901- GURUH TALABASI SAFAROVA FERUZA ILHOM QIZI.
MAVZU: INTERNETDAN MASOFAVIY TA'LIMDA FOYDALANISH
Internet va WWW
Internet
— dunyo bo’ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab
kompyuter tarmoqlarining majmuyidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar
asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish
qpidalan
protokollar
(masalan,
TCP/IP -TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL / INTERNET PROTOKOL) deb
ataladi.
TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni
paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP
protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul
qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko’rinishga keltiradi.
Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi
modem
deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi
sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab kishilar tarmoqning maxsus
qurilmalarisiz ham Intemetdan foydalana olish imkoniyatigaegabo'ldilar.
Hozirgi kunda Intemet dunyo bozorini o’rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil
etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Intemet o’zaro
aloqa bog’lash yoki malumotlar almashish tarmog’i bo’libgina qolmasdan, unda mavjud
bo’lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Intemetning
kompyuterlar bilan bog’liq bo’lgan narsalardan muhim farqi shundaki, u o’zi haqidagi
ma'lumotlarni ham o’zida saqlay oladi.
1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli
axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u
World Wide Web
deb nomlangan.
901- GURUH TALABASI SAFAROVA FERUZA ILHOM QIZI.
World Wide Webning yaratilishiga 1989-yil Shveysariyadagi Yevropa Yadroviy
Tadqiqotlar Kerigashining loyihasi asos bo’ldi. Bu loyihaning maqsadi Intemetda axborot
tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda
World Wide Web Intemetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib qoldi.
Intemet deganda ko’pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi.
Aslida World Wide Web Intemetning bir qismi bo’lib, xalqaro o’rgimchak to’ri ma'nosini
anglatadi. World Wide Web
multimedia
(multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli
va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga
ega bo’lgani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.
Do'stlaringiz bilan baham: |