Empirik dalilning muhim jihati.Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni olish va tavsiflash usulini o’z ichiga oladi. Dalilning muhim tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to’g’risidagi axborotdir. Dalilning borliqqa muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. Shu sababli dalillar fanning empirik asosi, nazariyani tasdiqlash yoki inkor etishning muhim usuli hisoblanadi. Dalil yordamida borliq xolisona, nazariyaga bog’lanmagan holdaanglabyetiladi.Dalillareskinazariyadoirasigasig’maydigan,ungazidbo’lganhodisalarni kashf etish imkoniniberadi.
Dalilning moddiy- texnik yoki metodik tomoni. Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya’ni uni olish usuli ham bor. Dalilning ishonchliligi ko’p jihatdan u qaysi usulda, qanday vositalar yordamida olinganligi bilan belgilanadi. Masalan, saylovoldi kampaniyalarida nomzodlar reytingi, ularning muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini ko’rsatuvchi sosiologik tadqiqotlarning natijalaridan ko’p foydalaniladi. Ko’pincha ularning natijalari bir-biridan sezilarlidarajadafarqqiladi,ba’zanbir-birigamutlaqozidbo’ladi.To’g’ridan-to’g’rixatogayo’l qo’yish imkoniyati istisno etilsa, bunday farqlarning sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishimumkin.
Subyektning (insonning) yordamchilarisiz hozirgi zamonni tasavvur qilish qiyin. Insonning yordamchilarini esa sun’iy jihozlar, kompyuterlar, hisoblash mashinalari, turli moslamalar,asbobuskunalartashkiletadi.Insonfaoliyatiningmahsullari,obyektlarisifatidaular bilaninsono’zarota’sirgakirishishiyordamidamuhimdalillarnipaydoqiladi.Oxir-oqibatesa subyekt obyektni dalillar asosida o’zgartirib, o’zlashtirib oladi, o’z maqsadlariga muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, subyektning o’zi ham bilim bilan boyiydi,nisbatan dunyoqarashini o’zgartiradi. Yangi maqsadlarni topadi va uni bajarish uchun yangi dalillar izlaydi.
Ilmiybilimningrivojlanishidafandalillariumumlashtirilishiningahamiyati.Fanning ko’p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi, balki dalillarni nazariy mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili hisoblangan fan tilining rivojlanish tarixi hamdir.Shusababliharqandaydalilbelgi-aloqajihati,ya’niutavsiflanganfantiligaega bo’ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlaridir. Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi atamalarda tavsiflashning iloji bo’lmasa, uni idrok etish jarayoni ba’zan uzoq yillargacho’ziladi.
Tabiiy til iboralarining serma’noliligi, gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til belgilarining ma’nolari kontekst ta’sirida o’zgaruvchanligi, psixologik assosiasiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo’lgan ma’noning aniqligi va ravshanligiga erishishga monelik qila boshladi. Natijada tabiiy tilni sun’iy tarzda formallashtirilgan til bilan almashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Uning kashf etilishi fanning bilish vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni yechish imkonini berdi. Shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy dalillar ham, gipotezalar, nazariyalar, ilmiy muammolar ham fanda yaratilgan sun’iy tillarga tayanadi.
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir variantlilikka ega bo’ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo’ladiki, uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda o’tkaziladigan yangi eksperimentlar yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan iboratki, u o’zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar saqlab qoladi. Jumladan, sharqshunos olim Ye.E.Bertels har qanday tantanavorlik, dalilsizlik, yuzakichilikka qat’iy qarshi chiqib, o’zining umumlashtiruvchi xulosalarida nihoyatda sobitqadam turdi. U doimo umumlashtirish katta faktik materialni tanqidiy tadqiq qilish asosida bo’lishi kerak, aks holda bu tadqiqot bedalil, o’ylab chiqarilganligini takrorlar edi. Bu ma’noda uning Ibn Sino ijodini o’rganish to’g’risidagi fikrlari qiziqarlidir. Biror-bir mamlakatning olimlari bu ulkan merosning hammasini tanqidiy o’zlashtirishni amalga oshirishlari mumkinligini kutish mushkuldir. G’arb va Sharqning ko’pgina mamlakatlari olimlarining mustahkam ilmiy hamkorligisiz bu merosning chop etilishiga erishish mumkin emas. Vaholanki, faqat salmoqli nashrga asoslangan bilan Ibn Sinoning o’rta asr fani tarixida o’ynagan roli to’g’risida xolisona baho berish mumkin emas.Umumiy fikrlar va farazlar davri o’tdi. Hozir har bir asarni konkret chuqur o’rganish talab qilinadi. Faqat shunday ishgina fanni oldinga siljitishi mumkin1. Ye.E.Bertels o’z o’tmishdoshlarining asarlari manbalar asosida yozilganligiga katta ahamiyat berar edi.U ma’lumotlarni boshqa kitoblardan olgan olmlarni qattiq tanqid qilgan.Olimning ushbu kinoyasi shunday olimlarga qaratilgandir: “Misol uchun biz asarlarini o’qimasdan, butunlay faqatgina boshqalarning yozganlariga asoslanib Gyote yoki Shekspir haqidagi monografiya yozgan olim to’g’risida nima ham deyishimiz mumkin.” Ye.E.Bertels o’z xulosalarini shakllantirishda ham juda tanqidiy yondashgan ta’rifni voqyelikka aynan monand berishga intilgan. Arab va fors – tojik adabiyotlarining o’zaro aloqadorligi to’g’risida xulosalaryorqin namuna bo’lishi mumkin. Shu bilan turli madaniyatlar, jumladan fors va arab xalqlari madaniyati o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ko’rsatadi. U o’zaro aloqalarning shakli va yo’lini mufassal, aniq tadqiq qiladi. Uning xulosasi quyidagicha: “Arab poeziyasining rolini haddan tashqari oshirish kerak emas. Ammo tamomila zid nuqtai nazarda turib, arab poeziyasi forsiy(dariy) poeziyasi shakllanishiga hyech qanday ta’sir ko’rsatmagan deb tasdiqlash ham aslo mumkin emas”. Shuning uchun Ye.E.Bertelsning kritisizmi (tanqidiy nuqtai nazar) nigilizm va skeptisizm bilan hyech qanday umumiylikka ega emas. Uning kritisizmi muhim, daliliy ijobiy xulosalarga olibkeladi.
Konsepsiyaning aniqligi va qat’iy kritisizm Ye.E.Bertels asarlarining ikkita asosiy xususiyatlaridir.
Bilishning birdan-bir to’g’ri yo’li Bekonning fikricha tajriba va tahlildir. Ya’ni, xususiy dalillardan umumiy nazariyalar tomon yo’nalish, mavjud barcha narsa va hodisalarga ilmiy uslubda yondashish g’oyasini ilgari surdi.
Bekon fikricha, induksiya umumlashtirish jarayoni sifatida sezgidan, alohida dalillardan qadam-baqadam ko’tarilib, sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda umumiy holatlarga yetib boradi. Bekon ushbu uslub mohiyatini mafassal ishlab chiqdi. Uning tarkibi quyidagilardan iborat:
dalillarnikuzatish;
ularni tartibga solish va ajratish; 3)keraksiz dalillardan qutilish; 4)asosiy holatlarni aniqlash; 5)tajriba asosida dalillarni aniqlash; 6)dalillarniumumlashtirish.
Kuzatish jarayonida tadqiqotchi dalillarini yig’adi, ilmiy tajribaga tayanib, ularni tekshiradi va umumlashtiradi.
Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Dalillarni umumlashtirishning oddiy shakllari – ularni tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, juda ko’p ilmiy kashfiyotlar olimlarning dalillarni tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, Ch.Darvin yaratgan turlarning tabiiy tanlanish yo’li bilan paydo bo’lishi nazariyasi, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi).
Dalil ba’zan tasodifiy narsalarni ham o’z ichiga oladi. Fanni avvalo umumiy, qonuniy narsalar qiziqtiradi. Ilmiy tahlil negizini bitta dalil emas, balki asosiy tendensiyani aks ettiruvchi dalillarto’plamitashkiletadi.Dalillarson-sanoqsizdir.Ko’psonlidalillarorasidanmuammoning mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lgan ayrimlari oqilona tanlab olinishi lozim. Biroq bunda amaliyot mezoni amalda insonning biron-bir tasavvurini to’liq tasdiqlash yoki inkor etishga qodir emasligini unutmaslik kerak. Bu mezon ham shu darajada nomuayyanki, u insonga o’z bilimlarini to’ldirish va rivojlantirishga muhtoj bo’lmagan uzil-kesil va to’liq haqiqatga aylantirish imkoninibermaydi.
Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo’lgan, ular boshqa dalillarga bog’lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi. Faqat o’zaro bog’langanva yaxlitko’rinishdadalillar nazariyumumlashtirishuchunasosbo’libxizmatqilishi mumkin. Alohida va tasodifan, hayotdan ajratib olingan dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga qodir emas. Noto’g’ri tanlab olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin, biroq u hyech qanday ilmiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. Buni quyidagi misol orqali ko’rsatish mumkin, tarixiy jarayonlarda formasion yondashuv Yevropa tarixi yoki nari borsa O’rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar tarixini umumlashtirish asosida vujudga kelgan bo’lib, mavjud mamlakatlar tarixiga mos keladigan qoidalarni umuminsoniyat tarixining umumiy qoidalari sifatida da’vo qilib chiqishning o’zi yetarli mantiqiy va tarixiy dalillar bilan asoslangan emas.
Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikasiya qiladi), yo u bilan to’qnashadi va uning asossizligini ko’rsatadi (falsifikasiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig’indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o’zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o’zaro aloqasi va harakati, ularning o’zaro nisbati nazariy bilimga xos bo’lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |