Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 1,63 Mb.
bet18/72
Sana14.12.2022
Hajmi1,63 Mb.
#885776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
Ozbek tilining imlo muammolari НАШР 01.12

3. Alifbodagi harflarning shakliy va funksional xususiyatlari masalasi. Bu masala o‘zbek alifbosining dastlabki (1939- va 1940- yillardagi) loyihalarini tuzish jarayonida maxsus ko‘rilgan edi. Unda o‘zbek alifbosi rus alifbosini maksimal saqlash tamoyilida tuzilganligini ko‘ramiz, shuning uchun alifboning 1939-yilda muhokamaga qo‘yilgan birinchi loyihasiga rus alifbosidagi 32 (33) harfning barchasi shaklan o‘zgarishsiz kiritilgan. Shundan so‘ng bu harflar qatoriga o‘zbek tilining o‘ziga xos tovushlari uchun qo‘shimcha harflar kiritish masalasi ko‘rilgan, ularni tanlash yoki shakllantirishning besh yo‘li o‘rganib chiqilgan, natijada o‘ziga xos tovushlar uchun rus alfavitidagi ч, к, г, x, н harflarining har biriga diakritik belgilar qo‘yilib, yangi harflar shakllantirilgan (ҹ, қ, ғ, ҳ, ң kabi). Keyinchalik (1940-yilda) ҹ shakli ж
bilan, ң shakli нг bilan almashtirilgan, ы va щ harflari loyihadan chiqarilgan. Alifbodagi harflarning aksariyati (ў, қ, ғ, ҳ, ц dan boshqalari) polifonemali grafema vazifasini bajarib kelmoqda: ularga o‘zbek va rus tillari fonemalarini ifodalash vazifasi yuklangan. Bu tamoyil (bir grafema vositasida ikki til fonemalarini ifodalash tamoyili) hozirgi lotin o‘zbekgrafemalariga ham tatbiq etilgan.
4. Alifbodagi harflarning miqdori masalasi. Ma’lumki, hozirgi kirill o‘zbek alifbosi 35 harfdantarkib topgan. Uning 1939-yildatuzilgan dastlabki (birinchi) loyihasida esa harflar miqdori 39 ta bo‘lgan. Keyinchalik muhokamalarda bildirilgan bir qator fikrlar asosida alifbo loyihasidan щ, ы, ҹ, ң harflari chiqarilgan. Bu harflarning alifbo tarkibidan chiqarilishida “щ” va “ы” tovushli soʻzlarning oʻzbek tilida koʻp emasligi, “щ”, “ы”, “ ң ”, “ ҹ ” tovushlari talaffuzidagi ayrim xususiyatlar, shuningdek, diakritik belgili harflar miqdorini kamaytirish lozimligi haqidagi takliflar hisobga olingan, shu yo‘l bilan loyihadagi harflar miqdorining 39 tadan 35 taga tushirilishiga erishilgan. Alifbodagi harflar miqdorining 35 ta bo‘lishi, shulardan 31 tasining rus alifbosidagi harflar ekanligi, qolgan 4 ta harfning (ў, қ, ғ, ҳ) ruscha harflar shakliga asoslanganligi, birinchidan, rus alifbosi va grafikasi xususiyatlarini o‘zbek alifbosida maksimal saqlash tamoyiliga mos bo‘lsa, ikkinchidan, bosmaxona texnikasi, yozuv mashinkalari va kompyuter texnikasi imkoniyatitalablariga ham javob berardi.
Hozirgi o‘zbek-lotin alifbosining dastlabki (1993-yildatasdiqlangan) variantida 31 harf va bitta tutuq belgisi bo‘lgan, uning so‘nggi (1995- yilda tasdiqlangan) variantida esa 26 harfva 3 ta harfbirikmasi (jami - 29 grafema) bor.
O‘zbek-lotin alifbosidagi harflar miqdorining kamaytirilishida ham, asosan, kompyuter imkoniyatlari hisobga olingan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish