Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish



Download 0,95 Mb.
bet18/21
Sana23.05.2023
Hajmi0,95 Mb.
#942885
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-мавзу-1

3. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish


G`arbiy Yevropa mamlakatlarida o`tgan asrning 80-yillarining boshida loyihaviy moliyalashtirish usullari turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarishda foydalanishi orqali loyiha tashabbuschilariga qarz to`lovlariga bo`lgan harajatlarni kamaytirishga va moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi. Dastlab, loyihaviy moliyalashtirish Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari o`rtasida bo`lib olingan bo`lsada, hozirda Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham qo`shildi. Keyinchalik Fransiya, Shveysariya, Gollandiya,
Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorining faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqa boshladi.
Iqtisodiy o`sishning yuqori sur‘atlari loyihaviy moliyalashtirish shakllariga katta talabni vujudga keltirdi, bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga tegishli edi. 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida yetakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. doll. qiymatdagi 31 ta loyiha amalga oshirilgan edi. 1996 yilda Osiyo davlatlarida jami 86,2 mlrd. doll. qiymatdagi 400 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilgan. Bu ko`rsatkich Amerika va Yevropa kontingentlari mamlakatlarinikiga qaraganda ko`pdir111.
Aytish joizki, Osiyo davlatlari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo`qotishdi va yetakchilikni yana AQSH va G`arbiy Yevropa davlatlari egallashdi. Biroq, oxirgi yillarda Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o`zini o`nglab olgach, yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o`sishning yuqori sur‘atlarini ta‘minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillipin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va Sharqiy Yevropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda investitsiyalash sur‘atlari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo`lib bormoqda.
Loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib loyihaviy moliyalashtirishning ―sof‖ namunasi bo`lgan Buyuk Britaniyani Yevropa kontengenti bilan bilashtiruvchi ―Yevrotunnel‖ loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan112.





111 www.ziyonet.uz маълумотлари асосида
112 Ўша ерда
Hozirda loyihaviy moliyalashtirishning globallashuv xususiyatini hisobga olgan holda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) va Jahon banki (JB) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan bog`liq yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo`lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng foydalanib kelinmoqda. Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida sindikatli kreditlash shaklidan keng foydalaniladi. Bunda kredit operatsiyalarini tashkil etish jarayonida bank birinchi o`ringa qarz oluvchining kredit tarixini o`rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta‘minot turlari, garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e‘tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e‘tibor loyiha tahliliga qaratiladi. Loyihaviy tahlilning asosiy ob‘ekti, bu loyihaviy hujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asosi)dir. Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi – investitsion loyihani moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihaning smeta harajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda rikslarni baholash va samarali boshqarishdir.
Texnik – tashkiliy, huquqiy, ekologik, tijorat iqtisodiy, moliyaviy yo`nalishlarini loyiha tahlilining asosiy yo`nalishlariga kiritishimiz mumkin. Dastlab yirik loyihalarni amalga oshirishda ko`pgina ishtirokchilar jalb qilingan bo`ladi. Jumladan:

  • loyiha tashkilotchilari; tashkilotchilar ta‘sis etgan loyihaviy kompaniya;

  • kreditorlar (tijorat banklari, bank konsorsiumi); pudratchilar (bosh pudratchi, subpudratchilar); asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilar;

  • sug`urta kompaniyalari; loyihaviy kompaniya chiqarayotgan aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni sotib oluvchi institutsional investorlar;

  • moliyaviy maslahatchilar; operator-kompaniyalar, ob‘ektni ekspluatatsiya (ishlab chiqarish)ga kiritgandan so`ng, uning investitsion faoliyatini boshqaradi.

Investitsion loyihalarni baholashda loyihaning ishonchligini ta‘minlovchi quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

  • texnik-iqtisodiy asoslanganlik va moliyaviy rejaning qoniqarligi;

  • loyiha tomonidan ishlatiladigan mahsulot va xom-ashyo manbalari va qiymatlarining kafolatganligi;

  • loyihaning ma‘qul narxlarda yoqilg`i bilan ta‘minlaganligi;

  • loyiha mahsulotlari va xizmatlarini sotish uchun bozorning mavjudligi va bozorgacha transport harajatlari ma‘qul narxlarda mavjudligi;

  • qurilish materiallarini kutilgan narxlarda sotib olish mumkinligi;

  • pudratchi, foydalanuvchi va boshqaruvchi personallar tajribali va ishonchligi;

  • loyiha ishonchsiz texnologiyalarini o`z ichiga olmasligi;

  • hamkorlar va manfaatdorlar tomonlar bilan shartnomaviy kelishuvlar tuzilgan, litsenziya va ruxsatnomalar olinganligi;

  • valyuta rikslarining taqsimlanganligi;

  • loyiha qo`shimcha ta‘minoti sifatida qimmatli aktivlarga egaligi;

  • yetkazilayotgan resurs va aktivlarning tegishli sifatlari ta‘minlanganligi;

  • tegishli sug`urta to`lovlari qarab chiqilganligi;

  • fors-major holatlari, to`xtab qolishlar xavfi (yetkazib berishda, qurilishda va boshqalar) harajatlarning o`sishi hisobga olingan va ularning taqsimlanganligi;

  • loyihaning investorlarni qoniqtiruvchi ko`rsatkichlarga egaligi;

  • foiz stavkalari va inflyatsiyaning haqiqiy olati hisobga olinganligi.

Haqiqiy investitsion loyiha har doim ham yuqorida sanab o`tilgan barcha mezonlarga mos kelavermaydi. Yuqoridagi mezonlar loyihaviy moliyalashtirishni muvaffaqiyatli kechishi uchun beshta asosiy tamoyillarni belgilab olishni taqozo etadi.

    • investitsion loyihalarni hayotiyligi;

    • loyihani amalga oshirishda tajribali, kuchli va vijdonli hamkorlarning ishtiroki;

    • loyiha barcha risklarining hisobi va taqsimoti;

    • barcha xuquqiy jixatlarni tartibga solib borish;

    • loyihani amalga oshirishda sifatli biznes-rejaning mavjudligi va aniq muvofiqlashgan harakat rejalarini ishlab chiqish.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish