Venchurli moliyalashtirish
– bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunday
venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori
daromadli loyihalarni realizatsiyasi bo’yicha hamkorlik qiladilar. Venchurli
moliyalashtirishning ob’ekti bo’lib sinalmagan g’oya – venchur loyiha hisoblanadi.
Shuningdek, “venchur” termini yangi texnologiyani barpo etish bilan bog’liq
loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi.
Venchur
loyihalarini
moliyalashtirishning
asosiy
afzalligi
o’rtacha
8
daromadlilik darajasining yuqoriligi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha
ko’riladigan daromaddan 2-3 barobar ko’p miqdorni tashkil etadi.
Venchur loyihasini amalga oshirishda kamida uchta bosqichda kapitalga
ehtiyoj seziladi:
1) dastlabki bosqich – tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari,
marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi
tadbirlari uchun;
2) o’rta bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, mahsulot namunalarini ishlab
chiqishdan normal ishlab chiqarish va iste’mol faoliyatiga o’tish uchun;
3) oxirgi bosqich – muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo’lib, korxona
aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro’y beradi va ishlab
chiqarish ko’rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag’ talab qilinadi.
Venchur fondi o’z kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga
joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir. Venchur
kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan
shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob
qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan
tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini
belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya
risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-
tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.
Venchurli investitsiyalar, o’zlarining risklarini oldini olish yoki pasaytirish
imkoniyatlari ehtimoli yuqori emasligi bilan farqlanadi.
Jahon tajribasi
tasdiqlashicha, venchurli moliyalashtirish iqtisodiyotni texnik jihatdan progressiv
tarmoqlariga taalluqlidir. Riskli moliyalashtirishga mansub bo’lgan mablag’lar
ixtisoslashgan institutlar tomonidan jamlanadi va o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan
hamda tezda qoplanadigan loyihalarga qaratiladi. Odatda bunday investitsiyalar
katta bo’lmagan, ishlab chiqarishni printsipial yangi turlarini o’zlashtirilishi
hisobiga foyda normasi o’rtachadan yuqori darajada ta’minlanishi kutilayotgan
9
sohadagi firmaga beriladi. Bunda, odatda kapital qo’yilmalar firma mijozini
aktsiyalarini bir qismini xarid qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, yoki ssuda berish
yo’li orqali, shu jumladan firma-mijoz konversiya huquqi bilan beriladi. Risk
yuqori bo’lgan kapital qo’lga kirituvchi firma rahbarligi o’zining hatti-harakati
ancha erkinligi bilan tavsiflanadilar.
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr
50 yillari o’rtalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada
paydo bo’ldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va
o’rta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari ma’lum edi:
- bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar.
Amerikaliklar va inglizlar ularni “biznes angellari” deb atashar edi. O’z ishini
boshlovchi tadbirkor “gard kam” tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yo’lga
qo’yar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablag’ni o’z qarindosh urug’laridan,
do’stlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga
qo’yib, faqat yutuqqa tayangan holda, o’z kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga
qo’l uradi.
Venchur kapitali paydo bo’lishiga qadar Evropada xususiy tadbirkorlar
aktsioner kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmaganlar. Faqat 80
yillarning o’rtalariga kelib evropalik mablag’ tikuvchilar ularga an’anaviy bo’lib
qolgan, oldindan miqdori aniq bo’lgan aktivlarga mablag’ safarbar etmasdan,
aktsiyalarga investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan.
Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni ko’pgina tushunchalari ma’lum,
lekin ularning barchasini ma’nosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u o’z
funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qo’lga kiritish yoki
aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yo’li bilan aniq biznesni o’sishiga
pul mablag’larini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan
dalolat beradi. Bunda kapital tikuvchining ma’lumoti cheklanadi va kapital
kirituvchi faqat investitsiya manbasini ta’minlovchisi hisoblanadi.
Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi “venchur kapitali”,
“venchur biznesi” tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab
10
chiqarish, texnologik, axborot va tashkiliy
xarakterga ega bo’lgan yangi
ishlanmalarni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan mualliflar faoliyati venchurli
investitsiya munosabatlarini tashkil etadi.
3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida.
Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh
kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy
bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida,
hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va
harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor
har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun
ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini
qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li
bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati
doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib
chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega
bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20
foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar.
Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’
mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning
mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos
faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga
ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida
tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik;
ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik;
tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy
ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini
11
ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik;
uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida
tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida
buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli
nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni
fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik
ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi.
D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor
xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak,
tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni
tadbiq
etmoqlik,
tashabbuskorlik
negizida
tadbirkorlik,
uddaburonlik,
intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik
faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir.
XULOSA
Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo’lmaydi, ushbu jihatdan
tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti
novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda,
ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga
erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish
tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo’lgan yutuqlarni va yuqori daromadni
ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol
rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:
-mahsulot innovatsiyasi;
-texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
-ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini
12
yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash
jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida
yaxshilash jarayonini namoyon etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh
bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar
yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni
tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.
Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo’lga qo’yishga,
muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini
joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o’z taraqqiyotiga erishadi va
yuksalib boradi, chunki u bunda bozor talablarini qondira oladi, natijalarga erisha
oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.X. Nabiyev, A.H. Ayubjonov, S.N. Sayfullaev. Iqtisodiy statistika. Darslik. –
T.: TDIU, 2011. – 324 bet.
2.Кругман П. Международная экономика. 5-е изд. – СПб.:Питер. 2004. -
831
3.Кудров В.М. Мировая экономика. – М.: Дело 2008. - 528 б.
4.S.Xamdamova., M.O‘sarov., B.Mutalieva. Oilaviy tadbirkorlikka qadam.
Jizzax, “Sangzor”: 2012
5. M., Qosimova M. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” Iqtisod. 2011.
6.Xodiеv B.Y., Qosimova M.S. Samadov A.N. Kichik biznеs va xususiy
tadbirkorlik. T.: 2010 .
7.Ismailov O.Sh. “O‘zbеkiston Rеspublikasida kichik biznеs va xususiy
tadbirkorlikni rivojlanish istiqbollari” T «FAN» 2007.
8.G’ulomo. S.S. “Tadbirkorlik va kichik biznеs» T., “O‘zbеkiston”, 2002 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |