Venn diagrammasi. Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi.
2-bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz.
3-bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos tomonlarini o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar.
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni to’ldiradilar.
TARQATMA MATERIALLARNI TAYYORLASH VA QO`LLASH QOIDALARI
Ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang.
Sarlavhalami bosh harflar bilan yozing, bir matn uchun ikki-uchta tarqatma material tayyorlasangiz, ularga nom-kod bering. Bu ulami ajratishni osonlashtiradi. Matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak. Bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo ) ishlatmang.
Matnlar tushunarii, qisqa va oddiy bo‘lishi kerak.
Varaq dizayni e’tibomi o‘ziga tortishi kerak.
Tarqatma materiallarda:
o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish;
olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida talabalar bilan mustaqil muhokama qilish;
ta’lim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izla- nishga qaratish;
o‘quvchi-talabalami darsga faol jalb qilish;
o'quvchi-talabalaming olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash.
Bulaming hammasi dars jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanishning zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Shu bilan biiga dars jarayonida tarqatma materiallardan foy- dalanishda o'ziga xos kamchiliklar ham mavjud.
Tarqatma materiallar tayyorlash o‘qituvchidan ko‘p kuch va vaqt, yuksak mahorat talab qiladi.
Bir kishiga bitta tarqatma materiallar bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi.
Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e’tibor pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ayrim kamchiliklariga qaramay, darsda tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun.
Ko‘rgazmali qurol yoki namoyish qilinuvchi material va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish mumkin.
Dars jarayonida ko‘igazmali qurollar va tarqatma materialardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ulami tay- yorlashni ham o‘rganish zamr. Ko'igazmali qurol va tarqatma ma- teriallami tayyoriayotganda ulami nima maqsadda tayyorlanayot- gani, qanday shakl va mazmunda yetkazish ma’qul ekanini hamda ulami tayyorlash qoidalariga rioya qilishni yoddan chiqarmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |