mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat



Download 0,76 Mb.
bet15/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

2. Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat


Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‘ berish bitimiga tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me’yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o‘z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo‘lib, uning balansini, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini hamda
mijozning moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai uning qaytarilishining ta’minotini tekshirish hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag‘lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag‘larining qaytarilishi va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag‘larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug‘urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loiyhalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zlariga xos bo‘lgan monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida faoliyat yuritadilar.
Monitoringning mazmuni “ko‘zgu” degan ma’noni anglatadi. Monitoringni yuritishda quyidagilar ko‘zda tutiladi:

  1. Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi.

  2. Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish.

  3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi.

  4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.

Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

      • korxonaning moliyaviy – xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash;

      • olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo‘jalik holatini tahlil etish;

      • tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.

Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251 – sonli “Investitsiya loyixalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Dasturning davlat monitoringi:

      • investitsiya loyihalarni va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

      • loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;

      • amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;

      • investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;

      • investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish