Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet87/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

SINGARMUNIZM TO‘G‘RISIDA
Singarmunizm turk-totor tilining tabiiy tiligidur. Lekin zomonning o‘tishi, jo‘g‘rofi(y) ahvollarning o‘zgarishi, bir qavmning boshqalar bilan aralashishi va ularning tillarining ta'siri orqasida bu xususiyat turk lahjalarining bir xillarida yo‘qola borg‘on (ozorbayjon, anqara turklarida).
Bu xususiyatni saqlab qolg‘onlar: qozoq, qirg‘iz, nug‘oy, boshqirt, totor, turkman va o‘zbaklardur.
Bizda sigarmo‘nizm yuz foiz bo‘lg‘usidir. Tilimizga aralashg‘on ajnabiy so‘zlarni ham o‘z qoidamiz (singarmunizm)g‘a buyin sundiramiz. Bundan bo‘yin tovlaydurg‘onlari o‘rnig‘a o‘z tilimizdan so‘zlar topishg‘a harakat qilamiz.
g‘ijjak, g‘altak, g‘ildirak, pildiroq, yo‘lak (bu so‘zlarning «yo‘lak»dan boshqasi o‘zbekcha bilan forsiycha o‘rtasida o‘rtoq so‘zlar bo‘lib, «yo‘lak» va ularning ham oxirlaridag‘i «ak», «oq» qo‘shimchalari tom forsiychadur. Bularni singarmunizmga tobe qilsaq, «g‘ijjaq, g‘altaq, pildirak, g‘ildiroq, yo‘loq» bo‘lib xalq onglamaydurg‘on nusxag‘a kirib ketish ehtimoli bor. Shuning uchun bundoqlarni mustasno qilamiz. Bundoq mustasno bo‘lg‘uchilar tilimizda ko‘pchilikni tashkil etmaydirlar) singari o‘zlashgan forsiy so‘zlari (yoki forsiycha qo‘shimcha qo‘shilgan so‘zlar)ni o‘zgartmasdan singarmunizm qoidasidan mustasno qilamiz.
Singarmunizm masalasini biz shu ravishda hal qilamiz.


BOSH HARFLAR TO‘G‘RISIDA
Bosh harf masalasi o‘stida bir oz to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladir.
Ittifoqimizda yangi alifbe qabul qilingan jumhuriyatlarning ko‘pchiligi bosh harf qabul qilg‘on holda, QirQiziston bilan bizning qabul qilmasligimiz yangi alifbeda birlik usulini buzishdur. Shuning uchun bu masalani hal qilishimiz juda zarur.
Yangi alifbe qo‘mitasining bo‘lib o‘tgan yoppa yiQilishlarida bu to‘g‘rida ancha muzokaralar bo‘ldi. Ko‘pchi­lik shung‘a tarafdor bo‘lg‘oni holda, bizning ¤zbekiston bilan Qirg‘iziston qarshi turdi. Bunda so‘zlangan so‘zlar bilan tanish bo‘la turib, biz bosh harfni olding‘a suramiz.
Eski arab alifbesida bosh harfning yo‘qlig‘i - husni, yaxshilig‘i emas, balki uning kamchiligi edi.
Bu kun butun Ovro‘po yozuvida bosh harf ishlatiladi. Sharq ellaridan arab alifbesi mang‘ulcha, tibetcha, xitoycha, yapunchada ishlatilmaydi, xolos.
Bizda qabul qilinmaslig‘ig‘a keltirilg‘on dalillarning eng zo‘ri: alifbe o‘rganish va o‘rgatishda ortiqcha qiyinliq tug‘diradi ham bosmaxona harf terguchilariga mashaqqat bo‘ladi,- emish!
Bung‘a biz: «Ovro‘poliklarg‘a qiyinliq keltirmagan, bizga keltirarmi edi?» - deb o‘turmasdan, ishning amaliy tomonini aytib, so‘ngra ung‘a javob beramiz.
Bosh harf ishlatiladurg‘on o‘rinlar: 1) jumla boshi; 2) maxsus ismlar; 3) jug‘rofiy o‘rinlar ismi; 4) alohida hurmat ko‘rsatiladurg‘on mazmunlar ham sog‘liqni saqlash, kimyo va riyoziyot fanlarining fo‘rmulalarida.
Jumla boshida qo‘yilishining ahamiyati: a) mutolaa vaqtida nuqtadan boshqa harflarning oxiri aniq ko‘rinib turadur; b) harf terilgan vaqtda, ehtimol, nuqta terilmay qolar yoki terilgan bo‘lsa ham ezilgan nuqta qo‘yilgan bo‘lib, yozilg‘onda chiqmay qolar. Bosh harf bo‘lsa, mana shundoq hollar bo‘lg‘onda ham jumlaning tamom bo‘lg‘oni bilinib turar. Agar bosh harf bo‘lmasa, shundoq holda, ikki-uch jumlaning (bosma mayizdak) bir-biriga qo‘shilib ketish ehtimoli bor.
Maxsus ismlarga qo‘shilishning ahamiyati: a) ko‘b joy, qishloq va kishilarning oti oddiy so‘zlardan bo‘lur. Masalan: «Yangi qishloq ahli arzga keldi» desak, yangi bino qiling‘on qishloq ahlimi yoki «Yangi qishloq» degan qishloq ahlimi? Bosh harf ishlatilganda, bundoq shubhaga hyech yo‘l qolmaydur. b) «Bozor kel­di» deyilsa, «bozor kuni ham keldi» degani bo‘ladimi yoki «Bozor» degan odam edi, o‘sha keldimi? Ma'lum emas. Bosh harf ishlatilsa, bundoqlarg‘a ishtiboh qolmaydur.
Yana kishi mutolaa qilgan narsasida, keyin ko‘rmakchi bo‘lg‘on jumla yoki kishi bo‘lsa, bosh harf bo‘l­g‘onda darrov topadur. Paypaslanib o‘tirmaydur.
Bundan boshqa o‘rinlar juda ko‘p.
Jug‘rofiy o‘rin ismlari, kimyo ham boshqalarning formalalarida bosh harf ishlatishning ahamiyati yuqoridag‘ilardan kam emas. Ular uchun dalil keltirishni maqola uzaymasun uchun lozim ko‘rmadim.
Bosh harf oling‘onda harf kassasining xonasi ko‘payishi, o‘qish va o‘qitish uchun qiyin bo‘lishi to‘g‘risida mana buni aytamiz:
Bosh harf oling‘onda ham kassa xonasi 80 dan oshmaydur. 80 xonaliq kassa juda ixcham, hamma xona murattibining burni ostida, qo‘li ortiq cho‘zilmaydurg‘on darajada bo‘ladur.
Demak, hyech bir qiyinliq yo‘k. Ovro‘palik kassasi ham bundan katta. O‘qish-o‘qitish to‘g‘risig‘a kelganimizda, bosh harfni maktablarda ikkinchi yilda va undan keyin o‘rgatsa ham mumkin.
Bosh harf-satr harfining katta shakli qilib olinsa, birinchi yildan boshlab o‘rgatilganda ham qiyinlik qilmaydur.
Bosh harf ta'lim-tarbiya jihatidan to‘g‘ri kelmaydi emas, balki bosh harf va bosh harfli kitoblar bolalarni o‘ziga jalb qiladi.
Ilmiy konferensiyadan qilinadurg‘on tilaklar bayon qiling‘on har qaysi bob oxirida va ichida aytilib o‘tdi. Masalaning ikir-chikirlari konferensiyada hal bo‘lur.

“Qizil O‘zbekiston”, 1929-yil 31-mart, 73-son





Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish