Teri ostiga dori yuborish (Injectiones subcutaneae). Bunda yuboriladigan eritma miqdori,
odatda, 1—2 mldan oshmaydi.
Teri ichiga dori yuborish (Injectiones subcutaneae). Bunda eritma terining ichiga, ya'ni
ichki va tashqi qavatning oralig’iga yuboriladi hamda miqdori 0,2—0,5 ml bo’ladi.
Muskul orasiga dori yuborish (Injectiones tramuskulares). Kuchli ta'sir ko’rsatishi tufayli
teri ostiga yuborib bo'lmaydigan preparatlar (masalan, penitsillin va boshqalar) yoki
suspenziya holidagi dori moddalar muskul orasiga yuboriladi. Ular miqdori, odatda, 1—
2 ml bo’lib, ko’pincha bo’ksaga inyeksiya qilinadi. Bunda ishlatiladigan shpris ignalari uzun,
suspenziyalar uchun esa yo’g’on bo’lishi kerak, Mus-kul orasiga yuborilgan dorilar tez
shimiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |