Mavzu: Investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishda marketingni boshqarish. Reja



Download 29,49 Kb.
bet2/6
Sana20.04.2022
Hajmi29,49 Kb.
#567603
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Investitsiya qurilish loyihalarini amalga oshirishda marketingni boshqarish.

Marketingning kompaniyadagi roli.
“Marketing” atamasi tom ma’noda bozor sari harakatlanish jarayoni ma’nosini beradi, bu atama jarayonning ichki ikkiyoqlamalik xossasini to’la ochib bera olmaydi va marketingning “tahliliy” jihatiga nisbatan uning “faolroq” tomoniga ko’ra ko’proq urg’u beradi. Bu ikkiyoqlamalikni xarakterlash uchun “strategik” va “operatsion” marketing atamalaridan foydalaniladi. Operatsion marketing – bu qisqa muddatga mo’ljallangan rejalashtirishning mavjud bozorlarga qaratilgan faol jarayondir. Bu tovar, sotish, narx va kommunikatsiyalarga oid taktik vositalardan foydalanish yo’li bilan kerakli savdo hajmiga erishishning klassik tijorat jarayonidir. Operatsion marketingning asosiy maqsadi – sotishdan daromadlar hosil qilish, ya’ni maqsadli aylanmalardir. Bu sotishning eng samarali usullaridan foydalangan holda xarid uchun buyurtmalarni “sotish” hamda qabul qilish va ayni paytda harajatlarni kamaytirishni anglatadi. Ma’lum darajadagi savdo hajmiga erishishdan iborat bo’lgan maqsad operatsiyalar bo’limi uchun ishlab chiqarish dasturiga va savdo bo’limi uchun tovarlarni saqlash va bevosita o’tkazish dasturiga aylanib ketadi. Bundan kelib chiqadiki, operatsion marketing firmaning qisqa muddatli rentabelligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi hal qiluvchi elementdir. Operatsion marketingning faolligi – firma faoliyatidagi, ayniqsa raqobat kuchaygan bozordagi hal qiluvchi omildir. Har qanday tovar, hatto uning sifati eng yuqori bo’lsa ham, bozor uchun maqbul narxga ega bo’lishi, sotish tarmog’i ko’taradigan, mo’ljaldagi iste’molchilarning odatlariga moslashgan bo’lishi kerak, hamda tovarning bozordagi yaxshi ketishini ta’minlovchi va uning o’ziga xos xususiyatlarini ta’kidlovchi kommunikatsiya yordamiga ega bo’lishi lozim. Bozorda talab taklifdan ko’p bo’lgan, firma xaridorlarga yaxshi tanish bo’lgan va raqobat bo’lmagan hollar kam uchraydi. Operatsion marketing marketingning eng ko’zga ko’rinarli jihatidir, bunga asosiy sabab shuki, reklama va tovarlarni siljitish faoliyatining roli g’oyatda 105 muhimdir. Ba’zi firmalar, masalan sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi esa aksincha, marketingni reklama bilan uzviy bog’liq deb tushunib, uzoq vaqtgacha marketing bizning biznesga to’g’ri kelmaydi, deb hisoblab keldilar. Demak, marketing – bu firmaning tijorat dastagi bo’lib, hatto eng yaxshi strategik reja ham yaxshi natijalarga olib kela olmaydi. Ammo, ko’rinib turibdiki, yetarlicha katta strategik bazasiz mutlaqo rentabelli operatsion marketing ham bo’lishi mumkin emas. Fikrsiz dinamizm - asossiz tavakkaldir, xolos. Operatsion marketing rejasi har qancha kuchli bo’lmasin, u ehtiyoj yo’q bo’lgan joyda talabni yuzaga keltira olmaydi va yo’qolib ketishi muqarrar bo’lgan faoliyat yo’nalishini saqlab qola olmaydi. Binobarin, rentabellikni ta’minlash uchun operatsion marketing strategik fikrlashga asoslangan bo’lishi kerak, u esa o’z navbatida bozordagi ehtiyojga va uning kutilayotgan evolyutsiyasiga tayanadi. Strategik marketing – bu avvalo jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o’ziga emas, balki shu tovar yordamida yechiladigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Yechimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o’zi esa tinimsiz o’zgarib turadi. Strategik marketingning roli – berilgan bozorning evolyutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iboratdir. Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o’lchanadi, dinamik jihatdan esa o’zining mavjud bo’lish muddati bilan yoki hayot sikli bilan xarakterlanadi. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, haridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog’liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo’lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yohud harajatlar bo’yicha afzallik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo’ladi. 106 Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo’naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, uning o’sish va rentabellik salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo’naltirishdan iborat. Strategik marketing jarayoni o’rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o’sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iboratdir. Tovarni siljitishga sarflangan marketing xarajatlarini ayirib tashlagandan keyin hosil bo’ladi. Ushbu daromad firma uchun tovar bozoriga kiritgan hissa bo’lib hisoblanadi.


Download 29,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish