Interfeys yaratish bosqichlari nimalardan iborat?
Interfeysni ishlab chiqishda 3 asosiy bosqichlarni takidlash joiz. Bular – dastlabki loyihalash, prototipni yaratish va uni testlash va modifikatsiyalashdir. Ishlab chiqish jarayoni muvaffaqiyatli va aniq bo‘lishi uchun u bunday tartibda baralishi lozim: loyihalash, so‘ng prototipni hosil qilish, va qoniqarli natijaga erishilmaguncha uni testlash va o‘zgartirishlar kiritish. YA’ni asosiy bosqich bu shunchaki loyihalash emas, balki tayyorlangan dizaynni tayyor holatga olib kelish. Ba’zida puxta loyihalash oqibatida ortiqcha testlash ishlaridan qutilish mumkin, ammo bunda loyihalash jarayoni ko‘p vaqt talab qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |