mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi



Download 0,76 Mb.
bet5/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi


Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida keltirilgan5:

    • ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

    • hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‘stirish yo‘li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;

    • yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‘jalik birlashmalarning mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi ustuvor vazifalar kelgusida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohot hamda ishlarni belgilab berdi.

Bundan anglash mumkinki, qurilish tarmog‘i ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‘ynaydi. Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‘ynashi, aholining katta qismini ish bilan ta’minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuviga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat aholisining turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Keltirib o‘tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish va tadqiqotlar olib borish orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo‘yilmalarning tezroq qoplanishini ta’minlaydi. Masalan, qurilayotgan ob’ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lsa,





5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni 2017 yil 7 fevral
bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha foyda olish imkoniyati bo‘ladi. Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali ifodalaymiz:







Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish