Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Qisqa muddat oralig'ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko'tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to'laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim.
Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, joriy iqtisodiy siyosat bo'yicha
yuqorida ko'rib o'tilgan masalalarni hal qilinishi bo'yicha qo'shimcha choratadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bular orasida birinchi o'rinda amalga
oshirilishi lozim bo'lgan choralarga quyidagilarni kiritish mumkin:
— iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlanishini jadallashtirish, uning tarkibini
yaxshilash, tranzaksion xarajatlarni kamaytirish, moddiy va moli- yaviy resurslarni
taqsimlash va foydalanish samaradorligini oshirish, iqti- sodiy o'sishning ichki
manbalarini faollashtirish uchun boshqa zaminlar- ni yaratishni ko'zda tutuvchi
iqtisodiy rivojlanishning yangi, kapital sig'imi kam bo'lgan manbalar va omillarga
tayanishda sarmoyador va tadbirkor- larni rag'batlantiruvchi makroiqtisodiy
sharoitlarni yaratish;
— o'sishni tarkibiy va sifat omillarini faollashtirishning milliy dasturini ilmiyuslubiy jihatdan asoslash, milliy hisoblar tizimiga asoslangan «xara- jatlar — ishlab chiqarish» yillik hisobot jadvallari tizimini shakllantirish va undan foydalanish bo'yicha ishlarni jadallashtirish lozim. Dunyoning ilg'or rivojlanayotgan davlatlari va o'tish davri iqtisodiyotini o'tayotgan mam- lakatlar tajribasi va birinchi navbatda hamdo'stlik mamlakatlari tajribasi bundan dalolat beradi.
Respublikaning investitsiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondoshuvlar bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo'ljallab ishlab chiqish nazarda tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshootni foydalanishga
topshirgunga qadar bo'lgan jarayonni e'tiborga olish, qurilishni uning real
moliyalash manbalari bilan to'liqroq bog'lash imkoniyatini yaratadi, bu esa investitsiya loyihalarini ro'yobga chiqarish samaradorligini oshirishga
ko'maklashadi.
Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to'g'ri ishlab chiqarishga va uning rivojlanish taraqqiyotiga bog'liq bo'lgan yangiliklar hamohangligini aniq- laydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba'zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo'lgan texnologiyalar hayotini o'zgartirishga imkon beradi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko'ra, yangi tashkiliy firmalar
(innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, investitsion fondlar
va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishga
imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir.
2014 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori
texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati
milliard 200 million dollarga teng bo’lgan 154 ta yirik ob’ekt foydalanishga
topshirildi.
Biroq, bugungi tezkor o’zgarish va yangilanishlar davrida mazkur yutuqlar
bilan cheklanib qolmasdan, yangidan-yangi, bugungi hayotimiz talabiga
asoslangan innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini
yanada jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu masalalar yuzasidan
Kurs ishilar olib borish va ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalarni ishlab chiqishning
zarurligi mazkur Kurs ishi ishi mavzusining dolzarbligini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |