Analitik hisoblashlar yordamida tenglama va tenglamalar sistemalarining analitik yoki
to’liq yechimini topish, shu bilan birga murakkab ifodalarni shakllantirishni ham bajarish yoki
boshqacha aytganda, bunday yondoshuvda sonli bo’lmagan natijaga ega bo’lish mumkin.
MathCAD da o’zgaruvchilarga berilgan aniq qiymatlar e’tiborga olinmaydi, o’zgaruvchilar
aniqlanmagan parametrlar sifatida qaraladi. Analitik hisoblashlarni bajarish uchun mo’ljallangan
buyruqlar asosan Symbolics menyusida joylashgan. Ifodani (yoki uning qismini) soddalashtirish
uchun uni burchaksimon kursor yordamida tanlash va Symbolics>Simplify buyrug’ini berish
kerak. Bunda arifmetik amallar bajariladi, umumiy ko’paytuvchilar qisqartiriladi va o’xshash
hadlar ixchamlanadi, trigonometrik ayniyatlar qo’llaniladi, radikalli ifodalar, shu bilan birga
to’g’ri va teskari funksiyalardan iborat ifodalar ham soddalashtiriladi. Qavslarni ochish va
murakkab trigonometrik ifodalarni soddalashtirishdagi ayrim amallar esa Symbolics>Expand
buyrug’idan foydalanishni talab qiladi. Symbolics>Simplify buyrug’idan murakkabroq hollarda
foydalaniladi. Masalan, uning yordamida:
- umumiy hadi bilan berilgan ketma-ketlik limitini hisoblash;
- umumiy hadi bilan berilgan ketma-ketlik hadlari yig’indisi uchun umumiy formulani topish;
- berilgan funksiya hosilasini topish;
- berilgan funksiyaning boshlang’ich funksiyasi yoki integral qiymatini hisoblash mumkin.
Symbolics menyusining yana bir imkoniyati ifodada qo’llanilgan o’zgaruvchiga mo’ljallangan
analitik amallarni bajarishdan iborat. Buning uchun ifodadan o’zgaruvchini ajratib olib,
Symbolics>Variable buyrug’ini tanlash kerak. Solve buyrug’i ifoda sifatida berilgan funksiya
ildizlarini izlaydi. Masalan, agar burchaksimon kursor bilan
c
bx
ax
2
ifodada x o’zgaruvchi
belgilansa, u holda Symbolics>Variable>Solve buyrug’idan so’ng barcha ildizlar topiladi (2.16 -
rasm).
2.16 – rasm. MathCAD da kvadrat tenglama ildizini topish.
Bu menyudan yana quyidagi maqsadlar uchun ham foydalanish mumkin:
-
analitik
differensiallash
va
integrallash:
Symbolics>
Variable>Differentiate
va
Symbolics>Variable>Integrate;
- o’zgaruvchini almashtirish: Symbolics>Variable>Substitute;
- funksiyani Teylor qatoriga yoyish: Symbolics>Variable>Expand to Series;
- kasr-ratsional funksiyani chiziqli va kvadratik mahrajli sodda kasrlar yig’indisi
ko’rinishiga keltirish: Symbolics>Variable> Convert to Partial Fraction.
Analitik hisoblashlarning eng muhim uskunasi - bu Evaluation uskunalar panelidagi
Symbolic Evaluation buyrug’i yordamida kiritiladigan analitik hisoblashlar operatoridir. Uni
tenglamalar va tengsizliklar sistemalarini yechishda qo’llash mumkin. Yechimlar bloki soni
hisoblashlardagidek beriladi, blokning oxirgi formulasi
,...)
,
(
y
x
find
ko’rinishida bo’lishi
kerak, bunda qavslar ichida izlanayotgan o’zgaruvchilar ro’yxati berilgan. Keyin o’ngga
yo’naltirilgan strelka ko’rinishida akslantirilgan analitik hisoblash belgisi keladi. Har qanday
analitik hisoblashni kalit so’z yordamida qo’llash mumkin. Buning uchun Evaluation uskunalar
panelidagi Symbolic Keyword Evaluation buyrug’idan foydalaniladi. Ular Symbolics
menyusidagi barcha imkoniyatlarni qamrab olib, qo’shimcha parametrlarni kiritishga imkon
beradi.
MathCAD da analitik hisoblashga oid misollar 2.17 – rasmda keltirilgan.
2.17 – rasm. MathCAD da analitik hisoblashga oid misollar.
2.9. Dasturlash
MathCAD ning muhim jihati - bu dastur tarkibiga qurilgan qo’shimcha dasturlash tilidir.
Aslida MathCAD ga qo’shimcha dasturlash tili kiritilmagan balki, tanlash va takrorlash
qurilmalarini boshqaruvchi algoritm tanasidagi asosiy operatorlardan foydalanishga chegaralash
olib tashlangan. Bundan tashqari, parametrli sikl va muddatdan oldin chiqish operatori break
qo’shilgan. MathCAD muhitida algoritmik qurilmalar va asosiy operatorlar boshqarish
panelining quyidagi yettita tugmalaridan biri bilan kiritiladi:
Add line
If
while
For
break
Otherwise
Add line – dastur satrini, sikl tanasini va boshqalarni qo’shish;
- o’zlashtirish belgisi;
While – bu tugmachani bosish orqali ekranda oldindan tekshiruvchi siklga tayyorgarlik
chiqadi: bo’sh ikkita kvadratlar bilan while so’zi. While dan o’ngroqdagi kvadratchaga siklni
boshqaruvchi ifoda (o’zgaruvchi), ikkinchi kvadratga (while dan pastda) sikl tanasi;
if – dasturga bir kaftli alternativni kiritishga imkon beradi;
otherwise – to’liqmas alternativni to’lig’iga aylantiradi:
C
D if A > B
E
F otherwise
for – dasturlarga parametrli siklni kiritish uchun mo’ljallangan tugmacha;
break – dastur yoki sikldan muddatdan oldin chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: