k L Intellektual mulk egalari huquqi himoyasizligi ilmiy texnika taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazadi Intellektual mulkning huquqiy asoslari fuqarolik kodeksida mustahkamlangan. Ya’ni, kodeksning 19-65-boblarida ixtiro, foydali model, sanoat namunalariga bo‘lgan huquq, o‘simliklar yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish, fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalarini muhofaza qilish belgilangan. Intellektual mulk huquqi Bu - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk ob’yektlaridan o‘z xohishiga ko‘ra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Intellektual mulk sohasiga ilk qadam - O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga 1991 yildan a’zo bo’lib kirgan hamda sohaga oid 18 ta shartnomani ratifikatsiya qilgan.
- Maʼlumki, intellektual mulk insonning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan adabiy, badiiy, sanʼat asarlari va sanoat namunasidir. Ijodiy faoliyat, oʼz navbatida, inson tafakkuri mahsuli hisoblanadi. Shu bois intellektual faoliyat ishtirokchilari – mualliflar fuqarolik-huquqiy munosabatlarning eng faol subʼektlaridir.
- Respublikamizda intellektual mulk huquqini himoya qilish tizimining yaratilishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
- Birinchi bosqich 1991-1995 yillarga toʼgʼri kelib, bu davr jahon patent tizimi tajribasini oʼrganish, sohaga oid ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼlish, milliy qonunchilik asoslarini yaratish, davlatning vakolatli organi toʼlaqonli shakllanish yillari boʼldi.
- Ikkinchi bosqich 1996-2002 yillarga toʼgʼri keladi. Bu davrda intellektual mulk boyliklarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi. Jumladan, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʼgʼrisida», «Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida», «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʼgʼrisida», «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʼgʼrisida», «Selektsiya yutuqlari toʼgʼrisida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
- Prezidentimizning 2019 yil 8 fevraldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tizimiga oʼtkazilib, yangi vazifalar belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |