Bog'liq Mavzu Internet tarmogi xizmatlari va ulardan foydalanish
Internet manzillari va domenlari
SHaxsiy komp’yuterda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalardan farqli ravishda, veb ilovalar, ya`ni tarmoqda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalar bir necha komp’yuterlarda ishlaydi. Bunday ilovalar klient/server (mijoz/xodim) arxitekturasi asosida yaratiladi. Klient dasturlari foydalanuvchi komp’yuterida tarmoqdagi resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Serverlar esa mijoz komp’yuterlarining talabiga ko`ra o`zidagi resurslardan foydalanishni ta`minlaydi. Uning yordamida serverga talablar va so`rovlar jo`natiladi, olingan ma`lumotlar ekranga chiqariladi. Klient komp’yuterida brauzer deb ataladigan dasturlar odatda bu vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari turli xizmat turlari uchun turli dasturlar yaratilgan.
Mezbon (host) komp’yuterlarda esa mijoz (klient) komp’yuterlarga xizmat ko`rsatiladi. Server (xodim) dasturlari kelayotgan paketlardan talablarni ajratib oladi va talab qilinayotgan xizmatlarni ko`rsatadi. Masalan, talab qilinayotgan veb sahifa
mijoz komp’yuteriga jo`natiladi. YAna bir misol, serverda qilingan so`rovga ko`ra ma`lumotlar omboridan kerakli yozuvlar qidirib topiladi va ular asosida veb-sahifa yaratilib, mijoz komp’yuteriga jo`natiladi.
Mezbon komp’yuter – serverlarda veb saytlar joylashgan bo`ladi. Veb sahifalar joylashgan serverlar veb serverlar deb ataladi. Keyinchalik serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Veb serverlarning dasturiy ta`minoti talab qilingan veb sahifani ajratib oladi va mijoz komp’yuteriga jo`natadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
Ma`lumotlar ombori va unga o`xshash ilovalarni boshqarish uchun maxsus interfeys: CGI (Common Gateway Interface – umumiy shlyuz interfeysi) yaratilgan. Serverdagi ma`lumotlar omboriga tarmoqdan so`rov kelganda bu so`rov bevosita ma`lumotlar ombori serveriga jo`natiladi. Server esa ma`lumotlar omborining qasddan yoki bexosdan buzilishining oldini olish uchun ombordagi ma`lumotlarga CGI orqali murojaat qiladi.
Internet manzillari va nomlari Internet ishining negizini domen (soha) nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi. DNS orqali komp’yuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar. Internetdagi biror saytga kirish uchun manzili, masalan, www.zn.uz kiritiladi. Resurslarning internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator – resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi. DNS yordamida yozilgan va insonlarga tushunarli bo`lgan manzillar komp’yuterlarga tushunarli bo`lishi uchun IP manzillarga o`tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli komp’yuterni topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash mumkin). IP manzillar 8 bitli to`rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7.
Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o`ng tomonda ko`rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O`zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. SHunga o`xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o`z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo`lib,
ular o`zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education – ta`lim muassasalari), .gov (government – davlat organlari), .mil (military – harbiy tashkilotlar), .net (networks companies – tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization – boshqa tashkilotlar).
Internet protokoli (IP) elektron xatni etkazishda maxsus elektron pochta manzilidan foydalanadi. Internetda manzillar nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta sondan iborat. Bu sonlarning har biri 0..255 oraliqdagi qiymatni qabul qilishi
mumkin. Internetdagi turli manzillarning umumiy soni 256*256*256*256=4.294.964.296 ta.
Sonlar yordamida yozilgan manzillar komp’yuter va dasturlar uchun juda qulay bo`lsa-da, odamlarning bunday manzillarni eslab qolishi qiyin. SHu sababli internetda domen (soha) nomlaridan keng foydalaniladi. Domen nomlari so`zlar, harflar va raqamlardan tashkil topadi va ularni eslab qolish ancha oson. Domen nomlariga misol sifatida: gov.uz; mail.ru; microsoft.com; larni keltirish mumkin.
Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri) deb ataluvchi komp’yuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi.
elektron pochta manzili at deb ataluvchi va et deb o`qiluvchi @ belgi yordamida ikki qismga bo`linadi. Bu belgi kuchukcha deb ham ataladi. elektron manzilning birinchi qismi (@ dan chap tomonda joylashadi) manzil egasining nomidir. @ belgisining o`ng tomonidagi domen nomi joylashadi. Domen nomi nuqta bilan ajratilgan kamida ikki bo`lakdaniborat bo`ladi. Masalan, tayi.uz, unda tayi server nomi, uz internetning O`zbekistonga tegishli sohasining nomi. Serverning o`zi ham internet sohasi hisoblanadi. Domen nomi uzun bo`lishi ham mumkin. Masalan: downloads.office.microsoft.com. Bu nom internetning tijorat sohasi: somda joylashgan Microsoft kompaniyasi sohasining office dasturlariga bag’ishlangan bo`limining downloads serveriga tegishli. Internetda ikkita turli serverga bir xil domen nomi berib bo`lmaydi.
Elektron xat o`z manziliga etib borishi uchun uning sonli manzili ma`lum bo`lishi kerak. Xatdagi domen nomidan foydalanib, domen nomlari serveri (DNS) unga mos IP manzilini topadi.
Domen nomlari tizimi (Domain Name System) Internetni sohalarga ajratib chiqadi. eng katta sohalar bu internetning biron bir davlat xududiga tegishli qismlaridir. Har bir davlatning o`z domen nomi bor. Bu nom ikki harfdan iborat. Quyida ba`zi davlatlarning domen nomlari keltirilgan. *.uz; *.ru; *.kz. Bu nomlar birinchi darajali nomlar deb ataladi. Undan so`ng ikkinchi, uchinchi va xokazo darajali nomlar keladi.
Bundan tashqari, faoliyat turiga qarab ajratilgan bir necha birinchi darajali domen nomlari bor. .com; .gov; .mil; .net; .edu. Bu domenlardagi komp’yuterlar ixtiyoriy davlatga tegishli bo`lishi mumkin
Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning komp’yuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu
resurs sizning komp’yuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning komp’yuteringizga jo`natiladi.
Sizning komp’yuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.
Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server intarnetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi (o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.
Sizning serveringiz ko`rsatilgan server bilan bog’lanib, siz qidirayotgan resurs manzilini oladi va uni sizning komp’yuteringizga uzatadi.
Siz internetga ulanganingizda, sizning komp’yuteringizga IP manzil deb ataluvchi son beriladi. IP manzil ikki xil bo`ladi: statik va dinamik. Statik manzil
doimiy bo`lib, har gall internetga ulanilganda sizning komp’yuteringizga shu manzil beriladi. Dinamik manzil o`zgaruvchan bo`lib, har gal internetga ulanganda, u o`zgarib turadi.
Dinamik IP manzil olish uchun sizning komp’yuteringiz tarmoqqa yoki ISP ga DHCP Discover (DHCP tadqiqotchisi) xabarini jo`natadi. DHCP – Dynamic Host Configuration Protocol, ya`ni Serverning dinamik konfiguratsiyasi protokoli degan ma`noni bildiradi. Bu xabarga sizning komp’yuteringiz haqida identifikatsion ma`lumotlar shu jumladan komp’yuter nomi joylashgan bo`ladi.
Bu xabar tarmoq orqali DHCP serveriga etib boradi. DHCP serveri bo`sh IP manzillar ro`yxatidan IP manzil oladi va boshqa komp’yuterlarga bermaslik uchun vaqtinchalik band qilib qo`yadi.
DHCP serveri tarmoqqa DHCP taklifi deb ataluvchi xabarni jo`natadi. Unda sizning komp’yuteringizga taklif qilinayotgan IP manzil, hamda DHCP serverining ham manzili bo`ladi.
Sizning komp’yuteringiz DHCP taklifini olgach, band qilingan IP manzilni qabul qilish xaqida serverga DHCP qidiruvini jo`natadi. Bu paytda sizning komp’yuteringiz hali IP manzilga ega bo`lmaydi. U serverga o`zining roziligini bildiradi.
Agar tarmoqda bir necha DHCP serveri bo`lsa, ularning har biri o`z takliflari bilan chiqadilar. Sizning komp’yuteringiz bu takliflarning faqat bittasini qabul qilib, qolganlarini rad qiladi.
DHCP qidiruvi DHCP serveriga yetgach, server Sizning komp’yuteringizga DHCP paketini yuboradi va ushbu IP manzilining sizning
komp’yuteringizga ijaraga beradi. SHundan keyin Sizning komp’yuteringizning IP manzilga ega bo`ladi va internetga ulanishi mumkin.
Sizga manzil bergan va boshqa DHCP serverlar berilgan IP manzilni bo`sh manzillar ro`yxatidan chiqarib tashlaydi va Sizning komp’yuteringizning IP manzilini ro`yxatga oladi. Sizning komp’yuteringiz Internetdan uzilganda, berilgan IP manzil bekor qilinadi va bu manzil yana bo`sh manzillar ro`yxatiga kiritib qo`yiladi.