Bog'liq Mavzu Investitsiya funksiyalari va omillari Kirish Asosiy qism
Xulosa va takliflar O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O’zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to’g’risida", "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’grisida", "Investitsiya faoliyati to’grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shartsharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2018 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga zarar yetish holatlarini oldini olish bo’yicha maxsus bo’linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma’lum bir siljishlar yuz berdi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi” to’g’risida nizom ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari tadqiq etish asosida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
1.CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
2.Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3.Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
4. Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturlari uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar alohida ifodalangan bo’ladi.