Investitsion talab yuqori darajadagi harakatchanlik bilan tavsiflanadi va bir qator omillar ta'siri ostida shakllanadi, ular orasida makro va mikroiqtisodiy omillarni shartli ravishda ajratib ko'rsati
Investitsion talab yuqori darajadagi harakatchanlik bilan tavsiflanadi va bir qator omillar ta'siri ostida shakllanadi, ular orasida makro va mikroiqtisodiy omillarni shartli ravishda ajratib ko'rsatish mumkin
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadning iste'molga ishlatilmaydigan qismini anglatuvchi jamg'armalar investitsiya resurslari manbai hisoblanadi. Iqtisodiyot rivojlanishining har bir aniq bosqichida mavjud bo'lgan jamg'arish uchun real resurslarning miqdori hal qiluvchi darajada ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlashda qanday ustuvorliklar - joriy iste'mol yoki jamg'armaga bog'liq.