Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar. Reja 1


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvlari



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana01.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#724420
1   2   3   4
Bog'liq
1-m

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvlari 
Pedagogik – psixologik hamda fanlarni o’qitish metodikalariga bag’ishlangan 
ko’plab adabiyotlarda o’quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga uning 
qobiliyatlarini rivojlantirish qiziqishlarini e’tiborga olgan holda shaxs sifatida 
shakllanish ishiga yordam beruvchi yakka tartibda olib boriladigan ta’lim shaklini 
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb qaraladi.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini 
to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’lim loyihalashtirilayotganda, 
albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, mutaxassislik 
faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni 
nazarda tutadi.
Ta’lim tarbiya jarayonida qo’llaniladigan barcha usullar shaxsga qaratilganini 
e’tirof etgan holda alohida olingan o’quvchiga ta’limiy – tarbiyaviy ta’sir etish 
usulini ham shaxsga yo’naltirilgan ta’lim usuli deb ataymiz. Shaxsga yo’naltirilgan 
ta’lim asosini anglash va bir-birini tushunish tashkil etadi. An’anaviy ta’lim asosini 
tushuntirish tashkil etib, bu tushunchalar farqi quyidagicha sharhlanadi: 
tushuntirish – bitta sub’ekt, monolog; anglash – ikkita sub’ekt bir-birini tushunishi, 
hamkorlik, dialogdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosini tushuntirishdan anglashga, monologdan 
dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdano’z-o’zini boshqarishga 
o’tish tashkil etadi. Pedagog fanni o’quvchilar bilishiga emas, ularning hamkorlik 
qilishiga, ijodkorlik xususiyatlarini namoyon qilishiga erishishi kerak. O’quvchini 
pedagogik qo’llab-quvvatlash o’qituvchining asosiy vazifasi bo’lishi kerak. 
O’quvchining qo’yilgan masala ustida ijodiy izlanish, masalani tadqiq etishga 
tajribasi, imkoniyatlari, salohiyati yetarli emas. O’qituvchining maslahati va 
yordamiga 
muhtoj. 
O’qituvchining 
qo’llab-quvvatlashi 
Sh.Amonashvili 
ta’kidlashicha quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- bolani sevish;


10 
- bola yashayotgan muhitni odamiylashtirish; 
- o’z bolaligini bolada ko’rish.
Xorijiy psixologik tadqiqotlar pedagogning vazifasi bola shaxsini 
shakllantirishda, rivojlantirishda deb ta’kidlaydi. K.Rodjers fikriga ko’ra 
o’qituvchi sinfda o’quvchining individual rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhitni 
yaratish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’quv jarayoni davomida o’quvchilarga to’la ishonchni namoyon qilishi;
- har bir o’quvchi va sinf oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashtirish va 
ifoda qilishda ko’maklashishi;
- o’quvchilarda ichki rag’bat (motiv) mavjudligiga asoslanishi;
- har bir o’quvchi uchun o’qituvchi turli tuman tajribalarga ega, zarur 
bo’lganda doimo murojaat etish mumkin bo’lgan manba bo’lishi;
- o’qituvchi doimo o’quvchilar guruhi ruhiyatini sezishi va uni qabul qilishi;
- guruhdagi o’zaro muloqotning faol ishtirokchisi bo’lishi; 
- o’z his-tuyg’ularini ochiq ifoda etishi; 
- har bir o’quvchi his-tuyg’ulari va kechinmalarini tushunishga erishishi; 
- o’z-o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limni tashkil etuvchi o’qituvchi quyidagi talablarga 
javob berishi kerak:
- bolaga, madaniyat va ijodga qadr qiymatli munosabatda bo’lishi;
- insoniy pedagogik munosabatni namoyon qilishi;
- bolaning ruhiy va jismonan sog’lig’ini saqlashi;
- o’quv-rivojlantiruvchi va madaniy-axborot ta’lim muhitini yaratishi va 
muntazam boyitishi; 
- ta’lim 
mazmunini 
o’quvchi 
shaxsini 
shakllantirishga 
qarata 
takommillashtirishi; 
- o’quvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli 
tuman pedagogik texnologiyalarni egallashi; 
- har bir o’quvchining o’ziga xos tomonlarini qo’lab-quvvatlashi va 
rivojlantirishi. 


11 
O‘tgan asrning 80-yillari ta’lim jarayoniga ko’plab innovatsiyalarni kirib kelishiga 
asos bo’lgan hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasini amerikalik pedagoglar 
tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bir qancha maktab namoyondalari ilg’or 
tajribalarini umumlashtirib, tadqiq qilganlar.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish - demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va 
ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va 
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda 
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Mazkur pedagogik texnologiya yangicha pedagogik tafakkur, taraqqiyparvar 
g’oyalar manbai sifatida ko’plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibiga 
kiradi.
Hamkorlikda ta’lim olishning asosiy g’oyasi faqat birgalikda biror ish bajarish 
emas, balki birgalikda o’qishdan iborat.
Xamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining tasnifiy tavsifi:

qo’llanish darajasiga ko’ra-umumpedagogik;

falsafiy asosiga ko’ra-insonparvar;

rivojlantirish omiliga ko’ra-majmuaviy: bio-,sotsio-,psixogen;

o’zlashtirish asosiga ko’ra-assotsiativ, reflektor, bosqichma-bosqich;

mazmuniga ko’ra-o’rgatuvchi, tarbiyaviy, insonparvar, umumta’limiy, 
dunyoviy; 

boshqaruv turiga ko’ra-kichik guruhlar sistemasi; 

tashkiliy shakliga ko’ra-akademik, yakka, guruhda, tabaqalashtirilgan; 

bolaga yondashuviga ko’ra-shaxsiy-insonparvar, sub’ekt-sub’ekt; 

boshqaruvchi metodga ko’ra- muammoli-tadqiqiy, ijodiy, munozarali, 
o’yinli; 

o’rganuvchilar darajasiga ko’ra-ommaviy; 

hamkorlik pedagogikasiga yo’naltirilgan; 

talab pedagogikasidan munosabatlar pedagogikasiga o’tish; 

ta’lim va tarbiya birligi.


12 
Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining asosiy g’oyasi-o’quvchilarni turli 
o’quv vaziyatlarida hamkorlikda faol harakatlariga shart-sharoitlar yaratishdir. 
O’quvchilarning o’quv materiallarnin o’zlashtirish imkoniyatlari turlicha: ayrimlari 
o’qituvchining tushuntirishlarini tez ilg’ab oladi, ayrimlariga qo’shimcha vaqt va 
tushuntirish ishlari zarur. Bunday o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari davomida 
passiv bo’ladilar. Agar o’quvchilarni 4-5 nafardan kichik guruhlarga ajratib, 
ishtirokchilarining har biri vazifasi aniq ko’rsatib o’tilsa, bunday vaziyatda har bir 
o’quvchi o’ziga yuklatilgan vazifa hamda guruh vazifasiga mas’uliyat sezadi. 
Bunda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ilg’or o’quvchilardan yordam so’raydilar. 
Hamkorlikda kelib chiqadigan muammolar hal etiladi. Tajribadan ma’lumki, 
birgalikda o’qish nafaqat qiziqarli va oson, balki samarali hamdir.
Hamkorlikda ta’lim olishning turli variantlari mavjud bo’lib, ular uchun umumiy 
bo’lgan tamoyillar quyidagilar:

guruhlar o’qituvchi tomonidan mashg’ulotdan oldin o’quvchilarning 
psixologik moslashuvchanligi e’tiborga olinib tashkil etiladi. Har bir guruhda 
“kuchli”, “o’rtacha”, “kuchsiz” va albatta qizlar hamda o’g’il bolalardan iborat 
bo’lishi kerak;

guruhga bitta topshiriq beriladi va uning bajarilishida guruh a’zolarining har 
birining vazifasi o’qituvchi yordamida aniqlanadi;

har bir o’quvchi bajargan ish emas, guruh ishi baholanadi;

guruhning qaysi ishtirokchisi guruh topshirig’i yuzasidan javob berishini 
o’qituvchi aniqlaydi. Ayrim hollarda «kuchsiz» o’quvchi tanlanishi ham mumkin, 
chunki har bir topshiriqning maqsadi uni bajarilishida emas, balki har bir o’quvchi 
tomonidan uning o’zlashtirilishida.
Hamkorlikda ta’lim olishning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan tashkil 
topgan:

o’quv-biluv masalasini qo’yish (muammoli vaziyat);

o’quv maqsadlariga mos o’quvchilarni guruhlarga bo’lish; 

didaktik materiallarni tarqatish; 

guruhlardagi ishlarni rejalashtirish; 


13 

topshiriqlarni individual bajarish, natijalarni muhokama qilish;

guruhning umumiy topshirig’ini muhokama qilish (eslatmalar, to’ldirishlar, 
aniqlik kiritish);

guruh ishining natijalari haqida ma’lumot berish;

guruhlarning ishlari haqida umumiy xulosalar va qo’yilgan maqsadga 
erishganlik.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini: jaryonning 
mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligini o’zida 
mujassam etmog’i lozim.
Faoliyatga 
yo’naltirilgan 
yondashuv. 
Shaxsning 
jarayonli 
sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, 
o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi 
kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. 
Umumta’lim maktablarida aniq fanlarga qiziqishi past bо‘lgan о‘quvchilarga 
informatika va AT fanining asosi matematika fani bilan bog‘liq bо‘lgan-
algoritmlash asoslari, dasturlash, matematik mantiq, sanoq cistemalari kabi 
mavzularni о‘rganishda ayrim muammolar paydo bо‘ladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanining yuqorida sanab о‘tilgan 
mavzularini an’anaviy metodlar yordamida о‘qitish yetarli samarali natija 
bermaydi: ya’ni о‘quvchilarning kо‘p qismi kontentni tо‘liq о‘zlashtira olmaydi, 
yoki faqat nazariy qismini о‘rganish bilan kifoyalanib, amaliy masalalarni hal 
etishda qо‘llay olmaydi. 
Matematik bilimlarga asoslangan informatika va AT fanining ayrim bо‘limlarini 
о‘rganish jarayonida yangi mavzuni о‘rganishda hamda о‘rganilagan nazariy 
bilimlarni amaliy masalarni yechish jarayoniga qо‘llashni о‘rganishda nostandart, 
ijodiy, kreativ yondashuvlar asosida amalga oshiriladigan metodlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 


14 
О‘quvchilarni kreativ fikrlashlariga zamin yaratuvchi evristik ta’lim 
texnologiyalari zamonaviy metodikaning asosiy yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Evristik ta’lim texnologiyalari bu о‘quvchilardagi kreativ, ijodiy va intellektual 
fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirish vositasidir.
Evristik ta’lim jarayoni - о‘quvchi tomonidan о‘z fikrlarini hamda ta’lim 
mazmunini, maqsadini anglash, shuningdek uni tashkil etish hamda tashxis 
qilishdan iborat bо‘lgan jarayondir.
О‘quvchi uchun evristik ta’lim texnologiyasi -uzluksiz ravishda yangi bilimlarni 
hosil qilish demakdir.
Evristik ta’lim metodlariga quyidagilar misol bо‘la oladi: moslashish “kо‘nikish” 
usuli; mazmunni kо‘ra olish metodi; obrazli tafakkur; ixtiro metodi; "Agar shundan 
bо‘lsa.." metodi, evristik savollar usuli; mubolag‘a usuli; glyutinatsiya metodi; 
“Aqliy hujum” metodi; sinektika metodi; morfologik quti metodi; inversiya metodi. 
“Evristika” atamasi yunoncha sо‘z bо‘lib, “qidirish”, “ochish” ma’nolarini 
bildiradi. Evristika-ijodiy faoliyatni, yangi tushunchalarni, g‘oyalar va obyektlar 
tо‘plamlari о‘rtasidagi munosabatlarni kashf etish(yaratish)da qо‘llaniladigan 
usullarni hamda о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan о‘qitish uslublarini о‘rganuvchi 
fandir. 
О‘qitishning evristik texnologiyalaridan uzoq о‘tmishda Suqrot keng foydalangan. 
U maxsus savol va mulohazalar berish orqali suhbatdoshiga muammoni tо‘g‘ri 
tushunishga yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yechimga kelishga yordam beradi. Ba’zan, 
bunday turdagi savol va mulohazalardan foydalanish nafaqat о‘quvchiga, balki 
о‘qituvchining о‘ziga ham haqiqatni ochishga kо‘maklashadi. Evristik о‘qitish 
usullari nostandart, ijodiy, kreativ yondashuvni talab qiluvchi muammolarni hal 
qilish jarayonini tezkorlik bilan bajarish imkonini beradi. 
Pedagogikada о‘qitishning evristik ta’lim texnologiyalariga oid 
ixtiyoriy 
metod 
Suqrot 
tomonidan 
ishlab 
chiqilgan 
«Mayevtika» metodining mazmunidan kelib chiqadi. 
MAYEVTIKA METODI


15 
“Mayevtika”- (yunon tilida “paydo bо‘lish”, “tug‘ruq”) qadimgi yunon olimi va 
faylasufi Suqrotning (miloddan avvalgi 469-399) insonda yashiringan bilimlarni 
mohirona tarzda evristik savollar va mulohazalar yordamida chiqarish usuli 
hisoblanadi. Ushbu metod qurilishining mantiqiy shakli nuqtai nazaridan 
induksiyaning bir kо‘rinishidir, ya’ni xususiydan umumiylikka о‘tish metodi.
Qadimgi Yunonistonda evristik ta’lim texnologiyasi deganda, birinchi bо‘lib 
Sokratning “Mayevtika” metodi tushunilardi. Suqrotning о‘qitish usuli shundan 
iboratki, о‘qituvchi о‘quvchiga muayyan masalani qanday hal yechishni bevosita 
bayon qilmaydi, vazifalarni hal qilishga doir misol va masalalarni ishlab kо‘rsatib 
bermaydi, balki о‘quvchini topshiriqni mustaqil hal qilishiga olib keluvchi savollar 
asosida yechimni topishga undaydi. Bunday holatda о‘qituvchi tayyor bilimlarni 
beruvchi sifatida emas, balki о‘quvchiga muammoning yechimini "tug‘ilishiga" ga 
yordam beruvchi vazifasini bajaradi. 
“Mayevtika” metodi qat’iy algoritmik asosga ega emas, о‘quvchining о‘z oldiga 
qо‘ygan vazifasini aniq hal qilishi uchun hech qanday kafolat bermaydi, lekin kо‘p 
yillik tajriba shuni kо‘rsatadiki, ushbu metod yordamida о‘quv jarayonida sodir 
bо‘ladigan kо‘pgina amaliy ahamiyatga ega holatlarda maqsadga erishiladi. 
Shuning uchun Suqrot usuli tо‘la-tо‘kis evristik ta’lim texnologiyalari ta’rifiga mos 
keladi.


16 
«MAZMUNNI KО‘RA OLISH» METODI
“Algoritmlash asoslari” hamda “Dasturlash asoslari” bо‘limini о‘rganishda 
matematik masalalarni yechimini topishda “Mazmunni kо‘ra olish” metodi, 
shuningdek “moslashish, kо‘nikish” usuli ham samaralidir. 
Metodning mohiyati о‘rganilayotgan muammoning ma’nosi nima, uning tub sababi, 
kelib chiqishi, qanday ishlashi, о‘rganilayotgan jarayonning obyekti, nima uchun 
uni aynan shunday ekanligini tushunishga harakat qilishdir.
Falsafiy xarakterga ega bо‘lgan bu savollarga javob qidirish о‘quvchilarga vazifani 
tо‘g‘ri belgilash, berilgan va topish talab qilinadigan obyektlarni qat’iy aniqlashga, 
modellashtirish maqsadini aniq shakllantirishga, obyektning eng maqbul modelini 
tanlashga va pirovard natijada о‘rganilayotgan obyekt ustida tadqiqot olib borishga 
va muammoni hal qilishga yordam beradi.
«Mazmunni kо‘ra olish» metodidan Informatika va AT fanida foydalanish 
namunasi: 
KOMPYUTER MIYASI. Hammaga ma’lumki axborotni qabul qilish va uni 
saqlash uchun miya faoliyatidan foydalanadi, buning uchun u о‘ng va chap yarim 
sharlarga ega. Agar siz kompyuterning mikroprotsessori va turli xil xotiralarga ega 
ekanligi bilsangiz, uning ishlash prinsipi haqida nima fikr bildira olasiz? 
Aytishlaricha, kompyuter yaratilganda uning xotirasini prototipi inson miyasi 
bо‘lgan. U holda insonda operativ xotira qayerda joylashgan, uning vazifisi nima, 


17 
kompyuter xotirasining boshqa turlari qayerda va ular о‘xshashmi degan savollar 
tug‘iladi. 
Nima uchun QATTIQ DISK deyiladi? Biz qattiq 
diskning kо‘rinishini bilamiz. Xо‘sh о‘ylab 
kо‘ringchi, qattiq diskning kо‘rinishi kub yoki 
silindr shaklida bо‘lsa-chi? Bunday "qattiq disk"ga 
axborot qanday yoziladi. Kompyuter qanday 
kо‘rinishda bо‘lar edi? Qattiq diskning kо‘rinishi 
uchun g‘oyalar va unga ma’lumot yozish yо‘llarini 
taklif eting. О‘zingizni ixtiroingizni ixtiyoriy grafik muxarrirda chizishingiz 
mumkin. 
MS Excel dasturida mustaqil topshiriqni bajarish uchun metoddan foydalanish 
namunasi.
Quyidagi jadval berilgan bо‘lib, 
unda 
о‘quvchilarning 
imtixonlardan 
olgan 
baxolari 
keltirilgan. Taklif etilgan imtixon 
komissiyasi imtihon natijalari 
bо‘yicha eng yuqori ball tuplagan 
о‘quvchi uchun esdalik sovg‘a 
takdim etishmoqchi. Topshiriq: dastur imkoniyatlaridan foydalanib, eng yuqori 
ball tо‘plagan о‘quvchini topib, uning familiyasi yoniga “MUKOFOT” sо‘zini 
qо‘yish kerak.
Boshqa topshiriqlardan farqi, ushbu vazifani qanday tartibda bajarish yuzasidan 
aniq algoritm berilmaydi. О‘quvchilar mavjud bilimlari asosida yechini topadilar. 
Mantiqni rivojlantiruvchi evristik topshiriq. 
О‘qituvchi E:\Dlya urokov\7 klass\Zadaniya\ papkasida ishlamoqda. Ikkita 
oldingi papkadan 4 mavzu papkasidagi Savollar.docx faylini о‘chirib tashladi.
О‘qituvchi о‘chirgan papkani tо‘liq manzilini kо‘rsating. 


18 
Uskuna (funksiya). MS EXCEL matn muharririning matn bilan ishlashni 
osonlashtiradigan ba’zi uskunalarni kashf eting. Ularga nom bering, ularning 
maqsadi va qanday ishlashini tasvirlab bering. Yarating va ushbu uskuna 
kо‘rinishini tugma sifatida tasvirlang. 
О‘quvchilar informatika va AT fanlarida evristik topshiriqlardagi muammolarni 
hal etish natijasini tahlili shuni kо‘rsatadiki, ushbu jarayonda о‘quvchilarda 
oldindan kо‘ra bilish va taxmin etish, eng maqbul yechimni topish va qaror qabul 
qilish, ijodiy fikrlash kabi qobiliyatlarini fanlararo bog‘lanishlar orqali rivojlanadi. 
“Evristik suhbat” metodi. Informatika va AT fanini о‘qitish jarayonida “Evristik 
suhbat” metodidan foydalanish samaradi natija beradi. Ammo ushbu metoddan 
foydalanish nafaqat ustunliklarga balki, о‘ziga xos kamchiliklarga ham ega. 
Metodning avzalliklari: 
Yangi mavzuni о‘rganishga sharoit yaratish 
uchun 
muammoni 
maqsadli 
yо‘naltirish 
mumkin; 
О‘qituvchi tomonidan berilgan savollar va 
о‘quvchilarning javoblari mantiqan bir biriga 
bog‘liq 
ekanligi 
keltirilgan 
muammoni 
bosqichma bosqich hal etish imkoniyatini yaratadi; 
О‘quvchilarning javoblaridan kelib chiqqan holda keyingi savollar mazmuni 
о‘zgarishi mumkin, bunda an’anaviylikdan vos kechiladi;
О‘quvchilar о‘zlari mavjud bilim, malaka va kо‘nikmalarga asoslangan evristik 
savollarga javoblarni mustaqil ravishda topishlarining natijasida yangi bilimlarni 
hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. 
Qatnashuvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi; 
Qatnashuvchilar о‘z fikrlarini aniq va ravon bayon etishni о‘rganadilar; 
О‘quvchilar tinglashni va bir birini eshitishni о‘rganadilar; 
О‘qituvchi bilimi sayoz о‘quvchini topa oladi va uning fikrlariga diqqat etgan 
holda qо‘llab quvvatlay oladi; (differensial ta’lim) 


19 
Kо‘p hollarda kashf etilgan yechimlar mavzuni о‘rganishga yangi yondashuvlarni 
paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi. 
“Evristik suhbat” metodining ayrim kamchiliklarini sanab о‘tamiz: 
О‘qituvchidan evristik suhbatga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish uchun kо‘p 
vaqt talab etiladi; 
Javoblarga qarab evristik savollar berish uchun о‘qituvchi oldindan о‘quvchilar 
berishi mumkin bо‘lgan javoblarni taxminan о‘rganib chiqishi kerak;
“Evristik suhbat” metodida dars davomida о‘quvchilar orasida passiv 
kuzatuvchilari bо‘lish ehtimolining mavjud ekanligi.
7-sinf “Axborotlar ustida amallar bajarish” mavzusini о‘rgatish jarayonida evristik 
suxbat metodining qо‘llanilishidan namuna. 
О‘QITUVCHI: OAV deganda nima tushunasizlar?
О‘QUVCHI: Ommaviy axborot vositalari 
О‘QITUVCHI: OAV ga qaysi vositalar kiradi? 
О‘QUVCHI: Gazeta, jurnal, televideniya, radio, internet va boshqalar. 
О‘QITUVCHI: Nima deb о‘ylisizlar, inson nima sababdan OAVlarini yaratgan?
О‘QUVCHI: Axborot qabul qilish va axborot uzatish maqsadida. 
О‘QITUVCHI: Axborot deganda nima tushunasizlar?
О‘QUVCHI: Axborot turli kо‘rinishdagi xabar, ma’lumot, darak 
О‘QITUVCHI: Bu ma’lumotlar nimani aks ettiradi? 
О‘QUVCHI: Atrofimizdagi olamdagi barcha narsalarni. 
О‘QITUVCHI: Ularni qanday kо‘rinishda tasvirlaydi? 
О‘QUVCHI: Matn, rasm, belgilar,ovozli holda, chizma kо‘rinishida, video 
holatida.... 
О‘QITUVCHI: Har qanday xabar axborot bо‘ladi deb hisoblaysizmi?
О‘QUVCHI: Xa yoki yо‘q. (Fikrlar har xil bо‘lishi mumkin) 
О‘QITUVCHI: 1. Xa degan fikrlarga qо‘shilasizmi?
2. Yо‘q degan fikrgachi? Kim qaysi fikrga qо‘shiladi? 
Har bir о‘quvchidan nima sababdan bu fikrga qо‘shilishi haqida tо‘liq ma’lumot 
olish maqsadga muofiq. 


20 
О‘QITUVCHI: Agar men sizlarga О‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i xaqida 
gapirib bersam, bu siz uchun axborot hisoblanadimi? 
О‘QUVCHI: Yо‘q 
О‘QITUVCHI:Nega? 
О‘QUVCHI: Chunki ushbu ma’lumotni biz yaxshi bilamiz, shuning uchun u biz 
uchun yangilik emas, qiziq emas. 
О‘QITUVCHI: Demak, ma’lumot axborotga aylanishi uchun qanday xususiyatga 
ega bо‘lishi kerak ekan? 
О‘QUVCHI: Qimmatli, ya’ni kerakli va qiziqarli bо‘lishi kerak. (Fikrlar ichidan 
ushbu fikrni aytgan о‘quvchi chiqib doskaga yozib qо‘yadi) 
О‘QITUVCHI: Barcha ma’lumotlar ham axborot bо‘la oladimi?
Barcha javoblar eshitiladi, tо‘g‘ri xulosa qilgan о‘quvchilarni nima sababdan shu 
xulosaga kelganliklari sо‘raladi hamda ularnig javoblari ham doskaga yoziladi. 
Agar tо‘g‘ri javobga ega xulosalar va fikrlar bо‘lmasa, о‘qituvchi evristik savollar 
yordamida о‘quvchilarni yо‘naltiradi. 
О‘QITUVCHI: Shu yilning oktabr oyida 1995 yildagi oliy ta’limga kirish 
imtixonlarining yechimlari e’lon qilinadi.
О‘QUVCHI: Bu ma’lumot dolzarb emas. 
О‘QITUVCHI: MCMLXXXVI ushbu yozuv axborot bо‘la oladimi? 
О‘QUVCHI: Yо‘q, chunki bu tushunarsiz tilda yozilgan. 
О‘QITUVCHI: Demak, biz qanday xulosaga kelishimiz mumkin? 
О‘QUVCHILAR: Axborot-bu bizni о‘rab turgan atrof muxit haqidagi ishonchli, 
qimmatli va bizga tushunarli bо‘lgan belgi va ovozlar tо‘plamidir. 
«Axborotli jarayonlar» tushunchasini о‘rganish uchun evristik suxbat metodidan 
foydalanish uchun namuna.
- Avvalgi mavzularda, bizni atrofimizda predmetlardan tashqari axborotlar ham 
borligi xaqida ma’lumot olgan edik. Xо‘sh, о‘quvchilar axborot deganda nima 
tushunasiz?
-Axborotning qanday turlari aniqlanadi? 
- Matnli, grafik, ovozli, belgili va boshqa turli usullarda..... 


21 
- Nima uchun odamlar bir xil axborotni turli yо‘llar bilan taqdim etadilar? 
- Nima deb о‘ylaysiz, insonlar uchun axborotni uzatish, saqlash qulaymi yoki 
ularni qabul qilishmi?
- Keling axborotni uzatish jarayoni haqida tо‘xtalamiz. Ushbu jarayonda nechta 
qatnashuvchi ishtirok etadi?
- Ikkita 
- Qaysilar va ular nima vazifani bajaradilar? 
- Bir nafari axborotni taqdim etadi, ikkinchisi uni qabul qiladi.
- Iltimos, misol keltiring. 
- О‘qituvchi va о‘quvchi. О‘qituvchi tushuntiradi, о‘quvchi qabul qiladi. 
- Axborotni uzatish jarayonini tashkil etish uchun ikkita qatnashchi yetarli deb 
hisoblaysizmi? 
- Xa (Yо‘q) 
О‘qituvchi barcha javoblarni asoslari bilan 
eshitadilar. Kerakli jarayondaevristik savollar 
yordamida о‘quvchi yо‘naltiradilar.
- Anvar 17 uyning 35 honadonida yashaydi va 
uning dо‘sti Abdulloh ushbu uyning 101 
honadonida yashaydi. Anvar yashash joyidan, о‘z honadanida divanda о‘tirib dars 
qilayotgan Abdulloh uchun topshiriqning yechimini tushuntirsa, ushbu jarayon 
ma’lumot uzatish jarayoniga misol bо‘la odimi? 
- Yо‘q, telefon yoki internet tarmog‘ida onlayn muloqot orqali ushbu jarayonni 
tashkil etish mumkin, yoki ular uchrashishlari shart, ya’ni axborot uzatuvchi va uni 
qabul qiluvchi о‘rtasida aloqa tashkil etilishi lozim. 
- Aloqa kanalida harakat qaysi yо‘nalishda amalga oshiriladi? 
- Axborot uzatuvchidan axborot qabul qiluvchi tomonga qarab harakat amalga 
oshiriladi. 
- Har doimmi? 
- Yо‘q. Ayrim xollarda ma’lumot qabul qiluvchi va uzatuvchining rollari teskari 
tomonga о‘zgaradigan holatlar ham rо‘y beradi. 


22 
- Ushbu jarayonga misol keltiring va axborot uzatuvchi, qabul qiluvchi va aloqa 
vositalarini asoslab bering.
О‘qituvchi barcha javoblarni eshitadi va xatoliklar mavjud bо‘lsa asoslagan holda 
tushuntiradi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish