Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши


-Ilova TIL, ATAMA VA IMLO BAHSLARI



Download 3,2 Mb.
bet83/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

6-Ilova
TIL, ATAMA VA IMLO BAHSLARI
TIL VA IMLO MASALASI
Idoradan: Biz bu maqolani mubohasamizni davom ettirish yo‘li bilan bosamiz.
Biz bir qoncha masalalarda yozuvchining fikriga tamom qo‘shila olmaymiz. Chunonchi, atamalar masalasida yozuvchining: «Agar ajnabiy so‘zlar olinavursa, tilda sofliq bita-bita sal yilning ichida boshqa so‘zlar u tilni qoplab tanimasliq holg‘a keltiradi va yutadi», deyishiga va shuning uchun, elektrni «simchirog‘», poravuzni «o‘txona» va hokazo deb atalsin degan takliflariga hyech qo‘shila olmaymiz. Hech narsa bilan hisoblashmasdan tilda «sofliq» saqlash nazariyasi bizning nazariyamiz emas. Texnikaning, iqtisodiyotning taraqqiysi asosida kelib chiqg‘on yangi ma'nolarni anglatish uchun lozim bo‘lg‘on atamalarni mumkin qadar har tilning o‘zidan olish kerak (lekin bu ham tilda «sofliq» saqlash uchun emas, balkim har millat mehnatkashlariga osonliq berish uchun). Lekin tilda «sofliq» saqlash g‘oyasiga berilib, baynalmilal miqyosda qo‘llanilayotg‘on va xalq qabul qilg‘on va qabul qilinishi lozim bo‘lg‘on «agronum», «elektr», «jo‘g‘rofiya» singari so‘zlarni «ekin bilgich», «simchiroq», «yer biligi» degan qiyin va noqulay so‘zlar bilan tabdil qilish – bizning nazariyamiz emas. Bu nazariyadan bizga yot mafkuraning hidlari kelib turadi. Biroq, mubohasa davomida bu masalaga ravshanlik kiritilur va yozuvchig‘a javob berilur, degan umid bilan maqolani (salgina qisqartib) aynan bosamiz.
* * *
ASHURALI ZOHIRIY
ADABIY TIL
Bundan bu yoqqa o‘zbak adabiy tilini muqarrar qilib qo‘ymoq uchun tilimizni uchga bo‘lish mumkin:
1. Jonli til. 2. Adabiy til. 3.Iilmiy til.
Adabiy til bilan ilmiy til o‘rtasida uncha farq bo‘lmasa ham, jonli til bilan adabiy til orasida (o‘sish va taraqqiy jihatidan) ancha farq bor.
Ko‘b yozuvlar, aloqalar, kitob, gazeta va jurnallar adabiy til (normativnaya – qoidaviy usul) bilan bo‘lg‘oni uchun u juda muhofazakor, tez o‘zgaradurg‘on emas. Ammo jonli til (so‘zlash tili – xalq adabiyoti) juda tez sur'at bilan o‘zgaradur. Zotan, «jonli til» deyilishining sababi ham shudur.
Jonli tilning ham o‘ziga maxsus ko‘b qiymatli asarlari bordurkim, ularning barchasig‘a «xalq adabiyo­ti» deyilur. Bu (xalq adabiyoti) – adabiy va ilmiy tilning asosidur. Asl tabiiy til – so‘zlanaturg‘on til, xalq tilidur.
O‘aqiqat shundoq bo‘lg‘oni holda, XV asrdan inqilobg‘acha bo‘lg‘on davrda xalqning so‘zlashaturg‘on tili adiblar tomonidan qo‘pol til, ko‘cha tili sanalib, ada­biy tilni ung‘a yaqinlashdirish – kamchilik, xalq tilida yozishliq – qo‘polliq, deb e'tiqod etilgan. Arabcha, forscha lug‘atlarni tiqishtirish bilan qonoatlanmasdan, hatto tarkiblarni ham arabcha, forscha qilg‘onlar.
Demak, arab, fors tillari nahviy yoqdan ham tilimizga ta'sir qilg‘on. Shuning uchun chig‘atoy (o‘zbak) ada­biyoti usmonli adabiyoti singari xalqdan uzoqlasha boshlag‘on. Oddiy xalq uni anglay olmag‘on. Uni bori o‘qumishli, ziyoli sinf anglay oladurg‘on bo‘lg‘on.
Misol uchun: vahiy nozil bo‘ldi yohu diyorning payg‘omidurkim, g‘amim taskini g‘amgin xotirin oromidur, chillai kofur ayla mushkin raqamkim aylamish go‘yyo subhi saodat uzra davlat shomidur (Pirmuhammadjon yozgan maktubdan).
Mana shu ravishda kelayotgan adabiyot aristokratligi inqilob orqasida tabiiy holda ommaviylasha boshladi.
Bizdan madaniyrak xalqlarning til va adabiyoti – xalq tili va adabiyoti asosiQa qurilg‘on va meva bergan. Bir zamonda, yangi madaniyat (prolitor madaniyati) qurmoqqa boshlag‘on bizlar uchun adabiy til asosi mutlaqo jonli til (xalq adabiyoti) bo‘lishi kerak.
Bu sohada hozirg‘i (inqilobdan keyingi) adabiyotimiz anchagina muvaffaqiyatlar qozongʻon va xalqqa yaqinlashg‘on bo‘lsa-da, adabiy til birligida boshvoqsizliq va bir yoqadan bosh chiqarmasliq bor. Eski adabiyotimizda bo‘lg‘on singari, hozirda ham mahalliychilik davom etkani ko‘rinadi. Shuning uchun albatta, o‘zbak shevalaridan birini asos qilib olish kerak.
Adabiyotimizning asosi jonli til (xalq adabiyoti) bo‘lishi lozim, dedik. Shundoq bo‘lg‘och, men Farg‘ona (vodiysi) shevasini taqdim etsam, xato qilmag‘on bo‘lurmen.
Bunda «qo‘ng‘uz oppog‘im», «kirpi yumshog‘im»dur degandak bo‘ldi, deb mendan kulmasdan, balki so‘zimni quvvatlaydurg‘onlar ko‘brak bo‘lur. Chunki bu kungi o‘zbak adabiyotining (bosma so‘zining) tili (undag‘i ba'zi bir mahalliychilikni e'tiborg‘a olmag‘onimizda) Farg‘ona shevasining o‘zidur. Shevaning o‘zi bosma so‘zni va uning tevaragidagi omillarni tabiiy ravishda o‘ziga tortg‘on.
Endi biz uning ichiga boshvoqsizliq yoki mahalliychilik ta'siri ostida kirib qolg‘on va qoladurg‘on so‘zlar to‘g‘risida bir fikrga kelib olsaq, ham yana tag‘in soddalashtirish, xalqqa yaqinlatish, ishchi, dehqon ommasi ichidan oling‘on so‘zlar bilan boyitish chorasini ko‘rsak, bo‘ldi.
Bu so‘z – uzun dalil, alla qoncha misollar ko‘rsatishga hojat ko‘rilmay, qisqa qilib aytilgan so‘z.



Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish