INTERNET TUSHUNCHASI.
Internet bu yagona standart asosida faoliyat korsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bolib, ozining alohida axborot maydoniga ega bolgan virtual toplamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqgi, unga ulangan barcha kompyuterlarning ozaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmogining har bir mijozi ozining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini korib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi korgazmasiga qoyilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmogi mijozlari bilan shaxmat oynash mumkin.
G lobal tarmoq tushunchasi. Internet tarmogining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni ozaro boglovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmogi bu global tarmoq vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar ortasida aloqa ornatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini ozaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bolsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. SHuningdek, Internet tarmogiga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bolib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter oz manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi m umkin.
INTERNET TARMOGINING TUZILISHI.
Internet oz - ozini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bolib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Internet tarmogining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yoldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmogining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmogining axborot ta’minoti Internet tarmogida mavjud bolgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo korinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi bolib, buning birinchisi axborot makoni bolsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |