Mavzu: Internet sohasidagi Standartlar reja: Internet tarmoqlarining rivojlanish evolyutsiyasi



Download 22,47 Kb.
Sana05.06.2022
Hajmi22,47 Kb.
#638248
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Internet sohasidagi Standartlar

REJA:


  1. Internet tarmoqlarining rivojlanish evolyutsiyasi

  2. Asosiy tushuncha va atamalar

  3. Internet tarmog’i va uning tuzulishi standartlari


Internet tarmog‘ining yuzaga kelish tarixi Internet tarmog‘i XX asrning 60-70 yillarida atom yordamida urush holatida ham ishlaydigan kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil qilishga qaratilgan mudofaa loyihasidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchilar fikricha, tarmoqning eng muhim sifati – bu hujum ob’yekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona boshqaruv markaziga ega emasligidir. Dastavval iyerarxik tuzilmaga ega bo‘lgan tarmoq yaratilgan, unda bir hisoblash mashinasi ixtiyoriy boshqa hisoblash mashinasidan ustun emas va hech qaysi kompyuter tarmoqni ishlashi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etmaydi. Keyinchalik Internet tadqiqot, tijorat, vaqtichog‘lik maqsadlarida qo’llaniluvchi vositalarning amaliy natijalarini o’zida aks ettirdi. 1961 yili AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar loyihalari boshqarmasi (Defence Advanced Research Agensy – DARPA) AQSH mudofaa vazirligi topshirig‘iga asosan paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan tajribaviy tarmoq yaratish loyihasiga qo‘l urdi. Bu tarmoq ARPANET (The Advanced Research Projects Agency Network) deb atalib, turli kompyuterlar orasida barqaror aloqani ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan edi. 1972 yilda ARPANET tarmog‘ini birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi, unda R.Tompson elektron pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda ma’lumot uzatish protokoli – TCP/IP yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli kompyuterlar o’rtasida o‘zaro aloqani qanday 19 bog‘lanishini aniqlab beradigan ko‘p sonli kommunikatsiya protokollari yig‘indisidir. 1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet tarmog‘i tuzilmasi g‘oyasini ilgari surishadi va birinchi marta tarmoqqa AQSH tashqarisidan bog‘lanish amalga oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar muvaffaqiyatli ediki, juda ko‘p tashkilotlar kundalik axborot almashinuvi maqsadida bu tarmoqqa ulanishni xohlashdi. 1975 yili ARPANET tajribaviy tarmoqdan ishchi tarmoqqa aylandi. Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini AQSH Mudofaa vazirligi Aloqa boshqarmasi (Defence Communication Agency – DCA, hozirda Defence Information Systems Agency – DISA) deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi shu bilan to‘xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977 yilda birinchi 100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim etildi. 1 1983 yilda Harbiy standartlar (Military Standarts – MILSTD), ya’ni harbiy standartlar tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab chiqildi va shundan keyin hamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangi protokollarga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Ushbu yil Internet tarmog‘ining tug‘ilgan yili deb hisoblanadi. DARPA ushbu protokollarga o‘tishni yengillashtirish maqsadida Berkley Software Design firmasi rahbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD) UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shundan so’ng UNIX va TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng TCP/IP hammaga tushunarli oddiy standartga moslashtirildi va Internet atamasi keng qo‘llana boshlandi. 1983 yili ARPANET dan AQSH Mudofaa vazirligining mudofaa ma’lumotlar tarmog’i (Defence Data Network – DDN) ga taalluqli bo‘lgan MILNET ajralib chiqdi. Internet atamasi aynan MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona tarmog’i uchun qo‘llanila boshlandi. 1 Semenov Yu.A. Protokol Internet. M.: Goryachaya liniya-Telekom,2001.- 1100 s 20 1984 yilda Internetga 1000 ta hisoblash mashinasi, 1989 yilda – 100000 ta, 1992 ilda esa 1000000 ta hisoblash mashinasi ulandi. 1992 yilda Tim Bernes-Li WWW “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri” ni kashf qildi: Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet tarixida World Wide Web (WWW) yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (SERN, Jeneva) fizigi tomonidan hamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan Internet tarmog‘ida taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g‘oyasi ilgari surildi. O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan tarmoq haqida katta bilimga ega bo‘lishni talab etardi, shuning uchun axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. SERN tomonidan WWW xususiyatlari nashr etilgandan so‘ng foydalanuvchilar WWW mijozlari va serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni boshlashdi, bu esa o‘z navbatida “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni hozirgi ko‘rinishiga olib keldi. Internet tarmog‘i tarixida uchinchi muhim voqea bu Milliy kompyuter ilovalari markazi (NCSA – National Center for Supercomputing Applications) dasturchilar guruhi tomonidan birinchi MOSAIC brauzer-dasturini ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu esa Internet tarmog‘idan barcha istaganlar foydalanishi imkonini berdi. MOSAIC brauzeri foydalanuvchilarga “sichqoncha” tugmasidan osongina foydalangan holda axborotlarni qabul qilish va taqdim etish imkonini berdi. Dasturlarni o‘zaro almashtirish va fayllarga o‘zgartirish haqida o‘ylash zaruriyati qolmadi. Brauzer dasturi hujjatlar, grafikalar, rasmlar va ovozlarni avtomatik tarzda qayta ishlab, WWW da oson ishlashni ta’minlaydi. Asosan qiyin topiladigan resursli matn ko‘rinishidagi tarmoqdan rang-barang va turli axborotni oson olish manbasiga aylandi – oddiy matndan videotasvirgacha o‘zgardi. 1991 yili ARPANET o‘z faoliyatini tugatdi: Internet tarmog‘i dastlab u yaratilgan davrdagi hajmidan ancha oshdi, endi Internet butun dunyo tarmoqlarini birlashtirgan yagona axborot makoniga aylanib bordi. ARPANET tarmog‘i boshlang‘ich davrida atigi 4 ta katta EHM dan tashkil topgan bo’lsa, 1995 yilga kelib 4,5 million faol kompyuterlarni birlashtirdi. Foydalanuvchilarning asosiy 21 o‘sish sur’ati kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanayotgan va kompyuterlar imkoniyatlari kengayotgan paytga – XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi. ARPANET/Internet tarmog‘ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo-sotiq, bank operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” konsertlar uchun qo‘llanila boshlandi. 1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet tarmog‘iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish huquqini) taqdim etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brauzer dasturi yaratildi va keng miqyosda qo‘llanila boshlandi. 1990 yillar o‘rtalarigacha Internet tarmog‘idan nisbatan tor doiradagi akademik uyushmalar foydalana olar edi. Hozirgi vaqtda esa Internetga ulangan o‘nlab million kompyuterlarda ulkan hajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab fayllar, hujjatlar va boshq.) va yuz millionlab odamlar global tarmoqning axborot xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Internetning asosini tarmoqqa doimiy ulangan yuz milliondan ortiq serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga lokal tarmoqlar yoki telefon liniyalari orqali yuz millionlab foydalanuvchilar ulana olishadi. Har bir lokal yoki korporativ tarmoqda odatda yuqori o‘tkazish qobilitiga ega liniyalar orqali Internet tarmog‘iga doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta kompyuter mavjud bo‘ladi. 1.2. Internet tarmog’i bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar Internet – Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka bog‘lovchi butun dunyo kompyuter tarmog‘idir: – stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA (personal digital assistant), televizorlar, mobil kompyuterlar – xost tizimlar yoki oxirgi tizimlar; – ishchi stansiya – kompyuter tarmog‘ining abonenti bevosita ishlaydigan kompyuterdir; 22 – server – bu kompyuter tarmog‘ining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuterdir; – IP adres – Internet yoki lokal tarmoqqa ulangan qurilmaning unikal identifikatori; – xost – bu IP-adresga ega, Internet tarmog‘iga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter bo‘lib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qo‘llabquvvatlovchi bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xost kommunikatsiya tarmog‘ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi. Xost tizimlar orasida bog‘lanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar – marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar to‘plami yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator o‘zining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasini qabul qiladi va uni o‘zining chiqish aloqa kanallaridan biriga yo‘naltiradi. Paketlar – uzatilayotgan ma’lumotlar porsiyasi. Paket o‘tadigan aloqa kanallari va marshrutizatorlar ketma-ketligi – marshrut yoki paketning tarmoqdagi yo‘lidir. Paketning yo‘li avvaldan ma’lum emas va u bevosita uzatish jarayonida aniqlanadi. Oxirgi qurilmalarni Internetga kirishi Internet xizmatlarini yetkazib beruvchilar yoki Internet provayderlar orqali amalga oshiriladi. Internetprovayderlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: – marshrutizatorlar va aloqa liniyalari tarmog‘ini taqdim etadi va oxirgi qurilmalarni tarmoqqa turli usulda ulanish imkoniyatlarini taklif etadi, masalan, Dial-Up, raqamli AL yordamida keng polosali ulanish, lokal tarmoq orqali yuqori tezlikli kirish, simsiz kirish; – Web-saytlar tarmog‘iga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ulanish. Mahalliy Internet provayderlar milliy va xalqaro zvenolar provayderlariga ulanishadi.2 2 James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6th Edition// 2013 by Pearson Education 23 1.1-rasm. Internet-provayderlarning strukturasi Magistral operatorlari ulkan territoriyalarda (mamlakat, kontinent) magistral aloqa kanallariga ega bo‘lishadi. Regional operatorlar bitta regionda (viloyat, o‘lka, shtat) xizmatlarni taqdim etadi. Lokal operatorlar shahar chegarasida xizmatlarni taqdim etadi. Har bir Internet provayder ma’muriy birlik bo‘lib, IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlarni uzatadi va Internetda qabul qilingan ismlar va adreslar bo‘yicha kelishuvlarga rioya qiladi. Xostlar, marshrutizatorlar va Internetning boshqa komponentlari tarmoq ichida axborotni qabul qilish va uzatishni boshqarish uchun protokollardan foydalanadi. Protokol – tarmoqda axborotni uzatishning butun qonun-qoidalari to‘plamidir. Apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol – xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. Internet tarmog‘i turli qoidalar (protokollar) bo‘yicha ishlaydigan tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus kompyuterlar) qo‘llaniladi. Internet tarmog‘ida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP) ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha fizik jo‘natilishiga javob beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob 24 beradi (masalan, HTTP – gipermatnli xabarlarni uzatish protokoli, FTP – fayllarni uzatish protokoli). TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja (sath) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz sathida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16 bitli kattalikdir. Umum ma’lum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda ishlatiladi. Ular 0 dan 1 023 gacha diapazondagi sonlar bilan raqamlanadi. Misol uchun, port 25 – SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 – HTTP protokoli. 1.2-rasm. O‘rnashgan joy va funksiyalar. Brauzer (browser) – (ingl. tilidan To Browse – ko‘rib chiqish, sahifalash) Internet sahifalarini ko‘rish uchun maxsus dastur. 25 1.3-rasm. Brauzerda web-sahifa ochilishi (browser)ga misol. Internetda Web-hujjatning har birida (va har bir ob’yektda) o‘zining murakkab adresi mavjud – u resursni ko‘rsatuvchi URL (Uniformed Resource Locator) deyiladi yoki qisqacha URL-adres deb ataladi. 1.4-rasm. URL-adres strukturasi. Uznet (Uznet=uz+net) — Internet tarmog‘ining O‘zbekistondagi qismi. Uznetda rus tili keng tarqalgan, bu Uznetni Runetga “qisman kiritish” imkonini beradi. O‘zbek tilidagi saytlar orasida O‘zbekiston Vikipediyasi mavjud. Ko‘p hollarda Uznet deyilganda Tas-IX trafikni almashtirish tarmog‘i tushuniladi, 26 chunki Tas-IX ichidagi resursga kira oladigan ko‘pchilik provayderlar abonentlari uchun u tekindir. .uz domen zonasi 1995 yil 29 aprelda ro’yxatdan o‘tdi va 2001 yil oxiriga qadar erkin foydalanishda bo‘ldi. Bu vaqtda domen zonasini ma’muriyatlash huquqi nemis kompaniyasi Euracom Equipment GmBH ixtiyoriga o‘tdi, uning O‘zbekistondagi vakili Tomas kompaniyasidir. 2002 yil dekabrida .uz domen zonasiga huquq O‘zAAA (Aloqa va axborotlashtirish agentligi, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) tizimiga kiruvchi UZINFOCOM markaziga berildi, bu markaz hozirgi vaqtgacha bu huquqqa ega. 2010 yil fevralida10 000 domen ro‘yxatga olingan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017 yil mart oyida 31500 dan oshdi. 1.3. MDH davlatlarida internet tarmog’ining holati 1990 yili fizik-olimlar va dasturchilarni birlashtirgan I.V. Kurchatov nomidagi atom energiyasi institutining hamda Avtoprom vazirligining professional ilmiy tarmog‘i Internet tarmog‘iga ulandi va zamonaviy Rossiya tarmoqlari rivojiga zamin yaratdi. 1990 yilda InterNIC Xalqaro axborot markazi ma’lumotlar bazasida birinchi darajadagi .su domeni ro‘yxatga olindi. Buning natijasida Sovet Ittifoqi butun dunyo internet foydalanuvchilariga ko‘rina boshladi. Rossiya Federatsiyasi Internet tarmog‘iga 1993 yilda ulandi. 1994 yilda InterNIC da .ru rus domeni ro‘yxatga olindi. Hisob kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 2007 yilda 1 million atrofida bo‘lgan, 2009 yilda 2,1 million, 2011 yilda 7,5 million. 2016 yilda esa axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Internet foydalanuvchilari soni 13 milliondan oshib ketgan. 27 2-BOB. INTERNET TARMOG‘INING TUZILISH PRINSIPLARI. TARMOQ KOMPONENTLARI. STANDARTLARI 2.1. Internet tarmog‘ining vazifasi va tuzilishi Interet nima o`zi? Bu savolga ikki xil yo`l bilan javob berish mumkin. Birinchidan, biz internetning asosiy tushunchalarini tariflashimiz lozim. Bu interetni yaratadigan qurilma va dasturiy ta’minot komponentlarining asosidir. Ikkinchidan, murojatlarni taqsimlash hizmatlarini ta`minlaydigan tarmog`ning infrastrukturasini asosli ravishda tariflash kerak. Keling, muhokamizning asosi sifatida 2.1-rasmni misol tariqasida keltiramiz. Internet (ingl. Internet = internet work) – tarkibiy tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan umumtarmoqdir: – lokal – Lokal Area Networks (LAN) – katta bo‘lmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq bo‘lmagan) kompyuter tarmoqlari; – shahar (yoki megapolislar tarmog‘i) – Metropolitan Area Networks (MAN) – yirik shaharlar, megapolislar hududlariga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan tarmoqlar. – global – Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq; Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar quyi tarmoqlar (subnet), tashkil etuvchi tarmoqlar birlamchi (yoki oddiygina) tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar bo‘lishi mumkin. Bitta quyi tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona bo‘lgan texnologiyadan foydalanib o‘zaro harakatda bo‘lishadi.3 3 James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6th Edition// 2013 by Pearson Education 28 2.1-rasm. Internet tarmog‘ining tarkibiy qismlari 2.2. Internet tarmog’ini tashkil etuvchi komponentlar Internet tarmog‘ining tuzilishi. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: texnik; 29 dasturiy; axborot. Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik, rasm, audio, yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan umumiy resurslardir. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, birinchisi axborot makoni bo‘lsa, ikkinchisi kommunikatsiya vositasidir. 2.3. Internet sohasidagi standartlar Amaliyotda istalgan ob’yekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif qilishi uchun Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi hech qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog‘i ishlashini tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum bir fundamental prinsiplarni o‘rnatuvchi va tarmoq ishlashini boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. O‘z falsafasi bo‘yicha Internet tarmog‘i avtonomdir. Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni ma’muriylashtirish va qo‘llab-quvvatlashda bo‘yicha turli funksional vazifalarni bajaradilar. Bunday tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib o‘tish lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, IRTF, ICANN va The Internet Society (ISOC sifatida ma’lum bo‘lgan, Internet jamiyati). Kompyuter himoyasi buzilishiga e’tibor beradigan guruh (Computer Emergency Response Team, CERT) - Karnegi-Mellona Universitetining ekspertlar 30 guruhi, ular Internet tarmog‘ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan bog‘liq masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA tomonida o‘zo‘zidan ko‘payuvchi virusli dasturlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir qator insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi. Internet arxitekturasi bo‘yicha Kengash (Internet Architecture Board, IAB), dastlab Internet tarmog‘ining koordinatsion Kengashi – tarkibi 12 ekspertdan iborat ko‘ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam berish uchun o‘zlarining kompaniyalari-homiylari resurslaridan foydalanishadi. IAB ikkita muammoli (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. Natijada bu tashkilotlar texnik siyosat va ishchi yo‘nalishni ishlab chiqaradi. Internetning injenerlik muammolari guruhi (Internet Engineering Task Force, IETF) ustuvorliklarni aniqlaydi, o‘rnatadi va qisqa muddatli masalalar va muammolar, jumladan, protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo‘yicha yechimlar ishlab chiqadi. Taklif etilgan standartlar Internetda so‘rovlar, kommentariyalar va takliflar (RFC) ko‘rinishida e’lon qilinadi. Standartning oxirgi versiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng u tasdiqlash uchun Internet injenerlarini boshqarish guruhi (Internet Engineering Steering Group, IESG) ga kelib tushadi. Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi (Internet Research Task Force, IRTF) uzoq muddatli masalalar, jumladan adreslash sxemalari va texnologiyalari bilan shug‘ullanadi. Ismlar va nomerlarni berish bo‘yicha Internet korporatsiyasi (The Internet Corporation for Assigned Names and Numbers, ICANN) 1999 yilda tashkil etilgan notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy ma’lum bo‘lgan nomerlarini taqsimlash, IP-adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish bo‘yicha IANA federal organining vakolatlarini o‘ziga olish uchun tashkil etildi. Portlar nomerlari 0 dan 65536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil etadi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlar 0 dan 1023 gacha diapazon ichidagi raqamlar bilan nomerlanadi va tizimli jarayonlar yoki amaliy dasturlarda foydalaniladi. Umumiy ma’lum bo‘lgan portlarga quyidagi misollarni ko‘rsatish mumkin: 31 – SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokoli), protokol uchun 25 port; – HTTP (Gipermatnlarni uzatish transport protokoli) protokol uchun 80 port; – Telnet (Masofadan boshqarish xizmati) protokoli uchun 107 port. TCP/IP protokoli bazasidagi Internet mijoz/server muhitida, server amaliy daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida bajariladi. Shuningdek ICANN kompyuterlarni Internetga joylashtirishni hohlagan tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi. Internet jamiyati (Internet Society, ISOC) – ko‘ngilli tashkilotdir, u Internetni ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. Internet jamiyati standartlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini rasmiy holda IESG ga bergan.
Download 22,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish