MAVZU: INVESTITSION BANKLAR FAOLIYATI TAXLILI
REJA:
I KIRISH
II ASOSIY QISM
1. Bank tizimi va uning huquqiy asoslari
2.Tijorat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish
mezonlari
3.O’zbekiston tijorat banklarining real investitsiyalari tahlili .
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston bank tizimini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarish zaruriyati hamda respublikamiz tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ayrim muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishning zarurligi ushbu magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning barqarorligini saqlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilashlash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”1 bugungi kundagi maqsadimizdir. Bugungi kunda tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish iqtisodiyotdagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha iqtisodiyotimiz tarmoqlari va sohalarida olib borilayotgan islohotlar sharoitida amaldagi xizmatlar sifatini oshirish, yangiliklarni amaliyotga tadbiq eitshni faollashtirishtirishni va bunda xorijiy banklar tajribasini keng qo’llash talab qilinadi. Iqtisodiyotda zaruriy tarkibiy
o’zgartirishlarni amalga oshirmasdan, bank mahsulot va xizmatlarni diversifikatsiyalamasdan va texnologik jihatdan yangilamasdan turib jahon moliya bozorida mustahkam o’ringa ega bo’lish mushkul. Innovatsion bank xizmatlarini amaliyotga tadbiq yetish, kuchli raqobat mavjud bo’lgan hozirgi sharoitda, birinchi navbatda, to’g’ridan-to’g’ri yangi bank xizmatlarini va mahsulotlarini ishlab chiqishda yangicha tamoyil va mexanizmlarini amalda joriy etish dolzarb masaladir.
O’zbekistonda Tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish jarayonida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasi ilmiy tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning ob'yekti bo’lib tijorat banklarining to’g’ridan-to’g’ri innovatsion bank xizmatlari hisoblanadi.
Tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish iqtisodiyotdagi xususan bank sohasida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda, tadqiqotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotni rivojlanishdagi tutgan o’rnini nazariy jihatdan tadqiq etish va ilmiy xulosalarni shakllantirish;
bank xizmatlarini tashkiliy-huquqiy asoslari va unda to’g’ridanto’g’ri amaliyotga tadbiq etishni ahamiyatini yoritib berish;
innovatsion bank xizmatlarini ishlab chiqishda jahon tajribasi va shakllangan iqtisodiy modellarning tavsiflarini asoslab berish;
banklarni xizmatlarini modernizatsiyalashda innovatsion bank xizmatlarini to’g’ridan- to’g’ri amaliyotga tadbiq etish modelining tahlilini amalga oshirish va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalarni shakllantirish;
Tadqiqotning asosiy masalalariga iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsion bank xizmatlarini nazariy asoslarini o‘rganish, «DAVR BANK» XATBda bank xizmatlarini tizimini takomillashtirishning hozirgi holatini tahlil etish, innovatsion xizmatlari faoliyatini tashkil etish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |