Kamchiliklari: 1) guruhda ishlash tajribali ishchilar vaqtining katta qismini egallaydi; 2) guruhning barcha a’zolari qatnashishini talab qilmaydigan muammolarni ko‘rib chiqishda ishchilarning vaqtidan har doim ham samarali foydalanib bo‘lmaydi.
Maqsadli guruhlar Darhol hal qilinishi talab qilinadigan jiddiy muammo yuzaga kelganda yuqori pog‘ona rahbariyati tomonidan maqsadli guruhlartuziladi, chunki bunday muammo tashkilotning faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilishi, korxonaning yoki yirik ishlab chiqarish liniyasining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. YUzaga kelgan muammoli vaziyatni o‘rganish va bartaraf qilish uchun guruhga yuqori malakali mutaxassislar kiritiladi. Qoida tariqasida, maqsadli guruh a’zolarining majburiyatlarini bajarish uchun ular asosiy ishidan vaqtinchalik ozod qilinadi.
Maqsadli guruh muammoni yakuniy hal qilish rejasining ishlab chiqilishi va o‘z qarorining zudlik bilan amalga oshirilishiga javob beradi. YUqori bo‘g‘in rahbariyatiga ishlarning borishi haqida kunlik hisobotlar va oshkora muhokama qilish uchun muammoning echimlari taqdim etiladi.
Afzalliklari: 1) yuqori malakali mutaxassislar tomonidan muayyan muammoning o‘rganilishi; 2) maqsadli guruh a’zolarining boshqa majburiyatlardan ozod qilinishi; 3) muammoning tezkorlik bilan hal qilinishi; 4) maqsadli guruh a’zolarining firma ishchilari bilan mustahkam hamkorligi.
Kamchiliklari: 1) yuqori darajada zo‘riqishli ish tartibi; 2) yakuniy qarorni maqsadli guruhning a’zolari amalga oshirmaydilar.
Guruhlarning faoliyati Mezonlar tizimi. Ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash va erishilgan natijalarni baholashning mezonlar tizimini ishlab chiqish guruhlar faoliyatining asosida yotadi. Sifatning yuqoriligi iste’molchilar talablarining qondirilish darajasi bilan aniqlanadi. Tashkilotning ishchilari o‘zlarining mehnatini mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar bilan bog‘lashlari va bu talablarning miqdoriy baholarini yozma shaklda rasmiylashtirish lozim. Baholashning miqdor ko‘rsatkichlari har bir bo‘linma va o‘rta, yuqori pog‘onadagi har bir rahbar uchun o‘rnatilishi kerak.
Faoliyatning ko‘p turlari ikki asosiy mezon - unumdorlik va sifat bo‘yicha baholanadi. Unumdorlik, qoidadagidek, jami qo‘shimcha qiymatni umumiy harajatlarga bo‘lib hisoblanadi. Bo‘linma foizining yuqori ko‘rsatkichga egaligi mahsulotning sifatililigini tasdiqlaydi. Unumdorlik va sifat ko‘rsatkichlarini bir vaqtda yaxshilaganda yoki ulardan birini yaxshilab, ikkinchisi o‘zgarishsiz qolganda haqiqiy takomillashuv haqida gapirish mumkin.
Guruhlarning a’zolarini o‘qitish.
Guruhning faol a’zolarining xususiyatlari:
Ular butun guruh ishining mazmunini bilishni istaydilar, guruhning atrofida sodir bo‘layotgan hodisalarga bafarq qaramaydilar, ular boshqalarga yordamini ayamaydilar.
Ular guruh bo‘lib birgalikda ishlashni va o‘zlarining mehnati korxonaga qanday foyda keltirishini bilishni xohlaydilar.
Ular guruh ishining maqsadlarini belgilash va ularga erishish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etishni xohlaydilar.
Ular guruhning qolgan a’zolariga xurmat va ishonch bilan munosabatda bo‘ladilar.
Qarorlarni qabul qilishda qatnashadilar.
Ular hamma bilan muvaffaqiyat va omadsizlikni baham ko‘rishga tayyorlar.
Xodimlarni jamoadagi ish tamoyillariga o‘qitishda jamoa a’zolari orasida o‘zaro ta’sirning va o‘zaro xurmatning ahamiyatini baholamaslikning iloji yo‘q. Agar ularni hamkorlik ruhida tayyorlab bo‘lmasa, u holda o‘qitish jarayonining korxona uchun ahamiyati qolmaydi.
Hamma to‘rt turdagi guruhlarda qo‘llaniladigan muammolarni hal qilish usullari bir - biridan juda katta farq qilmaydi. Muammolarning jiddiyligi va shunga ko‘ra qo‘llanadigan usullarning murakkabligida farq bo‘lishi mumkin, lekin asosiy yondashuv o‘zgarmaydi. SHuning uchun, o‘qitishga va kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talablarni guruhlarning barcha turlari uchun ko‘rib chiqamiz.
Guruhiy o‘qitish quyidagi masalalarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Guruhning a’zolari unda o‘zining vazifasini bilishi kerak. Buning uchun odatda asosiy qoidalar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan soatlik mashg‘ulot ajratiladi. Guruh rahbari qisqa muddatli maxsus dastur bo‘yicha o‘qitishdan o‘tib, guruhlarni shakllantirish va rivojlanish masalalari bilan tanishib chiqishi kerak.