Bog'liq 8. MAVZU. ILMIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI.
2- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
Chet tildan kirib keladigan terminlarni 100 foiz qabul qilish yaxshi oqibatga olib kelmaydi. Shu bilan birga, chetdan kirib keladigan terminologiyaga butun eshigimizni yopib qo‘yish ham noto‘g‘ri. Ruscha baynalmilal iqtisodiy terminlarningba’zilari tarjima qilingan yoki uning o‘zbek tilidagi muqobillari qo‘llanilaboshlandi: anketa-surovnoma, defisit-taqchil, biznesmen-bizneschi, litsenziya-ruxsatnoma, kapital-mablag‘, reforma – islohot.Xususan, iqtisodiy soha terminlari misolida shuni aytish mumkinki, umuman baynalmilal iqtisodiy so‘zlarni o‘zbek tiliga qabul qilishda ko‘p jihatlarni e’tiborga olish zarur. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi: terminning o‘zbek tilini tovush tizimiga mosligiga; uning o‘zbekcha muqobilibor-yo‘qligiga; tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning mazmuniga; uning sodda va ravonligiga; mohiyatiga va talafuz qilishga qulayligiga.
O‘rganilgan manbalarga asoslanib o‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlarni boyitishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
- o‘zbek tilida iqtisodiy terminlarni o‘rganish va jamlash;
- iqtisodiy terminlarni o‘rgangan olimlarimizni ishlarini o‘rganib
chiqqan holda iqtisodiy terminlarni izohlarini to‘la qonli yoritishga harakat
qilish;
-zamonaviy terminlarni o‘rganib tadbiq qilish;
- imkon qadar iqtisodiy terminlarni iqtisodiyot tarmoqlari sohalari
bo‘yicha yoki bo‘limlarga ajratgan holda lug‘at kitoblarni nashr qilish;
- iqtisodiyot sohalariga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy terminlarni o‘rganish bo‘yicha mahsus fanlarni o‘qitishni jorish
qilish;
- iqtisodiyot nazariyasi fanlari o‘qitiladigan fakultetlarda esa belgilangan soatlarda mavzularni iqtisodiyt terminlariga moslash. Xulosa qilib aytganda, har bir sohaning terminlari mavjud. Shu kabi bugungi kunda barcha soha uchun tegishli terminlarni yaratish asosiy maqsad qilib olingan.