3. Xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Aqliy hujum” savollari orqali xotirani sinash)
O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab
qo‘yilgan savollarga javob beradilar.
1-savol Web-brauzerlarning asosiy vazifalari nimadan iborat?
javob:
Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko‘rish;
Web sahifani diskka yozib qo‘yish (saqlash);
WWWdagi adresi bo‘yicha Web-sahifani chaqirish.
2-savol Internet Explorer dasturida Fayl menyusi orqali asosan qanday ishlar amalga oshiriladi?
Javob: Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish, uni o‘z nomi yoki yangi nom bilan yozib qo‘yish, Web-sahifani qog‘ozga chop etish, dasturdan chiqish kabi ishlar amalga oshiriladi
3- savol Ma’lumotlar oynasidagi Web – sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi qaysi tugma bosiladi?
Javob:Web – sahifani qog‘ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi “chop etish” tugmasi bosiladi.
O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, ularni baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |