Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlashda interv'yu metodidan foydalanish



Download 33,8 Kb.
bet5/6
Sana13.06.2022
Hajmi33,8 Kb.
#664186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7FB39KkZnLP76hKEZCbDZKpTPv1kvznyYdSoqZLa

Tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar bilan ishlashda interv'yu metodidan foydalanish.
1. Sinf rahbari bilan suhbat
– Tarbiyasi qiyin bo‘lishning sabablari?
– Uydagi va maktabdagi intizomi.
– O‘zlashtirishi
– Tarbiyaning asosiy qiyin tomonlari va ko‘rilgan choralar.
– Oilaviy sharoiti
2. Tarbiyasi qiyin o‘quvchi bilan suhbat.
– Maktabni tugallagach qaysi kasbni egallamoqchisan?
– Qaysi fanlar senga ko‘proq yoqadi?
– Qanday kitoblar o‘qishga qiziqasan?
– Do‘stlaring kimlar va ular haqida qanday fikrdasan?
– O‘zingning hulqing va o‘qishingdan qoniqasanmi?
– Jamoat ishlarida qatnashasanmi?
– Sen yoqtirgan mashg‘ulot (uyda v maktabda)?
– Hayotda eng zarur va qiziqarli narsa nima deb hisoblaysan?
– Ota-onangga munosabating qanday va nima uchun?
– Kattalarga munosabating?
3. Fan o‘qituvchilari bilan suhbat.
– Sizning darsingizda o‘quvchining xulqi va o‘zlashtirishi qanday?
– O‘quvchi tartibsizligining eng yomon tomoni va sizning maslahatingiz?
– Uning o‘qish va ishdagi qobiliyati, imkoniyati qanday?
4. Do‘stlari bilan suhbat.
– Qachondan beri do‘stsizlar?
– Sizlar yoqtirgan mashg‘ulot va ishlar?
– Do‘stingning nimasi senga yoqadi?
– Do‘stingning qaysi tomoni yoqmaydi va nima uchun?
– Unga qanday yordam qilasan?
– Sizlarning kelajak rejalaringiz?
5. Ota-onalari bilan suhbat.
– Farzandingizning o‘qishi va xulqidan qoniqasizmi?
– Uning o‘qishi va xulqidagi qaysi tomonlar sizni bezovta qiladi?
– Siz unga qanday yordam berasiz?
– Uning kun tartibi qanday?
– Uyda nimalar bilan shug‘ullanadi?
– Uy ishlarida sizga yordamlashadimi?
– Kelajakda qanday kasb tanlashini maslahat berasiz?
6. Sinf sardori bilan suhbat.
– Sinfdoshing haqida qanday fikrdasan?
– Uning xulqida qanday nuqsonlar bor?
– Sinfdoshlarga munosabati qanday?
– Jamoat ishlarida qatnashadimi?
– Sinfdoshlari tomonidan uning namunali o‘quvchi bo‘lishiga qanday yordam ko‘rsatildi?
7. Xulosa
– Tarbiyasi qiyin o‘quvchiga tavsifnoma
– Uni tarbiyalash yuzasidan oila, maktab va sinfdoshlarining imkoniyatlari va bahosi.
– Tarbiyasi qiyin o‘quvchilar bilan yakka va guruhli tartibda ishlash uchun reja va dastur.
Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishi va qonunbuzarliklarning oldini olishda quyidagilarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir:
– xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsida asosiallik, ruhiy beqarorlik, o‘zgaruvchanlik, affektga moyillik kabi xususiyatlarning yaqqol ifodalanganligidan kelib chiqib, ular yashayotgan oila va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash natija beradi;
– voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi xulq og‘ishining kelib chiqishi asosiy sabablari sifatida bolalar va o‘smirlar faoliyatini nazorat qilmaslik, oilada bola tarbiyasiga e'tiborning susayishi kabilar namoyon bo‘lganligidan kelib chiqib, oilada va oiladan tashqarida bolalar va o‘smirlar faoliyatini, bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanayotganligini nazorat qilish va oilada bola tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir;
– kriminogen xulqli oilalarni aniqlash, ularda tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlar ahvolidan xabardor bo‘lib turish;
– moddiy maishiy sharoitning yetarli emasligi voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta'sir etishligini hisobga olib, bunday oilalarga mahalliy hokimiyat, ijtimoiy ta'minot va xayriya jamg‘armalari tomonidan moddiy yordamlar berib turishni tashkil etish;
– ota-onalar, katta yoshdagi kishilar va o‘qituvchilar tomonidan bolalar va o‘smirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan qattiqqo‘l, qo‘pol va adolatsiz munosabatlarga barham berish;
– voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishi ko‘pincha ota-onalar, o‘qituvchilarning bolalar va o‘smirlar psixologiyasini bilmasdan turib munosabatda bo‘lishliklari natijasida kelib chiqayotganligini hisobga olib ota-onalar va o‘qituvchilarning psixologik bilimlarni oshirish tadbirlarini belgilash;
– voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining oldini olishda bolalar va o‘smirlarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish.

Demak, o‘quvchi shaxsini individual psixologik xususiyatlarini har tomonlama mukammal tahlil qilish ularni o‘qitish va tarbiyalash samaradorligining muhim shartlaridan biridir. Tarbiyaning salbiy omillar va sharoitlari eng yoqimsiz tarzda, umuman o‘sib kelayotgan shaxsning, avvalo, uning butun ahloqiy-irodaviy xususiyatlarining shakllanishiga ta'sir etadi. O‘quvchining ahloqiy rivojlanishi asosan uning tevarak-atrofdagi kishilarga va atrofdagilarning unga bo‘lgan o‘zaro munosabati va o‘zaro ta'sir xususiyatlari bilan bog‘liq ekan, o‘qituvchilardan pedagogik jihatdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va tarbiyasi qiyin, huquqbuzarlik va giyohvandlikka moyilligi bor, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini bilishlari, amaliyotchi psixologlardan esa mavjud holatlarning oldini olish va barataraf etish usullaridan samarali foydalanishlari talab etiladi.



Download 33,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish