Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet40/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

Undov belgisi

Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:

  1. Kuchli his-hayajonni iodalagan gaplarda so‘ng:

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Aziz do‘stlar! Hurmatli mehmonlar!

  1. Buyurish, tilak, orzu-istak ma'nolarini ifodalagan gaplardan so‘ng:

Bu gapga boshqa qaytmaylik! Qani edi, bunday joylar bizda ham bo‘lsa!



  1. Ko‘p nuqta fikrning tugallanmaganligini, so‘zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko‘rsatish uchun qo‘yiladi:

Rahmat do‘stim, ko‘nglim yangi yopilgan non hidini istayotgan edi, topib kelibsiz...



  1. Nuqtali vergul

Nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

  1. O‘z ichida verguli bo‘lgan, mazmunan ma'lum darajada mustaqillikka ega sodda gaplar orasida hamda har xil turdagi gaplarni o‘z ichiga olgan qo‘shma gaplarda:

Ko‘cha iflos, lekin suv qalin sepilgan; har yoqqa tarvaqaylab o‘sgan beso‘naqay qari tollarning ko‘lankasi quyuq.
2. Xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi:
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi.


Etikaviy muloqotning turlari:
– boshqaruv etiketi;
– diplomatik etiket;
– harbiy etiket;
– umumfuqaroviy etiket;
– ishchi etiket;
– kasbiy etiket;
– rahbar etiketi kabilardan iborat.

  1. Vergul

Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:

  1. Uyushiq bo‘laklar orasida:

a) bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘laklar orasida:
Qishloq, uning uning so‘lim bog‘lari, suhbat qurgan sodda odamlar, sharqiragan soy, sokin tunlar sira yodidan chiqmaydi.
b) takrorlanuvchi bog‘lovchilar bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasida:
Saodat goh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyagi uyalib turishini bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘ygan edi. (A. Qod)
d) zidlovchi bog‘lovchilar birikkan uyushiq bo‘laklar va gaplar orasida:
Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)
Bu yerga rahbar bo‘lganiga uch yildan oshdi, lekin o‘zini ko‘rsata olmadi.

  1. Undalmalarni ajratish uchun:

Do‘stlarim, mustaqillik haqidagi qo‘shiq qalbimizdan yangrasin!
Shu narsa yodingizda bo‘lsin, aziz farzandlarim, kelajagimizni o‘zimiz quramiz.
Ertaga yana ko‘rishamiz, og‘ayni.

  1. Kirish so‘zlarni va tuzilish jihatdan murakkab bo‘lmagan kirish gaplarni ajratish uchun:

Albatta, bu masala bo‘yicha mas'ul bo‘lgan tegishli idoralar bor, kuch-qudratimiz ham yetarli.
Taassufki, ba'zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik ko‘zga tashlanmoqda.
Ma'lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma'naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi.
Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e'tiborni kuchaytirish kerak.
Ta'kidlash joizki, o‘shanda SSSR hududidagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib biz yurtimizni mustaqillik yo‘liga boshlagan dastlabki qadamni qo‘ygan edik.

  1. Gaplarning ajratilgan bo‘laklarini ayirib ko‘rsatish uchun:

Xonaga kirgan kishi, biz uni ilgari ko‘rmagandik, bobom bilan quyuq so‘rashdi.

  1. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda:

Siz otam o‘rniga otalik qildingiz, sizdan hyech yomonlik ko‘rmadim. (M. Ibr.)

  1. Ergash gaplarni ajratish uchun:

Agar ertaga kelajagimizni o‘ylasak, yoshlarimizni kamolga yetkazishimiz shart.

  1. Muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish uchun:

  • Yonimizdan asov daryo oqib o‘tadi, - dedi yigit, - suvi judayam sovuq.





  1. Download 3,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish