Mavzu: Internet tarmog’ida ma’lumotlarni izlash va saqlash.
Qidiruv tizimi — asosan kompyuterda, kompyuter tarmogida yoki butun jahon web tarmogida World Wide Web saqlanayotgan malumotlarni qidirishga mo’ljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi. Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema ma’lumotlar bazasi uchun kalit -so’zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-so’z qatnashgan qidiruv so’rovnomasiga javob sifatida natijalar ro’yxatini ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi. Qidiruv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma’lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida kompyuter xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi ma’lumotlar strukturasi)
Qidiruv so’rovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, ya’ni tushunarli shaklda ko’rsatish
Elektronpochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab electron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochtaquti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar electron pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
*manzillar nomining eslab qolishga qulayligi
*matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati;
*xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi;
*foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
*spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi);
*xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli;
*xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalanish imkoniyati va hokazolar.
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul electron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun electron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali electron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Topshiriqlar.
1.Google.co.uz qidiruv tizimini ishga tushirdim.
2.Bizga kerakli ma`lumotni kiritdim
3.Ma`lumotning pdf shaklini komputerga saqlab oldim
4. umail.uz milliy electron pochta tarmog’iga kirdim.
4.Pochtada Yozish tugmasini bosdim
Ppp
5.Kerakli electron pochta manzilini yozdim va jo`natish tugmasini bosdim.
Xulosa: Laboratoriya mashg’ulotini bajarish orqali qanday qilib internet tarmog’ida ma’lumotni qidirishni, topibsaqlashni o’rganib oldim. Va internetda qaysi ma`lumotlar to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini ham bilib oldim. Elektron pochta tarmog’iga ulanib, electron pochta orqali ma’lumot jo’natishni va qabul qilishni o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |