Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari



Download 33,8 Kb.
bet2/6
Sana13.06.2022
Hajmi33,8 Kb.
#664186
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7FB39KkZnLP76hKEZCbDZKpTPv1kvznyYdSoqZLa

Imkoniyati cheklangan bolalarga (IChB) ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan tadbirlar.

Umumta’lim maktablarda joriy etilgan inklyuziv ta’limda yuqorida aytib o‘tilgandek, tayyorgarlikdan o‘tgan tajribali va malakali o‘qituvchilar talab qilinadi. Mana shu maqsad uchun turli ehtiyojlarga ega bolalarni o‘z ichiga oluvchi tayyorlov dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Shunday bo‘lsa-da, tayyorlov juda maxsuslashtirilgan bo‘lmasligi lozim. Inklyuziv ta’limda o‘zlashtirishda qiyinchiliklari bo‘lgan bolalar mutaxassislardan ko‘ra, umumiy ish ko‘ruvchi xodimlarga muhtojdir. Ko‘p tomonlama alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan turli muammolari bor bo‘lgan bolalar bilan ishlovchi o‘qituvchilarni tayyorlovchi kategoriyalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. O‘quvchilarni o‘qishga da'vat etish uchun o‘qituvchi muhim strategiyani ishlab chiqishi zarur. Ushbu strategiyaga asosan o‘quvchilarning inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali maxsus dasturlar asosida reja ishlab chikish, samarali metodikani yaratish, zarur manbalarni to‘g‘ri taqsimlash asosida erishiladi.
Yoshlarni zamonga mos intellektual inson bo‘lib tarbiyalanishida Sharq allomalari va mutafakkirlarining qoldirgan meroslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari, Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib va boshqalar yaratgan asarlarida yoshlar tarbiyasiga doir qarashlarni keltirib o‘tganlar, ular yaratgan manbalardan davrlar kesimida ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish muhimdir. Sharq allomalari va mutafakkirlarining bola ta’lim-tarbiyasidagi qarashlaridan inklyuziv ta’limni takomillashtirishda ham foydalanish mumkin. Inklyuziv ta’lim muhitida nuqsonli bolalarning zaif jihatlarini hisobga olgan holda, qobiliyatiga qarab mashg‘ulotlar olib boriladi. Shunda bolaning jamoada ishlay bilish, ishni hamkorlikda rejalashtirish, faoliyat mazmunini boyitish, madaniy-gigienik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish kabi ijtimoiy moslashuvi ham tezlashadi. Undan yana fikrlash ko‘nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga egaligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorgarligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etadi. Ularning ulg‘ayib, komil inson bo‘lishlari uchun davlatimizda barcha zarur moddiy va ma'naviy sharoitlar, o‘quv ta’lim maskanlari, barpo etilgan. Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish ham muhimdir. Inklyuziv ta’limni oiladan so‘ng maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv muassasalarida joriy etish ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Inklyuziv ta’lim alohida e'tiborga muhtoj bolalarga umumta’lim jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi. Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, ko‘rsatiladigan individual yordam alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni jamiyatdan ajratib qo‘ymaydi.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ishlab chiqilgan va jamiyatga rejali asosda joriy etilayotgan inklyuziv ta’lim o‘qishning uzluksiz va muttasilligini ta'minlaydi. Oila – bolalar bog‘chasi – maktab – kasb-hunar kolleji – ish bilan ta'minlash – ushbu tizim kelajakda ota-onalarga alohida e'tiborga muhtoj bolalarini umumta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlariga bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi. Eng muhimi, alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar jamiyatning teng a’zosi ekanliklarini his qilib yashaydilar. Shunga muvofiq umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni psixologik-pedagogik jihatlarini o‘rganishda inklyuziv ta’limning malaka talablari, faoliyatini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan.
Ushbu model asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini rivojlantirish, uni samaradorligini oshirish taklif qilinadi. Unda ta’lim jarayonini so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali, animasiya, videolavha, yozma va texnik vositalar yordamida tadqiqot qilinishi mumkin. O‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyasi natijalari uning barcha ishtirokchilari o‘qituvchi va o‘quvchiga tegishli bo‘lib “sub’ekt-sub’kt” munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Shular asosida o‘qitishni rivojlantirish modelida pedagogik-psixologik jihatlar tashxis etilib, dars maqsadiga erishishda o‘quvchining ijtimoiy ehtiyojini shakllantirish uchun o‘quv-me’yoriy hujjatlar takomillashtirilib, fan dasturi asosida o‘qitiladi. O‘quvchining bilimi, ko‘nikma va malakasi qayta o‘zlashtirishi hamda, yakuniy natijalari va ta’lim natijasi baholanadi.
Yurtimizda inklyuziv ta’limni samarali joriy etish va nogiron bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishning qulay yo‘llarini aniqlash maqsadida, tadqiqotning maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish imkoniyatlari, shart-sharoitlari o‘rganildi. Maxsus pedagogik-psixologik amaliyotda zaif eshituvchi, zaif ko‘ruvchi bolalarni, kasalligi yengil daraja bo‘lgan alohida e'tiborga muhtoj bolalarni umumta’lim maktablariga oilasining ixtiyoriga ko‘ra, tengdoshlari bilan birga ta’lim-tarbiya olishiga, ya'ni inklyuziv ta’lim olishiga jalb etilgan.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarni hayotga tayyorlash jarayonida ularning nogironlik xususiyatlarini inobatga olmaslik mumkin emasligi hammamizga ma'lum. Shunday ekan, integrasion ta’lim-tarbiya, asosan, birinchi va ikkinchi (kasalligi yengil darajali bo‘lgan) nogironlik belgilari bor bolalar orasida yaxshi natija berishini unutmaslik kerak. Turli nuqsonlari bor bo‘lgan bolalar, kasalligi ruhiyatiga qanchalik singgan yoki alohida e'tiborga muhtoj bolalar o‘z holatiga qanchalik ko‘nikkan bo‘lmasin, bolaning alohida o‘tish davrlari bo‘ladiki, u o‘z holatidan ayni shu davrlarda chuqur ruhiy iztirob chekadi. Nogironlikni eng og‘ir his qiladigan davr bola uchun balog‘at yoshiga o‘tish paytiga to‘g‘ri keladi. Ruhshunoslarning tahlillariga qaraganda, hatto sog‘lom yoshlar bu paytda, odatda, o‘z tana a'zolarida turli xildagi kamchiliklarni, yo‘q kamchiliklarni ham tasavvur qilishgacha borib yetishadi.
Bola jismida nogironlik bor ekan, bu holat bolani ancha katta-kichik kechinmalarga olib keladi. Shunday ekan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlarning atrofidagi tarbiyaviy muhit hamma vaqt ham yaxshi, mo‘'tadil bo‘lishi bilan bir vaqtda, ayniqsa, o‘tish davrida alohida e'tiborda bo‘lib, kattalarning nazaridan chetda qolmasligi kerak bu ham inklyuziv ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Alohida e'tiborga muhtoj bolalar tarbiyasiga e’tibor beriladigan yana bir tomon shundaki, bu ona tabiatning saxiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan hol, ya'ni bunday bolalarda biron kamchilik ikkinchi bir fazilatning, xususiyatning kuchliroq namoyon bo‘lishidir. Ko‘zi zaiflarda eshitishi va xotira kuchli bo‘lishi, biron-bir jismoniy kamchiligi bor shaxslarda tirishqoqlikning kuchli bo‘lishi va boshqalar. Demak, ayni shu holat nogiron bolalarni tarbiya qilishda ko‘zdan qochirilmasa, ulardagi jismoniy va ruhiy kamchilik o‘z o‘rnida boshqa tomon bilan to‘ldiriladi. Ayni shu hol ularning tarbiyasida kengroq qo‘llanilsa, tarbiyada yaxshi natijalarga erishiladi. Nogiron bolalarning qaysi mehnatga qobiliyatlari kuchli bo‘lsa, o‘sha faoliyat bilan kengroq shug‘ullanishiga sharoit yaratish ularning ta’lim-tarbiyasida asosiy o‘rin tutmog‘i lozim.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tarbiya jarayoni qanchalik qiyin kechishini ularning xatti-harakatiga adekvat, mutanosib tarbiyaviy tadbir topib qo‘llash, maxsus mutaxassis tayergarligi bo‘lmagan tarbiyachiga berish tarbiya jarayonini jiddiy mashaqqatga aylantirib qo‘yishi mumkin. Masalan, aqliy xususiyatida jizzakilik, chayirlik, xarxashaga moyillik, bir so‘z bilan aytganda, asabiy nuqsoni bor nogironga biror axloq yoki odob normalarini singdirish u yoqda tursin, unga ushbu normalarni eslatish, aytishning o‘zi jiddiy janjalga, xarxashaga olib kelishi mumkin. Odatda, bunday xususiyatli bolalar o‘z quvvatidagi xavfsizlik nuqsonini bilmagan holda odamlarning nazarida, guruhning diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radi.
Ayni shu harakatlari bilan ular o‘z shaxslarini birinchi o‘ringa ko‘tarib ko‘rsatishga doim urinib yurishadi. Aqliy jihatdan boshqalardan ustun bo‘lmasligiga qaramasdan, tengdoshlari ustidan hukmronlik qilish, ularga buyruq berishni yoqtiradi. Natijada ular orasida ko‘pgina janjallar, noroziliklar xulq, axloq va xarakterlarining nomutanosibligidan kelib chiqadi. Ayni shu hollarni inobatga olgan holda bunday alohida e'tiborga muhtoj bolalar tarbiyasi, sog‘lom bolalarga nisbatan integrasion va differensiallashgan holda farq qilmog‘i kerak.
Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik faoliyatni takomillashtirishda, alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy o‘quvchilar orasidagi munosabat, muloqotchanlik, moslashuvchanlik, shuningdek, jalb etilgan o‘quvchilar kasallik tashxislaridan kelib chiqib, turli korreksion pedagogik-psixologik metodlarni doimiy olib borish, mavjud muammolarni hal etishda yordam beradi. Bular inklyuziv ta’limtarbiya tizimining sifat-samaradorligini oshirishda, integratsiyasida yetarli darajada xizmat qiladi. Bu jarayonda bolalarni ruhiy holat, kechinmalari tahlil qilinadi.
Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlarini takomillashtirishda alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun eng muhim xususiyat ularda ma'naviy jihatdan kamolotga intilishning kuchayishidir. Chunki voqelikka, kishilarga munosabat hayotda o‘z-o‘rnini topishga intilishi chuqur ichki motivasiya orqali sodir bo‘ladi. Ularning fanlar va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish o‘quvchilarning ta’lim muassasalariga kelgan kunlaridanoq boshlanadi. Masalan, kasblar haqidagi fikrlarni ular ongiga singdirib, ota-onalari, yaqin kishilari kim bo‘lib ishlashlari haqida qiziqarli suhbatlar, metodikalar, treninglar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.



  1. Download 33,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish