Investitsiya bo'yicha ma'lumotlarni ma'lumotlarni moliyaviy hisobotda aks ettirish Pul, moddiy va nomoddiy shakldagi kapitalni tadbirkorlik faoliyati obьektlariga daromad olish va kelajakda ularning qiymatini ko’paytirish maq-sadida yo’naltirish «investitsiya»lar deb ataladi. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmuasi «investitsiya faoliyati» deb yuritiladi. Korxonalar investitsiya qilish jarayoni bilan turli maqsadlarda shug’ullanadilar. Ayrim korxonalar uchun inves-titsiyalar qilish faoliyati bilan shug’ullanish ularning asosiy ishi hisoblanib, kompaniyaning moliyaviy natijalari shu yo’nalishning natijalariga bevosita bog’liq bo’lsa, ayrimlari investitsiyalarni keyinchalik muhim ishlarni amalga oshirish uchun zahira sifatida ushlab turadi, boshqalari esa savdo munosa-batlarini mustahkamlash yoki tijorat sohasidagi ustunlikka ega bo’lish uchun savdo investitsiyalariga mablag’ yo’naltiradi. Korxonalarning investitsiya faoliyatini davlat turli shakllarda tartibga solib turadi. Jumladan:
investitsiya kiritishning e’tiborga loyiq yo’nalishlari va ob’ektlarini belgilab berish;
investitsiya faoliyatini soliqlar bilan tartibga solish;
investitsiyalar hisobini yuritishni standartlar yordamida tartibga solish;
investitsiya faoliyatini investorlarga moliyaviy yordam ko’rsatish yoki tegishli kredit siyosatini o’tkazish orqali tartibga solish;
investitsiya faoliyatini tegishli amortizatsiya siyosatini amalga oshirish orqali tartibga solish;
moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishning shakl va shartlarini belgilash orqali tartibga solish;
investitsiyalar himoyasini tashkil qilish.12 Korxonalar o’z bo’sh mablag’larini qimmatli qog’ozlar, davlatning qarz majburiyatlarini sotib olish, boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatna-shish, birgalikda o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kabi yo’nalish-larga sarf qilishlari mumkin.Yuqorida keltirilgan holatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investi-tsiyalar hisobini yuritishga bevosita o’z ta’sirini o’tkazadi. Respublikamizda korxonalarning investitsiyalar qilish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari hisobi asosan buxgalteriya hisobining «Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb nomlangan 12-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti vositasida yuritiladi. Shu bilan birgalikda, investitsiyalardan tushgan daromadlarni tan olish, sho’’ba korxo-nalarga investitsiyalar qilish, birgalikdagi faoliyatga qilingan investitsiyalarni hisobga olish kabi ayrim xo’jalik muomalalari esa, «Asosiy xo’jalik faoliya-tining daromadlari» deb nomlangan 2-sonli, «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba korxonalarga qilingan investitsiyalar hisobi» deb nomlangan 8-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standartlari yordamida tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra:uzoq muddatli investitsiyalar;
qisqa muddatli investitsiyalarga bo’linadi.
Bir yildan ortiq muddatda daromad olishni maqsad qilib turli ob’ekt-larga yunaltirilgan moliyaviy qo’yilmalar uzoq muddatli investitsiyalar deb ataladi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yildan kam bo’lgan muddatda daro-mad olishni ko’zda tutgan aktivlarga yunaltirilgan qo’yilmalardan iborat bo’ladi. Buxgalteriya hisobining standartlari talablariga binoan o’zlarining hisob siyosatida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni ajratib ko’rsatishni lozim deb topgan korxonalar uzoq muddatli investitsiyalarni balansning «uzoq muddatli aktivlar»i tarkibida, qisqa muddatli investitsiyalarni esa «joriy aktivlar»i tarkibida ko’rsatishlari lozim.Investitsiyalar hisobini yuritishning maqsadi quyidagilardan iborat:
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida, to’liq va to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;
investitsiyalarni toifalari bo’yicha to’g’ri turkumlanishini ta’minlash;
investitsiyalarni baholash va qayta baholash muomalalarini to’g’ri amalga oshirish;
investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazilishi muomalalarini to’g’ri amalga oshirilishini ta’minlash;
investitsiyalardan olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olinishi, so-liqqa tortilishi va moliyaviy hisobotlarda to’g’ri ko’rsatilishini ta’minlash;
turli toifadagi investitsiyalarni chiqib ketishi muomalalarini to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash;
investitsiyalar bilan bog’liq xo’jalik muomalalarnimilliy standartlari talabi asosida yoritilishini taьminlash
Investitsiyalarni baholash 12-sonli «Moliyaviy qo’yilmalar hisobi» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi. Bunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hiso-bida xarid bahosida aks ettiriladi.Investitsiyalarning xarid bahosi esa, inves-titsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj to’lovlari, bank xiz-mati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar inves-titsiyalar to’liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo’ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning arid qiymati almashtirish uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo’yicha belgilanadi. Ammo bu holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo’lsa, ushbu bahoni qo’llash ma’qul bo’ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to’langan foizlar yoki dividendlar summasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko’ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko’ra sotib olish va bozor qiymatidan kami bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, uning balans qiymati alohida olingan investitsiyalar bo’yicha;
investitsiyalarning toifalari bo’yicha;
investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin.
Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va bozor bahosidan kami bo’yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga oshiriladi.
13
Xulosa Iqtisodiyotnimodernizasiyalash sharoitida moliyaviy investisiyalar- ning amalga oshirilishi korxonalarning kelajakda bozorda o’zining o’rnini, mavqyeini saqlab qolish va mijozlarini ko’paytirishga olib keladi. Ma’sulyati cheklangan jamiyatlarda moliyaviy investisiyalar hisobini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlar xar bir jamiyatning ixtisoslashuvi va ishlab chiqarishi xususiyati bilan farqlanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti ma’sulyati cheklangan jamiyatlarning oldiga o’zlarining barcha aktivlaridan samarali foydalanish vazifasini qo’ydi. Bu korxonalarning moliyaviy investisiyalarga, ya’ni boshqa korxonalarga ularning quvvatini oshirish va buning evaziga kelgusida o’zi ham moddiy naf ko’rish (daromad olish) maqsadida kiritgan mablag’lariga ham taaluqlidir. Iqtsodiyotni modernizasiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlar foyda olish, ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish va rivojlatirish maqsadlarida o’zlarining bo’sh pul mablag’larini yo’naltirish aaktivlarni, yani asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hamda qimmatli qog’ozlarini sotib olishga sarflashi mumkin, shuningdek horijiy investisiyalardan fodalanish va mazkur jarayoni tartibga solish horijiy ivesttitsiyalarini xisobga olishini, ulardan foydalanish tahlilini to’g’ri tashkil qilish, shuningdek korxona moliyaviy investisiyadan foydalanish auditorlik tekshiruv usbullarini to’g’ri tashkil qilish lozim. Kurs ishida ishida moliyaviy investisiyalar shakllantirish charoitida ularning faoliyatini bochqarishda buxgalteriya xisobi, iqtisodiy tahlil va auditning o’rni tobora ortib borayogani tufayli ularning nazariy va uslubiy tadbiq qilinishi dolzarb masala ekanligini asoslab berdi. Horijiy investitsiyalar samaradorligi masalasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.