mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish



Download 0,76 Mb.
bet38/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

Fyuchers (futures) - o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin. Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo‘yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo‘ldan boshqa qo‘lga zudlik bilan o‘tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyuchersning o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuvchilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo‘qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin.
O‘zbekistonning qonun hujjatlariga ko‘ra, fyuchers – bu ma’lum qimmatli qog‘ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so‘zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘oz bo‘lgan fyucherslarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.


  1. Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli


Kapital bozori, fond bozori – bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so‘ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o‘rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog‘ozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari majmuini o‘z ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari bilan ham shug‘ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib
oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor. Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi:

    1. birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘ladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi;

    2. ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilardan haridorlar qo‘liga o‘tishni yengillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim o‘rin egallab, aholining jamg‘arilgan mablag‘larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qog‘ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo‘lgan "Toshkent" fond birjasi 1994 yildan qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Iqtisodiy nazariyada ssuda kapitali deganda foiz to‘lash sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladigan yalpi pul mablag‘lari tushuniladi. Ssuda kapitalining mohiyatini to‘la tushunish uchun avvalo uning aylanma va savdo kapitallaridan farqini, harakterli xususiyatini aniqlash kerak. Ssuda kapita•li kapital bozorida muhim o‘rin tutib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini qondiradi. Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyatlari, uning kreditordan qarz oluvchiga bo‘lgan harakatida va aksincha jarayonda ko‘proq ko‘rinadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  1. Ssuda kapitali kapital sifatida – bu mulk uning egasi qarz oluvchiga kapitalini doimiy egalikka emas, balki vaqtincha foydalanish uchun beradi. Bu holda kapitalga bo‘lgan egalik kapital harakatidan ajraladi. Kapital korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishning boshidan oxirigacha qatnashib, uning hajmi ortib borsada, belgilangan kapital miqdori oxir-oqibatda o‘z egasi – kreditorga qaytib to‘lanishi lozim.

  2. Ssuda kapitalining o‘ziga xos xususiyati, uning tovar sifatida ekanligidir. Kreditor tomonidan pul mablag‘lari qarzdor korxonaga “sotiladi”. Korxonalar bu

kapital hisobidan ishlab chiqarish vositalari va ish kuchini sotib oladilar. Ssuda kapitalining tovar sifatidagi iste’mol qiymati – qarz oluvchi tomonidan uning samarali ishlatilishi natijasida qarzdor oladigan foyda hisoblanadi. Ssuda kapitalining iste’mol qiymati oddiy tovarning iste’mol qiymatidan farq qiladi. Ssuda kapitali bo‘yicha olingan foydaning bir qismi ssuda foizini to‘lash uchun ishlatiladi.

  1. Ssuda kapitalining yana bir xususiyati, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabatning uzoq davom qilishidir. Ssuda kapitalining kreditordan qarz oluvchiga o‘tish jarayoni davrlar bo‘yicha tarqatilgan to‘lov mexanizmining bosqichlarida ifodalanadi. Masalan, oddiy savdo sotiq jarayonida sotilgan tovarning narxi shu zahotiyoq to‘lanadi. Kredit resurslari va ulardan foydalanganlik uchun to‘lovlar, odatda, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin to‘lanadi.

  2. Ssuda kapitali harakatining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, ssuda kapitali harakati sanoat va savdo kapitali harakatidan farq qilib, “sotuvchi” (kreditor) va “haridor” (qarz oluvchi) o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat, ya’ni kapital harakati, pul ko‘rinishida bo‘ladi.

Sudxo‘rlik kapitalidan farqli o‘laroq ssuda kapitali avvalo davlat, yuridik va jismoniy shaxslar, kredit tashkilotlaridan jalb qilingan moliyaviy resurslar hisobiga shakllanadi (bu banklarning ssuda kapitali bozorida ixtisoslashgan vositachilik o‘rnini aniqlab beradi). Moliyaviy resurslarning ssuda kapitaliga aylanishining ikki asosiy manbasini ko‘rsatish mumkin.

  1. kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi bosqichida ssuda kapitali shakllanishining yagona manbai sifatida davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari manbai sifatida namoyon bo‘ldi. Ular moliyaviy vositachilarga ixtiyoriy ravishda vaqtincha foydalanishga, mavjud mablag‘ni kapitalga aylantirish va ulardan foyda olishga beriladi. Bu mablag‘lar kredit tashkilotlariga tegishli bo‘lgan depozit hisoblarda qayd qilinib, o‘zlarining birinchi egalariga shu qo‘yilmalar bo‘yicha foiz ko‘rinishidagi daromad keltirishni ta’minlaydi. Bu manba o‘zining ahamiyatini hozirgi, rivojlangan davlatlar sharoitida ham yo‘qotgan emas;

  2. naqd pulsiz hisob-kitoblarning bank orqali o‘tishida ishlatiladigan mablag‘lar ham ssuda kapitali shakllanishining yangi manbai bo‘lib, bu mablag‘lar aylanma mablag‘larning doiraviy aylanish jarayonida yuzaga keladi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning vaqtincha bo‘sh bo‘lib qolishining quyidagi asosiy sabablarini ko‘rsatib o‘tish mumkin;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish vaqti bilan olingan xom-ashyo, materiallar, ishchilarga ish haqi va boshqa to‘lovlar vaqtining mos kelmasligi;

  • asosiy fondlarning eskirishini qoplash uchun mo‘ljallangan pul ajratmasi, ya’ni amortizatsiya fondining shakllantirilishidir.

Amortizatsiya fondi mablag‘lari ham ssuda kapitali manbasi sifatida ishlatilishi mumkin. Korxonalardagi faoliyat natijasida yuzaga keluvchi taqsimlanmagan foyda yoki uning ishlatilish jarayonida paydo bo‘lgan bo‘sh mablag‘lar (masalan, yil oxirida to‘lanadigan dividend shaklida) yuridik shaxslarning ularga xizmat ko‘rsatuvchi kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob hujjatlarida jamg‘ariladi. Bu mablag‘lar bank tomonidan korxona va tashkilotlarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ma’lum muddatga o‘tkaziladi.
Ssuda kapitali bozorining tarkibi. Ssuda kapitali bozori moliyaviy bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va uning holati ssuda kapitalining doiraviy aylanish jarayoni bilan bog‘liq.
Ssuda bozorining asosiy ishtirokchilari bo‘lib:

  • dastlabki investorlar, ya’ni turli banklarda saqlanuvchi, ssuda kapitaliga aylanuvchi bo‘sh moliyaviy resurslarning egalari;

  • ixtisoslashtirilgan vositachilar, pul mablag‘larini bevosita jalb qiluvchi, ularni ssuda kapitaliga aylantiruvchi va foiz ko‘rinishida haq to‘lash va qaytarish sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga qarz oluvchiga beruvchi kredit-moliyaviy tashkilotlari bo‘lishi mumkin;

  • moliyaviy resurslarda yetishmovchilik his qiluvchi va ixtisoslashgan vositachilarga ularning bo‘sh mablag‘larini vaqtinchalik ishlatib turganligi uchun to‘lov to‘lay oladigan davlat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxs ko‘rinishidagi qarz oluvchilar bo‘lishi mumkin.

Banklardan beriladigan kredit resurslarning maqsadli yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ssuda kapitali bozori quyidagi asosiy segmentlarga bo‘linishi mumkin: pul bozori – aylanma mablag‘larning harakatini ta’minlovchi qisqa muddatli
kredit operatsiyalarning yig‘indisi;
kapital bozori – asosiy mablag‘lar harakatini ta’minlovchi qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar to‘plami;
fond bozori – qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga xizmat qiluvchi kre•dit operatsiyalar to‘plami;
ipoteka bozori – ko‘chmas mulk bozoriga xizmat qiluvchi kredit operatsiyalar to‘plami va boshqalar.
Har bir sanab o‘tilgan bozor segmentlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu esa amaliyotda moliya – kredit institutlarining maxsus turi ixtisoslashtirilgan tijorat banklarining tashkil topishiga olib keladi.
Zamonaviy ssuda kapitali bozori asosiy ikki bo‘g‘in kredit tizimi va qimmatli qog‘ozlar bozori (birlamchi va ikkilamchi bozorlar) bo‘lishini taqozo qiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozorida yangi muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi. Ikkilamchi bozorda (fond birjasida) oldindan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi. Birjadan tashqarida qimmatli qog‘ozlarning sotilishi va sotib olinishi, odatda, birjadan tashqari savdo deb yuritiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozori va kredit tizimining mavjudligi hamda rivojlanish darajasiga qarab ssuda kapitali bozorining rivojlanishi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Jahon amaliyotida kapital bozori AQSH, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada yuksak taraqqiy qilgan.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish