kichik va o`rta biznesning, fermer xo`jaliklarning qonunchilik hamda huquqiy-me`yoriy asoslari ancha mustahkamlandi va takomillashdi. Kichik va o`rta biznes sub`ektlarini ro`yxatga olishning soddalashtirilgan tartiblari joriy etildi.
Mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur ishlash yo`lida imtiyozli va mikrokreditlar berish hamda boshlang`ich kapitalni shakllantirish uchun mablag` ajratish yo`li bilan respublikada kichik va o`rta biznes sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash miqyoslari kengaytirildi. Masalan, 2001yilda kichik va o`rta biznes sub`ektlariga berilgan kreditlar hajmi 2001 yilning o`zida 2,4 martadan oshdi. Bularning 70 foizga yaqini o`rta va uzoq muddatli kreditlardir. Tadbirkor va fermyerlarga berilgan mikrokreditlar hajmi esa 27mlrd. so`mdan ziyod bo`ldi.
Kichik va o`rta biznes vakillarining moddiy-xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tovar xomashyo birjalarida sotish hajmi oshib bormoqda Natijada kichik va o`rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi oshdi, u hozirgi 2002 yilning boshida 24,5 foizni tashkil etmoqda. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, butun mamlakat iqtisodiyotida band bo`lgan aholining 53 foizidan ko`prog`i kichik va o`rta tadbirkorlik sohasida mehnat qilmoqda.
Shuning uchun ham qishloq xo`jaligida isloxotlarni amalga oshirish shirkatlarga aylantirilgan 18 ming,55,1 ming fermer xo`jaliklari va ularga biriktirilgan 1054,7 mig gektar er, ya`ni bir xo`jalikka o`rta hisobdan 19 gektar er to`g`ri keladigan yerlarni suіorishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanishga, sug`orish va irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga, suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga erishayotganlarni rag`batlantirishga qaratilgan va ilmiy-tadbirkorlikni hayotga tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Respublika birinchi Prezidenti I.Karimov «har tomchi suv oltinga teng bo`lib turgan bir paytda ko`plab viloyatlarda suvdan foydalanish koeffitsienti tushib ketgan. Jumladan Buxoro Navoiy, Surxondaryo, Namangan kabi bir qator viloyatlarda sodir bo`layotgan bunday salbiy holatlarning sabablarini chuqur sinchiklab o`rganish va tegishli choralar ko`rish lozim1» dedilar.
Alohida e`tiborni talab qiladigan yana masala viloyatlar, Toshkent shahrida va boshqa aholi punktlarida ichimlik suvini tejash masalasidir. YAqin yillar ichidayoq bu masala eng keskin muammolardan biriga aylanishi, ichimlik suvi esa eng noyob va qimmatbaho tabiiy resurs bo`lib qolishi mumkin. Hozirning o`zidayoq butun-butun mintaqalarda, xususan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Хorazm, Buxoro viloyatlarida, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida suv ta`minoti bilan bog`liq muammolarga duch kelinmoqda.
Bu masala o`rganilganda aholi tomonidan suv sarflanishining amaldagi miqdori belgilangan me`yorlardan 2-3 barobar ortiq ekani ayon bo`ldi. Masalan, Toshkent shahrida korxonalarda, avtomobil yuvish shaxobchalarida ichimlik suvidan texnik maqsadlarda foydalanish kabi odatlarga hanuzgacha chek qo`yilgani yo`q. Bundan tashqari respublikaning ayrim shaharlari va tuman markazlarida sug`orish shaxobchalari yo`qligi, mavjud ariqlarning esa ko`mib tashlangani tufayli yoz mavsumida aholi vodoprovod suvidan sug`orish maqsadlari uchun foydalanilmoqda.
Ichimlik suvi sarflanishini hisobga oluvchi o`lchagichlarni o`rnatish ishlari qoniqarsiz ahvolda. Toshkent shahrining o`zida ahvol yomon «Toshviloyatsuvoqava» trestiga qarashli iste`molchilarning atigi 3 foizidagina ana shunday o`lchagichlar mavjud.
Energetika resurslaridan, birinchi galda tabiiy gazdan foydalanish ahvoli yaxshi emas. Masalan, respublika bo`yicha o`tkazilgan tekshirishlar natijasida jami 12 mingdan ortiq issiqxonalar qonunga xilof ravishda gazdan foydalanayotgani aniqlandi. Bunday issiqxonalarning soni Samarqand viloyatida 4250 ta, Toshkentda 1500 ta, Andijon viloyatida esa 1450 ta ekanligi ma`lum bo`ldi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, ayrim aholi qatlamlarining tabiiy gazdan foydalanish darajasi me`yoridagiga nisbatan 1,5-2 barobar ortiq.
Moddiy resurslardan xo`jasizlarcha, mas`uliyatsizlik bilan foydalanish mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan material va energiya sarfining oshishiga, bu esa, o`z navbatida ana shu mahsulot tannarhining qimmatlashuviga olib keladi. Tovarning narxi oshib ketadi va oqibatda u raqobatga bardosh bera olmaydi. Shu tariqa, mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqish yo`lidagi say`i-harakatlar yo`qqa chiqadi.
Shuning uchun bunday holatlarning oldini olish, bu borada tartib o`rnatish va mahalliy resurslardan oqilona foydalanish O`zbekistonning jahon bozoriga tezroq integratsiya qilishga imkon beradi, bu imkoniyat tabiiy gazlardan oqilona foydalanishdir. Haqiqatan respublikamizda tabiiy gaz zahiralari keng tarqalgan. Shular ichida Sho`rtan gaz konlari xazinasini oqini oqqa, ko`kini ko`kka ajratib olsak, tamomila boshqacha ko`rinishdagi manzara paydo bo`lar ekan. Mutaxassislarning aytishlaricha, mana shu gaz tarkibidan 148 turdan ziyod polietilin ishlab chiqarish imkoniyati bor. Bu imkoniyat Sho`rtan gaz kimyo majmuasida ro`yobga chiqarilmoqda. Cho`l bag`rida bunyod etilgan ushbu maskanni 450 gektarga yaqin yashil o`rmon qurshab turibdi. Bu erda qariyb 1 million tup ko`chat o`tkazildi.
Ko`rib turibmizki, istiqlol tufayli O`zbekiston mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi marralarni zabt etmoqda, mamlakatlaru qit`alar bilan mustahkam aloqa o`rnatmoqda.
O‘tgan 28 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur taxdili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Shularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobidan yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini
mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish asnosida Harakatlar strategiyasida tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash, unda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini, shuningdek, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlash nazarda tutilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘p jihatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligiga bog‘liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasi moliya bozorini tartibga solishning asosiy ko‘rsatkichidir. Shu borada, ya’ni moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va Markaziy bankning asosiy regulyatori bo‘lmish qayta moliyalash stavkasini o‘rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
O‘tgan yillarda amalga oshirilgan bank-moliya sohalaridagi tizimli tadbirlar natijasida, ya’ni 2016 yil davomida o‘tkazilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o‘rtacha hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 martaga oshdi. Bu esa bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarishga, pul massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Ayni damda, tovar va xizmatlarni xarid qilishda nakd pulsiz, naqd pul ko‘rinishidagi hisobkitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne’matlarni nakd pulsiz ko‘rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun’iy ravishda narxlarning oshirib ko‘rsatish holatlari yuzaga kelmokda. Mazkur holat ikki xil ko‘rinishdagi to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutning bir-biridan keskin farqlanishiga va natijada iste’molchilarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo‘lgan holatda o‘sishiga olib kelmoqda.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
- harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag’batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;
- Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
- xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivojiga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan prinsipni amalga oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish.
Yuqoridagi bobdan xulosa qiladigan bo’lsak, O’zbekistonda sovet tuzumida amalda bo’lgan soliq tizimi mustaqillikka erishilgach tubdan bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda va bu islohotlarga qonuniy asos – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Soliq Kodeksi hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda yaratilgan O’zbek Modeli asosida 2017 yil 7 fevralda ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida mamlakatimiz hududida amalda bo’lgan soliq tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan va sof bozor iqtisodiyotiga o’tishda eng muhim vazifalar keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |